Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Tayanch so‘zlar: G. Mendelning III qonuni, oraliq irsiylanish.
Savol va topshiriqlar:
1. Diduragay chatishtirishning mohiyatini tushuntirib bering.
2. Diduragay chatishtirishda F
2
da fenotip bo‘yicha qanday nisbatlarda ajralish 
ro‘y beradi?
3. G. Mendelning uchinchi qonunini ta’rifl ang.
4. Poliduragay chatishtirish deb nimaga aytiladi?
5. Triduragay chatishtirishda F
2
da genotip va fenotip bo‘yicha qanday nisbatlarda 
ajralish ro‘y beradi?
6. Qanday qilib poliduragay chatishtirishda hosil bo‘ladigan turli gametalar
genotiplar va fenotiplar soni hisoblanadi?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 
1-masala. G‘o‘za o‘simligida hosil shoxi cheklanmagan va cheklangan tipda, 
tola rangi esa qo‘ng‘ir va oq bo‘ladi. Shoxning cheklanmagan tipda bo‘lishligi 
cheklangan tipda bo‘lishligi ustidan to‘liq, tolaning qo‘ng‘ir rangda bo‘lishligi 
esa oq rangi ustidan to‘liqsiz dominantlik qiladi.
1) Cheklanmagan shoxli, qo‘ng‘ir tolali g‘o‘za o‘simliklari cheklangan shoxli, 
oq tolali o‘simliklar bilan chatishtirilganda F
1
da olingan o‘simliklarning 
hammasi cheklanmagan shoxli va novvotrang tola bergan. F
1
o‘simliklari o‘z-
o‘ziga chatishtirilib, keyingi avlod olinsa, ularning fenotipi qanday bo‘ladi? 
Fenotipik sinfl arning nisbatini aniqlang.
2) F
1
da olingan o‘simliklar cheklangan shoxli va oq tolali o‘simliklar bilan 
chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning genotipi va fenotipini 
aniqlang.
2-masala. Odamlarda polidaktiliya va o‘naqaylik dominant belgilardir. Otasi 
6 barmoqli, onasi har ikkala belgiga nisbatan sog‘lom oiladan chapaqay va 
barmoqlari soni normal bola tug‘ildi. Bu oilada yana qanday fenotipli bolalar 
tug‘ilishi mumkin?
3-masala. Shaftoli mevasining tuklar bilan qoplanganlgi silliqligi ustidan, meva
eti oq rangda bo‘lishi sariqligi ustidan dominantlik qiladi.Tajribada ikkala belgi 
bo‘yicha geterozigotali o‘simlik bilan tukli oq mevali o‘simlik chatishtirilgan. 


88
Avlodda olingan 96 ta o‘simlikdan 75% i mevasi tukli va rangi oq, 25% i 
mevasi tukli va rangi sariq bo‘lgan. Olingan o‘simliklardan nechtasi ikkinchi 
belgi bo‘yicha gomozigotali dominant bo‘ladi?
4-masala. Itlarda yungining uzun bo‘lishi, tanasi qora rangda bo‘lishi va 
quloqlarining osilganligi yungining kalta bo‘lishi, tanasi jigarrangda bo‘lishi 
va quloqlarining tikka bo‘lishiga nisbatan ustunlik qiladi. Barcha belgisi 
bo‘yicha geterozigota it, hamma belgilari bo‘yicha gomozigota retsessiv it bilan 
chatishtirilgan bo‘lsa, olinadigan avloddagi itlarning necha foizining tanasi qora 
rangda bo‘ladi?

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling