Biolog 10 indd
-§. ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI. JINSSIZ KO‘PAYISH
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinssiz ko‘payish.
- Jinssiz ko‘payishning evolutsiyadagi ahamiyati.
14-§. ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI. JINSSIZ KO‘PAYISH
Ko‘payish tirik organizmlarning genetik axborotdan foydalangan holda o‘ziga o‘xshaganlarni yarata olish xususiyatidir. Tirik organizmlarning ko‘ - pa yish xususiyati tufayli tur doirasida avlodlar almashinuvi uzluksizligi ta’minlanadi. Ko‘payish jarayonida genetik materialning xilma-xil kombi- natsiyalari hosil bo‘lishi tufayli yangi irsiy belgilarga ega organizmlar paydo bo‘ladi. Bu esa tur ichida xilma-xillikni ta’minlovchi omildir. Tabiatda ko‘payishning ikki xil turi: jinssiz va jinsiy ko‘payish farqlanadi: Jinssiz ko‘payish. Jinssiz ko‘payish tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, bir hujayrali va ko‘p hujayrali organizmlarda kuzatiladi. Jinssiz ko‘payishga xos xususiyatlar: ko‘payishda faqat bitta ona organizm ishtirok etadi, somatik hujayralar yordamida amalga oshadi, mitoz jarayoniga asoslangan, hosil bo‘lgan yangi organizm ona organizmning genetik jihatdan aynan nusxasi bo‘ladi. Jinssiz ko‘payishning evolutsiyadagi ahamiyati. Qulay sharoitda individ- larning tez va ko‘p nasl qoldirishini ta’minlashdir. Lekin jinssiz ko‘payishda organizmning yangi muhit sharoitiga moslanishni ta’minlovchi genetik axborotning o‘zgarishi, almashinishi va xilma-xillikning ortishi kuzatilmaydi. Shuning uchun ham ko‘pchilik organizmlar nafaqat jinssiz balki jinsiy usulda ham ko‘payadi. 67 Oddiy binar bo‘linish prokariot organizmlarda kuzatiladi. Prokariot hujayraning halqasimon DNK- si replikatsiyalanadi, hujayra o‘rtasida to‘siq hosil bo‘lib, hujayra ikkiga bo‘linadi (35-rasm). Bir hujayrali sodda hayvonlardan amyoba, evglena, infuzoriya kabi hayvonlarning binar bo‘linishi mitoz jarayoniga asoslangan. Bezgak paraziti hayot siklida shizogoniya – ko‘p bo‘linish sodir bo‘ladi. Hujayra yadrosi bir necha marta mitoz bo‘linib, yosh hujayralarni hosil qiladi. Xlorella, xlamidomonada kabi suvo‘tlari, zamburug‘lar sporalar orqali ko‘payadi. Sporalar mitoz usulida hosil bo‘ladigan gaploid hujayralar bo‘lib, tarqalishga xizmat qiladi. Infuzoriya tufelkaning binar bo‘linishi Achitqi zamburug‘ining kurtaklanib ko‘payishi Xlamidomonadaning sporalar orqali ko‘payishi Bezgak parazitining eritrotsit hujayrasida ko‘payishi Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling