Biologik fizika fanidan labaratoriya ishlarini bajarishda talabalarga qo‘yiladigan talablar


Download 17.75 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi17.75 Kb.
#1202043
Bog'liq
лабаратория талаблари


Biologik fizika fanidan labaratoriya ishlarini bajarishda talabalarga qo‘yiladigan talablar.

  1. Talaba avvalom bor qanday nomdagi labaratoriya ishini bajarish lozimligini bilishi va nazariyasi bilan to‘liq tanishib chiqqan bo‘lishi talab qilinadi.

  2. Bajarilayotgan labatoriya ishi uchu kerakli asbob va jixozlarni yaxshi tanishi va ishlash prinsiplpri bilan to‘liq tanishib chiqishi kerak.

  3. Talaba labaratori ishini bajarish uchun ishga kirishganda barcha asboblarning ishni bajarishga sozligini labaratoriya mudiri tomonidan tekshirtirib olishi kerak.

  4. Talaba labaratoriya ishini bajarish davomida asbob-uskunalar bilan ishlashda juda katta extiyotkorlik talab etiladi. Agar o‘quv jixozlari bilan ishlashda sovuqqonlik va qo‘pollikka yo‘l qo‘yilsa va buning natijasida sinsa yoki ishdan chiqarilsa, kafedra mudiri tomonidan moddiy jazolanadi.

  5. Talabadan ishni bajarish davomida o‘ta sinchkovlik va sezgirlik talab etiladi, chunki ayrim zaxarli kimyoviy moddalar foydalanilganda inson salomatligiga xavf solishi mumkin. Masalan, termometr bilan ishlayotganda yoki manometrlardan foydalanilayotganda sinishiga yo‘l qo‘yilsa, undan oqib chiqqan simob to‘kilishi va xavoda bug‘lanishi natijasida organizmga zarar keltirilishi mumkin.

  6. Talaba amaliy mashg‘ulot davomida texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish talab etiladi. Sababi labaratoriya ishlari albatta, aksariyati elektr toki bilan bog‘liq. Talabadan elekt toki bilan muomala qilishda diqqatli va e’tiborli bo‘lish talab etiladi.

  7. Xar bir labaratoriya ishini bajarish talabadan katta qunt talab qiladi. Agar ish natijasini to‘g‘ri aniqlay olmasangiz va natijadan qoniqmasangiz ularni soxta yo‘l bilan to‘g‘rilash man etiladi. Bu nday vaziyatda albatta, ustozga murojaat qilish mumkin. Bunday xolatlar ko‘pincha, asboblarning yaxshi sozlanmaganligidan kelib chiqadi.

  8. Ishni bajarish jarayonida talabadan qo‘llanilayotgan asbob va jihozlar, qurilmalarning toza va tartibli tutilishi talab etiladi. Ishni bajarib bo‘lgach, ish stolingizni tartibga keltirib qo‘yishlik muvofaqqiyat garovidir.

  9. Mashg‘ulot o‘tkazish paytida talabadan reaktivlarni, turli xil materiallarni, gaz va elekt energiyasini tejamkorlik bilan sarflash talab etiladi.

  10. Amaliy mashg‘ulotni bajarib bo‘lgandan so‘ng, barcha tarmoqlar elekt tokidan uzilganligini va ishlatilgan moslamalar tarmoqdan uzilganligini qat’iy tekshirib, ishni yakunlash talab etiladi.

Download 17.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling