Biolog 10 indd


Postembrional rivojlanish davri


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Postembrional rivojlanish davri. Tug‘ilish yoki tuxumdan chiqishdan 
keyin ontogenezning postembrional davri boshlanadi.
Postembrional rivojlanish quyidagi davrlarni o‘z ichiga oladi. Yuvenil 
davr – voyaga yetgungacha bo‘lgan davr, pubertat davr – voyaga yetgan
yetuklik davri, keksaygan davr. 




78
Yuvenil davr tug‘ilishdan boshlanib jinsiy balog‘atga yetguncha davom 
etadi. Bu davr bir-biridan farqlanadigan ikki xil yo‘l bilan amalga oshishi 
mumkin. Rivojlanishning bu yo‘llari bevosita (to‘g‘ri, metamorfozsiz) va 
bilvosita (noto‘g‘ri, metamorfozli) rivojlanish deb ataladi.
Bevosita rivojlanish. Har qanday rivojlanish organizmning sifat o‘zgarish-
larini o‘z ichiga oladigan murakkab fi ziologik jarayondir. Bevosita rivojlanishda 
tuxumdan chiqadigan yoki tug‘iladigan individ voyaga yetgan individga 
o‘xshash bo‘ladi. Lekin voyaga yetgan individga nisbatan nerv sistemasi 
faoliyati birmuncha sodda, jismonan ancha zaif hamda ba’zi organlari (jinsiy 
organlar) yetilmagan bo‘ladi. Rivojlanishning bu turi sudralib yuruvchilarda, 
qushlarda, sutemizuvchilarda kuzatiladi.
Bilvosita rivojlanish. Rivojlanishning bu turi ham xuddi bevosita rivojlanish 
kabi o‘sish bilan davom etib boradi. Voyaga yetgan davrda o‘troq yashovchi 
bulutlar, aktiniyalar, korall poliplari, ko‘p tukli halqali chuvalchanglarning 
lichinkalari harakatchan bo‘lib, tarqalishni ta’minlaydi. Hasharotlarda to‘liq va 
chala metamorfoz farqlanadi. Qattiqqanotlilar (qo‘ng‘izlar), pardaqanotlilar
tangachaqanotlilar, ikkiqanotlilar, burgalar turkumlari vakillari uchun to‘liq 
metamorfoz, suvarak, qandalalar, tog‘riqanotlilar, beshiktebratar, bit, termitlar 
kabi turkumlarning vakillari uchun chala metamorfoz xos. To‘liq metamorfozda 
tuxumdan – lichinka, undan g‘umbak, g‘umbakdan – voyaga yetgan hasharot 
rivojlanadi. Chala metamorfoz tuxum, lichinka, yetuk hasharot bosqichlaridan 
iborat. 
Xordalilar tipi lichinkaxordalilar kenja tipi vakili – assidiyada metamorfoz 
jarayoni yashash tarzining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Assidiya lichinkasida xordali 
hayvonlarga xos nerv sistemasi, xorda, ko‘z rivojlangan bo‘ladi. Keyinchalik 
lichinka o‘troq hayot kechirishga o‘tib, voyaga yetish jarayonida organizmda 
regressiv metamorfoz ro‘y beradi. Xorda, nerv sistemasining asosiy qismi 
yo‘qolib, qolgani tugunchaga aylanadi (43-rasm). 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling