68
Kurtaklanib ko‘payish g‘ovak tanlilarda, kovakichlilarda va ayrim halqali
chuvalchanglarda kuzatiladi.
Zamburug‘lar (qalpoqchali zamburug‘lar), suvo‘tlar, yo‘sinlar, qirq-
quloqlar, qirqbo‘g‘imlar
sporalari orqali ko‘payish xususiyatiga ega.
Yengil
sporalar o‘simliklarni tabiatda keng tarqalishiga imkon beradi.
Gidroid polipning kurtaklanishi
Bir tuxumdan
rivojlanadigan egizaklar
Oq planariyaning tana bo‘laklari
orqali ko‘payishi
Zamburug‘ning sporadan ko‘payishi
37-rasm. Ko‘p hujayrali organizmlarning jinssiz ko‘payishi.
Yuksak hayvonlarda (zirhlilar) zigotadan
rivojlanayotgan embrion ilk
rivojlanish bosqichida bir necha fragmentlarga bo‘linib,
har bir fragmentdan
yangi organizm rivojlanadi. Bu hodisa
poliembrioniya deyiladi. Odamlarda bir
tuxumli egizaklarning rivojlanishi ham buning yaqqol misolidir.
Tabiatda o‘simliklarning vegetativ organlari – ildizi, poyasi va bargi orqali
vegetativ ko‘payishi keng tarqalgan (37-rasm).