Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
+
) ionlarini vodorod atomlariga aylantirishga sarfl anadi. Natijada suv fotolizga uchraydi. Yorug‘lik energiyasi ta’sirida suvning parchalanishi fotoliz deyiladi. Hosil bo‘lgan vodorod atomlari NADF (niko - - tinamidadynindinukleotidfosfat) molekulalari – akseptorlarga birikib, ener- giyaga boy NADF·H hosil bo‘ladi. OH – (gidroksil) ionlari elektronlarini xlorofi ll molekulasiga uzatib, OH radikallariga aylanadi, radikallarning o‘zaro ta’sirlashuvidan suv va molekular kislorod hosil bo‘ladi. Fotosintez jarayonining yorug‘lik bosqichida oxirgi mahsulotlar sifatida O 2 , ATF, NADF·H hosil bo‘ladi. Molekular kislorod atmosferaga chiqariladi, energiyaga boy ATF va NADF·H qorong‘ilik bosqichi reaksiyalariga sarfl anadi. Fotosintezning qorong‘ilik bosqichi xloroplastlarning stroma qismida amalga oshadi, bunda boshlang‘ich mahsulotlar sifatida CO 2 , ATF, NADF·H qatnashadi. NADF molekulasi tarkibidagi H atomlari va CO 2 molekulalari ATF energiyasi hisobiga birikib, birlamchi uglevod – glukoza sintezlanadi. Fotosintezning umumiy reaksiyasi 12H 2 O + 6СO 2 = C 6 H 12 O 6 + 6O 2 + 6H 2 O Suvning fotolizi 12H 2 O = 6O 2 + 24H + 24 ē NADF · Н ning hosil bo‘lishi 24NADF + 24H + 24 ē = 24 NADF·H Fotofosforlanish 18ADF + H 3 PO 4 = 18ATF Yorug‘lik reaksiyalari 12H 2 O + 24NADF + 18ADF + 18H 3 PO 4 = 6O 2 + 24NADF·H + 18ATF Qorong‘ilik reaksiyalari 6CO 2 + 24NADF·H + 18ATF = C 6 H 12 O 6 + 24NADF + 18ADF +18H 3 PO 4 + 6H 2 O 24-rasm. Xloroplastning tuzilishi. 45 Fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan birlamchi uglevodlar bir qator reaksiyalar natijasida boshqa organik moddalarga, ya’ni aminokislota va yog‘ kislotalarga aylanadi, ulardan esa oqsil va lipidlar sintezlanadi. Bu organik moddalar oziq zanjiri orqali geterotrof organizmlarga o‘tadi. Fotosintezda atmosferaga ajralib chiqqan erkin kislorod esa aerob organizmlarning nafas olishi uchun sarfl anadi. Yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan ko‘mir, neft, gaz, torf kabi qazilma boyliklar million yillar avval yashagan qadimgi o‘simliklarning qoldiqlaridan hosil bo‘lgan. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling