Biologik faol kompleks brikmalar Gemoglobin


Download 48.19 Kb.
bet3/3
Sana23.04.2023
Hajmi48.19 Kb.
#1382910
1   2   3
Bog'liq
Biologik faol kompleks brikmalar

Xelat birikmalar haqida



Ba'zida xelat va intrakompleks birikmalar haqida tushunchalar o'zaro almashiladi. Ikkinchi ta'rif murakkab birikma tarkibidagi ligand protonini almashtirganda qo'llaniladi.
Xelatlar kimyoda turli xil elementlarni ajratish, konsentratsiya qilish va analitik aniqlash uchun ishlatiladi
XKB ning bir turi bơlgan kompleksonlar miqdoriy tahlilda keng qơllanadi. Kompleksonlar – kơp asosli aminokarbon kislotalar va ularning tuzlari bơlib, anionlari kơp dentatli, xelat brikma hosil qiluvchi ligand sifatida qator metall kationlari bilan barqaror komplekslar – kompleksonatlar hosil qiladi
Komplekson II tilendiamintetrasirka kislota (DTSK)
(HOOCCH2)2N-CH2-CH2-N(CH2COOH)2
6 dentatli ligand
Komplekson III DTSK ning di natriyli tuzi (trilon B). Na2[H2Tr]*2H2O
Metallar organik ligandlar bilan xelat birikmalar ( yoki IKB) hosil qilishi uchun ularning molekulalari tarkibida funksional faol guruhlar (FFG) bơlishi kerak. Ularga: OH, S=O, -N=N-, C=S, O= va x.k. Organik ligandlar tarkibida FFG dan tashqari analitik faol guruhlar (AFG) ham ishtirok tadi. Ular FFG ning analitik samarasini kuchaytiradi. Ularga: -COOH, CI-, Br-, =SO3, -OCH3 va x.k. kiradi
Kompleks birikmalarni farmatsevtik tahlilda qơllanishi. 1. aniqlanuvchi ionni ochishda; 2. chơkmani eritish maqsadida; 3. kation guruhlarini ajratish maqsadida; 4. ionlarni niqoblashda;
5. dori preparatlarini chinligini aniqlashda
Farmatsevtik tahlilda dori vositalari tarkibidagi ionlarni aniqlash uchun kompleks birikmalardan ham foydalaniladi.
Masalan: Mis (II) glitsinati mis (II) ni alfa-aminosirka kislota (glitsin) anioni bilan hosil qilgan IKB bo’lsa, rux oksixinolinati ruxning 8-oksixinolin qoldig’I bilan hosil qilgan suvda oz eruvchan kompleks birikma bo’lib, rux kationini ochishda ishlatiladi
Magniy oksixinolinatni to’q yashil rangli cho’kma holida cho’kishi magniy kationini ochishda ishlatiladi.
Bu yerda nikel (II) kompleksida ichki molekular vodorod bog’lar tasvirlangan. Bu neytral kompleks (nikeldimetilglioksim) suvda oz eruvchan qizil rangli birikma nikel (II) ni aniqlashda qo’llaniladi.
Bu kompleks birikma lola rangli va suvda deyarli erimasligi, zaharsizligi sababli ayollar lab ziynati tayyorlashda ham ishlatiladi.


Kobalt (III) etilendiaminli kompleksda ikkita besh a’zoli metallik halqa bilan bir qatorda hosil bo’ladi. Ikkita monodentatli tiosianat guruhlari mavjud. Bu kompleks kumush (I), vismut (III) larni [CoEn2(NCS)2], [Ag(NCS)2] va [CoEn2(NCS)2][BiJ4] holida aniqlashda qo’llaniladi.

Amaliy jihatdan o’ta ahamiyatli bo’lgan metallarni Shiff asoslari bilan birikmalari, kompleksonatlar, metallarning ftalosianinlari, porfirinlar, xlorofill,gemoglobin, B12- vitamin, insulin, ferritin va boshqa ko’p moddalar xelat kompleks birikmalarga mansub.


Download 48.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling