Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
43-rasm. Assidiya metamorfozi. 1 – harakatchan lichinka; 2,3 – o‘troq hayot
kechirish bilan bog‘liq metamorfoz; 4 – voyaga yetgan assidiya. 79 Assidiya metamorfozidan farq qilib, suvda hamda quruqlikda yashovchilar metamorfozida a’zolar sistemasining murakkablashuvi kuzatiladi. Suvda ham quruqda yashovchilar sinfi vakili baqada metamorfoz yashash muhitining o‘zgarishi bilan bog‘liq. O‘simliklarning ontogenezi o‘ziga xos tarzda kechadi. Gulli o‘simliklarda ontogenez quyidagi davrlardan iborat: Embrional davr zigotadan boshlanib, urug‘ hosil bo‘lishi va uning pishib yetilishi bilan yakunlanadi. Yoshlik davri urug‘ning unib chiqishi, vegetativ organlarning shakllanishi kuzatilib, generativ organ – gul kurtaklarining paydo bo‘lishi bilan tugaydi. Ko‘payish davrida gul, meva, urug‘ning hosil bo‘lishi kuzatiladi. Qarilik davrida ontogenez yakunlanadi, o‘simlik quriydi. Bir yillik o‘simliklarda ontogenez bir yil davom etsa, ko‘p yillik o‘simliklarda embrional, yuvenil (yoshlik) davrlari bir marta sodir bo‘ladi. Uchinchi davr esa ko‘p marta takrorlanadi. Organizm individual rivojlanishiga tashqi muhit omillarining ta’siri katta. Tashqi muhit omillarining ta’siri embrional davrda ham, postembrional davrda ham kuzatiladi. Organizmlarning rivojlanishiga abiotik omillar: harorat, yorug‘lik, namlik, kislorod, har xil kimyoviy birikmalar katta ta’sir ko‘rsatadi. Gomeostaz. Organizm doimo o‘zgarib turadigan muhit sharoitlarida yashaydi. Tashqi muhit omillari ta’sirining o‘zgarishiga qaramay, tirik organizmlarning o‘zining morfologik, anatomik, fi ziologik xususiyatlarini, kimyoviy tarkibini va ichki muhitini nisbatan doimiy saqlay olish xususiyati gomeostaz deyiladi. Gomeostazni ta’minlashda immunitetini ta’minlovchi tizimlar, regeneratsiya muhim ahamiyatga ega. Regeneratsiya deb organizm- larning hayot faoliyati davomida yoki biron ta’sir natijasida yashash muddati tugagan yoki shikastlangan hujayralar, to‘qimalar yoki a’zolarning qayta tiklanishiga aytiladi. Bioritmlar. Organizmlarning hayotiy faoliyati ritmik ravishda, ya’ni kecha-kunduz, oy davomida hamda mavsumiy o‘zgarib turadi. Tirik organizmlarning hayotiy faoliyati ritmik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lib, evolutsiya natijasida shakllanadi va bioritmlar deb ataladi. Bioritmlar – tabiiy tanlanishning natijasidir. Yashash uchun kurashda o‘z biologik jarayonlarini ritmik o‘zgarishlariga moslashtira olgan organizmlar saqlanib qoladi. Bir sutka davomida organizm fi ziologik jarayonlarining ritmik o‘zgarishi kecha- kunduzlik bioritmlar deyiladi. Odamning tana harorati, arterial bosimi, kecha- kunduz davomida ritmik o‘zgarib turadi. Hujayralarning mitoz bo‘linishining tezligi, qon shaklli elementlarining miqdori ham kecha-kunduz davomida ritmik o‘zgaradi. Mavsumiy bioritmlarga fotoperiodizm misol bo‘ladi. Organizmlar 80 yil davomida kun uzunligining o‘zgarishiga moslashadi va ularda kechadigan fi ziologik jarayonlar almashadi. Mavsumiy bioritmlar natijasida daraxtlarning gullashi, xazonrezgilik, hayvonlarning tullashi, qishki uyquga ketishi kabi hodisalar kuzatiladi. Anabioz. Hayotiy jarayonlarning davom etishi noqulay bo‘lgan muhit sharoitida organizm anabioz holatiga o‘tadi. Anabioz holatidagi orga- nizmlarda moddalar almashinuvi sekinlashadi. Anabioz noqulay sharoitlar- ga organizmlarning muhim moslashish mexanizmlaridan biridir. Mikroor- ganizmlarning sporalari, o‘simliklarning urug‘lari, hayvonlar sistalari, tuxumlari anabiozga misol bo‘ladi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling