Biologik ekskursiya va ularning ahamiyati. Ekskursiya turlаri. Ekskursiyagа tаyyorgаrlik. Ekskursiyaning o’tkаzish usullаri


Ekskursiyadаn оlib kеlingаn mаtеriаllаr


Download 0.93 Mb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1544557
1   2   3   4
Bog'liq
Biologik ekskursiyalarni tashkil etish va o\'tkazish

Ekskursiyadаn оlib kеlingаn mаtеriаllаr:
А) Dаrs vаqtidа mаhаlliy mаtеriаl sifаtidа fоydаlаnilаdi;
B) To’gаrаk ishlаri uchun yaхshi mаtеriаl bo’lаdi;
V) Biоlоgiya kаbinеtini bоyitishdа ishlаtilаdi;
G) Fоtо ko’rgаzmа tаshkil etishdа fоydаlаnilаdi;
D) o’quvchilаr o’rtаsidа mа’ruzа qilish uchun fоvdаlаnilаdi.
Е) YUqоridаgi qаyd qilingаn mа’lumоtlаrgа аsоslаnib, quyidаgа хulоsаgа kеlish mumkin.
K) Ekskursiya dаvоmidа o’quvchilаr o’simliklаr оlаmining turli-tumаnligini, ulаr o’rtаsidаn o’zаrо bоg’lаnishlаrni chuqurrоq idrоk etаdilаr.
2. Tаbiаtni ilmiy nuqtаi nаzаrdаn tushunishgа imkоn bеrаdi.
3. Bundаn tаshqаri, tаbiiy lаndshаftlаr bilаn tаnishish jаrаyonidа tаbiаt go’zаpliklаridаn vоqif bo’lish оrqаli o’quvchilаr tаlаyginа estеtik tаrbiya оlаdi, turli хil dаrахt, butа, o’t o’simlik urug’lаrining rеspublikаmizdа qishlоvchi qushlаrgа оzuqа bo’lishidаn хаbаrdоr bo’lаdilаr.
4. Ekskursiya pаytidа o’quvchilаr tаbiаt biоtsеnоzlаrining bir butunligi to’g’risidа tаsаvvurgа egа bo’lаdilаr. O’simlik bilаn tuprоq, suv, hаrоrаt o’rtаsidаgа bоg’lаnishdаn хаbаr tоpаdilаr, shu yo’l bilаn оzuqа zаnjirlаri hаqidа dаstlаbki bilimgа egа bo’lаdilаr.
5. O’snmlik vа hаyvоnlаr bilаn o’quvchilаrning tаbiiy shаrоitdа tаnishi, ulаrning bilimini kеngаytirish, chuqurlаshtirishdаn tаshqаri, biоlоgiya o’quv prеdmеtini o’rgаnishgа bo’lgаn хаvаsini оrttirаdi.
Tarbiyaning muhim vositalaridan biri bo‘lgan sayohatni yanada rivojlantirish masalalari kundan-kunga katta ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda ayniqsa maktab o‘quvchilarining sayohatlari va ekskursiyalariga alohida e'tibor berib kelinmoqda. O‘quvchilar safar va ekskursiyalarda o‘lka tabiati bilangina emas, balki uning tarixi bilan ham tanishmoqdalar. O‘zbekistondagi umumta'lim maktablari, o‘rta maxsus va Oliy o‘quv yurtlarida turizm mashg‘ulotlari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Sayohatlarning barcha turlarida ham o‘lkashunoslik ishlarini olib borish ko‘zda tutiladi. Bu ishning mazmuni va xajmi sayohat o‘tayotgan tuman yoki joyning sharoitiga shuningdek, avvaldan qo‘yilgan vazifalarga bog‘liqdir. Shu sababli o‘lkashunoslik ishlarining asosiy ob'yekti ishlab chiqarish vositalari, hozirgi zamon ishlab chiqarish texnikalari, tog‘, o‘rmonlar, turli yodgorliklar va boshqalar hisoblanadi. O‘z o‘lkasini o‘rganish birinchi vazifa qilib qo‘yildi. Bu ko‘pincha uzoq davom etadigan sayohatlarda amalga oshiriladi, yoki joyning o‘ziga bir necha bor sayohatlar tashkil qilashga to‘g‘ri keladi. 
Sayohatchilarning o‘lkashunoslik ishlari muhim ahamiyatga egadir. Biron tuman yoki joyni kompleks ravishda yozish, geografik tabiiy tuzilishlarni chizish, tabiatni, hayvonot va o‘simlik dunyosini aks ettirish, mustaqil ilmiy ishlar olib borishni taqozo etadi. Tabiiy va iqtisodiy geografiya, paleontologiya, o‘lka tarixi va boshqa o‘lkashunoslik materiallarini ilk o‘rganish natijalari ko‘p hollarda ular ilmiy tadqiqot institutlarining muhim ob'yektiga aylanishiga sababchi bo‘ladi. 
Safar yo‘nalishini tanlash o‘quvchilarning kelajakda yana sayohat qilish havasini orttiradi. Shu sababdan sayohatga tayyorlanishda o‘sha joyning butun tarixi va hozirgi sharoitni avvaldan chuqur va izchil o‘rganish lozim. Adabiyotlar, ilmiy maqolalar orqali o‘sha joydagi muzey, tarixiy yodgorliklar va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari madaniyat o‘choqlari va diqqatga sazovor joylarni bilish lozim. Ijtimoiy foydali ishlar, bahor paytlarida obodonlashtirish ishlari va foydali mexnat asosiy burchlaridan hisoblanadi. Sayohat davomida tabiatni muhofaza qilish, ayniqsa daraxtlarni sindirishga yo‘l qo‘ymaslik, yong‘inga qarshi tadbirlar uyushtirish hamda ekinzorlarni payhon qilmaslik ham sayohatchilar uchun muhim burch hisoblanadi. O‘rta Osiyo respublikalarida aholining anchagina qismi tog‘ va tog‘ yon bag‘irlarida yashaydi. Ular turli xo‘jalik ishlari bilan band bo‘ladilar. Bunday joylarda favquloddagi hodisalar, tabiiy ofatlar va ulardan saqlanish qoidalari xaqida tushuntirish ishlari olib borishlari, suhbat, jismoniy tarbiya va sport mavzularida ma'ruza va dokladlar uyushtirishlari, sport chiqishlari tashkil qilishlari lozim. 
Ta'lim muassasalarida barcha sport turlari kabi turizm bo‘yicha ham to‘garaklar, tashkil qilingan. Turizm harakatining boshlang‘ich asosi ana shu to‘garaklardir. Turizm bo‘yicha to‘garak tashkil qilish shakllari boshqa sport turlari kabi avvalo, o‘quvchilar bilan turizm to‘g‘risida o‘quvchilar bilan turizm to‘g‘risida suhbat o‘tkazish, ular bilan kichik sayohatlar uyushtirish, turizm to‘g‘risida o‘quvchilar yig‘ilish, devoriy ro‘znomalarda targ‘ibot ishlarini tashkil qilishdan boshlanadi. Bu bilan safarlarga qiziquvchilar soni ko‘payadi. O‘tkaziladigan sayohatlar rejasi tuziladi. Rejalar geografiya tarix, ona tili, adabiyot o‘qituvchilari hamda maktab jismoniy tarbiya va yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlikda tuziladi. Bu ishlarga asosan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari rahbarlik qiladilar. To‘garaklar dastlab o‘z maktab atrofi, tuman miqyosida turli sayohatlar uyushtiradi. Tajriba va malaka orttirilgach, to‘garaklar o‘z to‘garagini tashkil qilishi mumkin. 
Sayohatchilar to‘garaklari dam olish kunlari, ta'til paytlarida bir kunlik va ko‘p kunlik safarlar tashkil qilinadi. Umumta'lim maktablarining o‘quvchilari turizm to‘garaklarining ko‘ngilli sayohatchilarini asosi hisoblanadi. Bolalar bog‘chalarida ham barcha tarbiya vositalari bilan birga turizm va safarlar keng qo‘llaniladi. Bolalar bilan turli ekskursiyalar, sayohatlar uyushtiradi. Maktab o‘quvchilari bilan turizm va ekskursiya uyushtirish kabi sinfdan tashqari ommaviy tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazish keng yo‘lga qo‘yiladi.
Bolalar turizm markazlari, shahar yoki tumanlarda tashkil qilingan «Barkamol avlod» respublika bolalar o‘lkashunoslik va ekologiya markazlari o‘quvchilar sayohatini rivojlantirishda va xavaskorlik harakatini yanada takomilashtirishda katta rol o‘ynamoqda. 
Turizmning tarbiyaviy sog‘lomlashtirish va ta'limiy ahamiyati katta.
Turizm kishilarni va yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. U shaxsni har tomonlama kamolga yetkazish vositalaridan biridir.
Turizm bolalarni aqliy tarbiya taraqqiyotiga bevosita ta'sir etadi, yoshlarning geografiya, biologiya, tarix, geologiya, iqtisod, adabiyot va boshqa fanlar bo‘yicha olgan bilim hamda malakalarini boyitadi. Tarixiy obidalar bilan tanishish kishilarning ulkan yaratuvchanlik mehnatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish yoshlarning fikr doiralarini, bilim va malakalarini oshirib qolmasdan, ularda vatanga muxabbat, kollektivchilik ruhini his qilish, halqlar o‘rtasidagi do‘stlikni e'zozlash kabi his-tuyg‘ularni ham tarbiyalaydi.
Sayohatlar jarayonida ahloqiy-irodaviy sifatlar: vijdonlilik, uyushqoqlik, jasurlik, burchni his qilish, o‘zaro yordam va o‘rtoqlik his- tuyg‘ulari shakllanadi. 
Turizm tashkilotlar tomonidan kempinglar qurish, mehnatkashlarning turar-joylarida dam olish zonalari tashkil qilish, turizm sog‘lomlashtirish oromgohlarini yanada kengaytirish choralari ishlab chiqiladi. Keyingi paytlarda shaharlar, shahar atrofi oylarida mehnatkashlarning ommaviy ravishda dam olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. O‘quvchi yoshlarning ta'til paytlarida ularning yaxshi xordiq chiqarishlari uchun oromgohlar, mehnat va sog‘lomlashtirish oromgohlarida, talabalarning sog‘lomlashtirish sport oromgohlarida ommaviy piyoda sayohatlari uyushtirilmoqda. O‘quvchilar, mehnatkashlar dam olish bayram kunlar, ommaviy sayr va sayohatlarda faol ishtirok etmoqdalar.
Mamlakatimizning geografik tuzilishi, iqlim sharoiti turizm bilan shug‘ulannish uchun juda qulaydir. Chimyon, Chotqol, Bobotog‘, Baxmal va boshqa O‘zbekistonning tog‘li yerlarida turizm bazalar tashkil qilinib, ularda har yili o‘n minglab mehnatkashlar miriqib dam oladilar. 100 dan ortiq oromgohlarda, turizm bazalar, sog‘lomlashtirish sport oromgohlari ham ana shu tog‘ oraliqlariga joylashgan. Madaniy xordiq chiqarib, chiniqib qaytgan hamyurtlarimiz mehnat va o‘qishga yangi g‘ayrat va ishtiyoq bilan kirishadilar.
Sayohatchilar sayohat davomida yuk ko‘tarish, turli to‘siqlardan o‘tish, kechalari tunash uchun joy tayyorlash, ovqat pishirish uchun o‘tin to‘plash, dam olib va tunab o‘tgan joylarini tartibga keltirish, oyoq kiyimlarini doimo yaxshi saqlash va boshqa juda ko‘p tarbiya va sport komitetlari yoki maxsus turizm zarur hayotiy yumushlarni bajarishlariga to‘g‘ri keladi. Bu jarayonlar esa har bir kishidan ayniqsa yoshlardan mehnatsevarlik, uyushqoqlik kabi fazilatlarni talab etadi.





Xulosa
Ekskursiya jarayonida didaktikaning ko’rgazmalilik, nazariya bilan amaliyotni bog’lab olib borish kabi printsiplari amalga oshiriladi. Ekskursiya jarayonida o’quvchilarning bilish faoliyatlari, jamoatchilik, vatanparvarlik kabi xususiyatlari shakllanadi va rivojlanadi, shaxsni estetik tarbiyalash kabi ishlar amalga oshadi.
Odatda, ekskursiya, u yoki bu fanning ma’lum bo’limlarini o’rganish maqsadida o’tkaziladi. Ular tabiat, ishlab chikarish korxonalari, jamoa xo’jaligi, muzey, tarixiy yodgorliklar bo’lishi mumkin. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o’tkazish ko’p jihatdan o’qituvchining tayyorgarligiga bog’lik bo’ladi. Tayyorgarlik bosqichi o’z ichiga quyidagi asosiy vaqtlarni oladi: joyni tanlash va uning oldindan o’qituvchi tomonidan kuzatilishi; ekskursiya jarayonida o’qituvchi tayanishi lozim bo’lgan bolalardagi bilim va tushunchalarni bilib olish; ekskursiya rejasini belgilash va uning maqsadini aniqlash.
Ekskursiya mehnat ta’limning shunday bir bo’lagidirki, uning borishi jarayonida o’quvchilar asbob-uskunalarni, texnologik jarayonlarni va mehnat jarayonlarini ishlab chiqarish sharoitida mehnatni tashkil etishni kuzatadi va o’rganadi. Korxonaga ekskursiyalar o’quvchilarni korxona bilan, uning asbob-uskunalari, mehnat jarayonlarining tashkil etilishi va ishlab chiqarishning aniq masalalarini, ya’ni asbob-uskunalarining eng yangi namunalarini va ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasini, ilg’or ish usullari va mehnatni ilmiy asosda tashkil etish metodlarini o’rganish maqsadida ham tashkil etilishi mumkin. Demak, ekskursiyalar o’tkazishdan maqsad avvalo o’quvchilarda hozirgi zamon ishlab chiqarishi haqida tasavvur qilishdir. Zero, o’quv ustaxonalari sharoitida o’quvchilar odatda materiallarga ishlov berishning sanoatdagi eng yangi yutuqlarini aks ettiradigan usullari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lmaydilar. Shunga ko’ra aytish mumkinki, ekskursiya o’quvchilarni zamonaviy texnika, texnologiya va bevosita korxonada ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan tanishtirishning yagona yo’lidir. Ekskursiya anchagina muhim tushunchalarni, jumladan, “mehnat unumdorligi” tushunchasini shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Bu tushunchani bayon qilish va ko’rsatmali qo’llanmalardan foydalanish orqali ham shakllantirish mumkin, albatta. Lekin bunda mazkur tushuncha o’quvchilarning amaliy faoliyatidagi, jumladan, ishlab chiqarishga uyushtirilgan ekskursiyadagi kabi mustahkam o’zlashtirmaydi. Ular rejalashni to’g’ri bajarish va birikadigan detallarni aniq moslash qanchalik qiyinligini biladilar. Mehnat unumdorligini oshirishda murakkab tikuvchilik yo’llaridan biri bilan tanishish o’quvchilarda katta tasurot qoldiradi va ularning esida yaxshi qoladi.
Umumiy tanishtirish xarakteriga ega bo’lish ekskursiyani ta’limning biror bo’limi (yog’och va metallga ishlov berish, servis xizmati, mehnat operatsiyasi va hokazolar) boshlanishidan oldin o’tkazilishi kerak. Aniq mavzuni o’tishdan keyin yoki undan oldin o’tkazilgani ma’qul. Ekskursiya odatda 15-20 o’quvchidan iborat bitta sinf bilan frontal ravishda o’tkaziladi, biroq ekskursiya jarayonida ayrim o’quvchilar uchun yakka holda maslahatlar va izohlar berish istisno qilinmaydi.
Mehnat o’qituvchisi yoki ekskursiyani olib boruvchi ekskursiya jarayonida o’quvchilarning kuzatishiga rahbarlik qilib turadi, ularning ishlash tamoyiliga va mahsuloti ishlash texnolgiyasiga mehnatni tashkil etish va hokazolarga jalb qilinadi, bular o’rtasida ob’ektiv ravishda umumiy tamoyillarni bilib olishni o’rgatadi.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling