Biolog 10 indd
Hayvonlarda jinsiy ko‘payish
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gametogenez.
Hayvonlarda jinsiy ko‘payish. Bir hujayrali organizmlarda jinsiy
jarayon – kopulatsiya (lotincha kopu latio – qo‘shilish) jarayoni kuzatiladi. Bunda maxsus jinsiy hujayralar – gametalar qo‘shilib zigotani hosil qiladi. Bu 72 organizmlarda – gametalar ona hujayraning ko‘p marta bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Gametalarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan zigotadan tinim davri o‘tgach, yangi yosh organizmlar hosil bo‘ladi. Konyugatsiya jarayonida maxsus jinsiy hujayralar hosil bo‘lmaydi. Konyugatsiya (lotincha konyugatsiya – birikish, bog‘lanish so‘zlaridan olingan) infuzoriyalarda kuzatiladi. Infuzoriya tufelkaning katta yadrosi konyugatsiyadan avval erib ketadi. Kichik yadro bo‘linib ikkita gaploid yadrolarni hosil qiladi. Ikkita tufelka bir-biriga yaqin kelib, ular o‘rtasida qo‘shni hujayralar sitoplazmasini bog‘lovchi ko‘prikcha yuzaga keladi. Har ikki tufelka yadrolarining biri sitoplazma suyuqligi bilan boshqasiga o‘tadi. Har bir tufelkadagi ikkita gaploid yadrolar o‘zaro qo‘shilib, diploid yadroni hosil qiladi. Konyugatsiyada ishtirok etgan tufelkalar tarqalib alohida hayot kechiradi. Konyugatsiya natijasida genetik axborot almashinuvi (rekombinatsiya) sodir bo‘lgani uchun yangi hosil bo‘lgan individlar genotipi dastlabki individlar genotipidan farq qiladi. Ko‘p hujayrali organizmlarda urug‘lanib va urug‘lanmasdan (partenogez) ko‘payish farqlanadi. Gametogenez. Hayvonlarda jinsiy hujayralarning hosil bo‘lish jarayoni gametogenez deyiladi. Jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlarda jinsiy hujayralar jinsiy bezlarda hosil bo‘ladi. Erkaklik jinsiy hujayralar urug‘donda, urg‘ochilik jinsiy hujayralar tuxumdonda rivojlanadi. Urug‘don va tuxumdonda maxsus zonalar bo‘lib, har bir zonada o‘ziga xos jarayonlar sodir bo‘ladi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling