Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Chala dominantlik. G. Mendel to monidan o‘tkazilgan bu tajribada bir belgi 
ikkinchi belgi ustidan to‘liq domi nantlik qiladi. Ammo organizm belgilarining 
irsiylanishida to‘liqsiz dominantlik ho disasi ham uchraydi.
Ingliz olimi U. Betson o‘z tajribalaridan birida qora(AA) va oq(aa) patlarga 
ega tovuq zotlarini o‘zaro chatishtirdi. Olingan F
1
avlod (Aa)ning hammasi 
havorangli patga ega bo‘lgan. F
2
da esa duragaylar 3 xil fenotipik sinfga ajralish 
beradi, ya’ni 
1
/
4
qismi qora, 
2
/
4
qismi havorang,
1
/ qismi oq bo‘ldi.Genotipik va 
fenotipik ajralish nisbati 1:2:1 bo‘ldi.
G‘o‘zada tolaning rangi (qo‘ng‘ir – AA, novvotrang – Aa, oq – aa), na-
mozshomgulda gultojibarglarning rangi (qizil – AA, pushti – Aa, oq – aa), 
odamlarda soch tolasining (jingalak – AA, taram-taram – Aa, silliq – aa) 
irsiylanishi oraliq xarakterga ega (45-rasm).
Ko‘p allellilik. G. Mendel tadqi qotlaridan keyin ko‘p vaqt o‘tgach, «domi-
nant gen» va «retsessiv gen» tushunchalari nisbiy ekanligi ma’lum bo‘ldi. Biror 
belgi genining dominant, retsessiv deb atash mumkin bo‘lmagan boshqacha 
«holatlar»i bo‘lishi ham mumkin. Gen mutatsiyalari natijasida yuqoridagi 
holatlarning ikkita emas, uchta yoki undan ortiq allellari paydo bo‘lish hodisasi 
ko‘p allellilik deyiladi. 
Kodominantlik. Somatik hujayralarda ikkitadan allel genlar bo‘ladi: ular 
ota-onadan o‘tgan. Ko‘p allellilikda bunday genlar «xillari» bitta populatsiyaga 
mansub har xil organizmlarda ota-onadan qaysi genlar o‘tganligiga qarab 
turlicha bo‘ladi. Masalan, odamda qon guruhi uchta allel (A, B, 0) ga ega 
bo‘lgan gen bilan belgilanadi. Bunda A va B – dominant allellar, 0 esa retsessiv 
allel. Shunday qilib, odamlarda bu allellarning quyidagi kombinatsiyalari 
uchraydi: 00 – birinchi, AA va A0 – ikkinchi, BB va B0 – uchinchi, AB – 
to‘r tinchi qon guruhi. Allel genlarning birgalikda biror belgining rivojlanishiga 
bunday ta’siri kodominantlik deyiladi. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling