Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

To‘liq dominantlik. Irsiyat qonuniyatlarini o‘rganishni G. Mendel 
monoduragay chatishtirishdan, ya’ni faqat bir juft alternativ belgisi bilan 
farq qiluvchi ota-onalarni duragaylashdan boshladi. Sariq va yashil no‘xatlar 
chatishtirilsa, birinchi avlod duragaylari hammasi bir xil, ya’ni sariq rangda 
bo‘ladi. Bu tajribadan birinchi avlod duragaylarining bir xilligi qonuni 
kelib chiqadi. 
Birinchi avlodda yuzaga chiqqan belgi dominant (lotincha «dominans» – 
«ustinlik qilish»), namoyon bo‘lmagan belgi esa retsessiv (lotincha recessus – 
chekinish) deb ataladi. Bir-birini inkor etuvchi alternativ belgilarni yuzaga 
chiqaruvchi genlar – allel genlar deyiladi. Ular gomolog xromosomalarning bir 
44-rasm. Xushbo‘y no‘xat o‘simligining G. Mendel tomonidan o‘rganilgan belgilari.


83
xil lokuslarida (joylarida) joylashadi. Bir xil dominant (AA) yoki retsessiv (aa) 
allellardan tashkil topgan organizm gomozigotali deyiladi va bir xil gametalar 
hosil qiladi. Har xil allellardan (bitta dominant va bitta retsessiv – Aa) tashkil 
topgan organizm geterozigotali deyiladi va ikki xil gametalarni hosil qiladi.
Birinchi avlod duragaylari o‘zaro chatishtirilganda, olingan duragaylar 
orasida sariq rangli no‘xatlar bilan birga yashil rangli no‘xatlar ham hosil 
bo‘ldi. Fenotip bo‘yicha 3:1 nisbatda, genotip bo‘yicha 1:2:1 nisbatda ajralish 
yuz berdi. Bu tajribadan G. Mendelning ikkinchi qonuni kelib chiqadi: bir juft 
alternativ belgilari bilan farq qiluvchi organizmlar o‘zaro chatishtirilganda 
keyingi avlodda fenotip va genotip bo‘yicha ajralish beradi. Bu qonun 
belgilarning ajralish qonuni deb ataladi. 
Shunday qilib, monoduragay cha tish tirishda F
2
ning ¾ qismida dominant 
allel, ¼ qismida retsessiv allel yuzaga chiqadi.
Tahliliy chatishtirish. Dominant belgiga ega organizmlar fenotip jihatdan 
o‘xshash bo‘lsa-da, genotip jihatdan farq qiladi. Ularning genotipini aniqlash 
uchun tahliliy (bekkross) chatishtirish o‘tkaziladi. 
F
1
avlodda retsessiv belgilarning namoyon bo‘lmasligini, F
2
da esa 
dominant belgili organizmlar bilan bir qatorda retsessiv belgili organizmlar 
hosil bo‘lishini tahlil qilib, G. Mendel gametalar sofl igi farazini ilgari surdi. 
Organizmlarda irsiy omillar juft holda bo‘ladi. Ular irsiy omillarning birini
otadan, ikkinchisini onadan oladi. Duragaylarda ota-onaning irsiy omillari 
aralashmaydi. U bu hodisani F
2
avlodda retsessiv belgili organizmlarning 
paydo bo‘lishi bilan tushuntirdi. Demak, avloddan avlodga o‘tganda irsiy
omil o‘zgarmaydi. Jinsiy hujayra irsiy omillardan faqat bittasiga ega
bo‘ladi, ya’ni ular «sof» holda bo‘ladi.
45-rasm. G‘o‘za tolasi rangining irsiylanishi. 


84
G. Mendelning gametalar sofl igi gipo tezasi sitologik jarayonlarga asoslangan.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling