Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Tayanch so‘zlar: izogamiya, geterogamiya, oogamiya, kopulatsiya, konyugatsiya, 
gametogenez, ovogenez, spermatogenez, partenogenez.
Savol va topshiriqlar:
1. Jinsiy ko‘payishning qanday turlarini bilasiz?
2. Bir hujayralilarning jinsiy ko‘payishini aytib bering.
3. Konyugatsiya va kopulatsiyaning farqlarini ta’rifl ang.
4. Ko‘p hujayralilarning jinsiy ko‘payishini aytib bering.
5. Ko‘p hujayralilarda urug‘lanmasdan ko‘payishni ta’rifl ang.
6. Jinsiy ko‘payishning ahamiyatini izohlang.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
1-topshiriq. Spermatogenez va ovogenez jarayonini qiyosiy taqqoslang. 
Spermatogenez
Umumiy jihatlar
Ovogenez
O‘ziga xos jihatlar
O‘ziga xos jihatlar
2-topshiriq. Hayvonlarda va gulli o‘simliklarda jinsiy hujayralarning hosil bo‘lishi 
va urug‘lanish jarayonlarini qiyoslang.
Gulli o‘simliklar
Umumiy jihatlar
Hayvonlar
O‘ziga xos jihatlar
O‘ziga xos jihatlar
16-§. ONTOGENEZ – TIRIK ORGANIZMLARNING 
INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
Tirik organizmning shakllana boshlashidan hayotining oxirigacha ketma-
ket sodir bo‘ladigan morfologik, fi ziologik, biokimyoviy oʻzgarishlar majmuyi 
individual rivojlanishi yoki ontogenez (yunoncha onton – mavjudot, genezis– 
rivojlanish so‘zlaridan olingan) deyiladi. Ontogenez tushunchasi 1866-yilda 
E.Gekkel tomonidan fanga kiritilgan. 


75
Ontogenez jinsiy ko‘payadigan organizmlarda tuxum hujayraning rivoj-
lanishidan, jinssiz ko‘payadigan organizmlarda ona organizmdan ajralishidan 
boshlanadi va umrining oxiriga qadar davom etadi. Ontogenezning uchta tipi 
farqlanadi.
Lichinkali rivojlanish. Lichinkali ontogenez tuxum hujayrada sariqlik 
moddasi kam bo‘lgan organizmlarda, masalan, hasharotlarda, baliqlarda va 
amfi biylarda kuzatiladi. Ularning tuxumidan yetuk formalardan o‘z tuzilishi 
bilan farq qiladigan, o‘zi mustaqil oziqlanadigan lichinka rivojlanadi. Lichinkali 
rivojlanadigan organizmlarda metamorfoz hodisasi kuzatiladi. Metamorfoz 
organizm individual rivojlanishi davomida tuzilishida sodir bo‘ladigan chuqur 
o‘zgarishlardir. Hayvonlarda metamorfoz asosan hayot tarzi yoki yashash 
muhitining o‘zgarishi bilan bog‘liq holda amalga oshadi. Metamorfoz bilan 
rivojlanadigan hayvonlarning hayot siklida lichinkalik davri bir yoki bir necha 
bosqichda kechadi. Bunday hayvonlarda ontogenezning har bir bosqichida 
shu organizm mansub turning mavjudligini ta’minlaydigan muhim hayotiy 
funksiyalar amalga oshadi. Masalan, lichinkalik davrida areal bo‘ylab tarqalish, 
voyaga yetgan davrda ko‘payish jarayonlari kuzatiladi. Lichinkali rivojlanish 
o‘troq yashaydigan organizmlarning lichinkalari tarqalishi va arealning 
kengayishiga imkon yaratadi. Bitta turning lichinkalari va voyaga yetgan 
formalari turli muhitda yashashi, turli oziq bilan oziqlanishi tufayli tur ichidagi 
kurashning keskinligi kamayadi. Ba’zi hayvonlarning lichinkalari ko‘payish 
xususiyatiga ham ega (jigar qurti, exinokokk). 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling