Biologik kimyo fanidan 13-laboratoriya topshiriqlariga Biologiya 201-guruh talabasi Saidqulova Feruzaning yozgan javoblari Mavzu


Download 13.7 Kb.
Sana24.09.2020
Hajmi13.7 Kb.
#131029
Bog'liq
Biokimyo-13 Saidkulova F bio-201


Saidkulova F.I (S.F.I)

Biologik kimyo fanidan 13-laboratoriya topshiriqlariga Biologiya

201-guruh talabasi Saidqulova Feruzaning yozgan javoblari

Mavzu : OQSILLARNING IZOELEKTRIK NUQTASINI ANIQLASH

Topshiriqlarga javoblar :

1-savol : Oqsillarning izoelektrik nuqtasi deb nimaga aytiladi?

Javob : Oqsillarning musbat va manfiy zaryadlari yig`indisi nolga teng bo`lib, elektr maydonida na katod va na anod tomonga siljiydigan pH kattaligi oqsillarning izoelektrik nuqtasi deb aytiladi. Turli oqsillarning izoelektrik nuqtasi pH ning har xil o`lchamiga to`g`ri keladi, chunki oqsil molekulalarida ishqor va kislota tabiatiga ega bo`lgan guruhlarning bir-biriga teng emas, pH ning turli kattaliklarida ularning dissotsiatsiya darajasi baravarlashib, molekula umuman elektroneytral holatga keladi. Ko`p oqsillarning izoelektrik nuqtasi 4-7 pH orasida, ya’ni ularda karboksil guruhlarning dissotsialanish darajalari asos guruhlarining dissotsialanish darajalaridan bir oz ustun, lekin ba’zi asos oqsillar (protamin, sitoxrom c, ribonukleaza)ning izoelektrik nuqtasi pH=7 dan ortiq bo`ladi. Pepsin ham o`zining izoelektrik nuqtasi juda past pH=1 bo`lishi bilan boshqa oqsillardan farq qiladi. Kislotali oqsillarda pHi <7, neytral oqsillarda 7 atrofida, asos xossali oqsillarda pHi >7 bo`ladi. Sitoplazma oqsillarining o`rtacha izoelektrik nuqtasi 5,5 atrofida bo`ladi. O`z-o`zidan pH ning fiziologik qiymati (7,0-7,4) da hujayra oqsillari umumiy manfiy zaryadga ega bo`ladi. Bunda oqsillarning ortiqcha manfiy zaryadlari hujayra ichida anorganik kationlar bilan muvozanatlashadi.

2-savol : Qanday hollarda oqsillarning izoelektrik nuqtasi 0 holatga o`tadi? Javobingizni misollar bilan izohlang.

Javob : Barcha aminokislotalar suvli eritmalarida ikki qutbli ionlar yoki svitter ionlar shaklida, ya’ni aminokislotalarning karboksil guruhi dissotsialangan, aminohuruhi protonirlangan holatda bo`ladi. Demak, aminokislotalar muhit pH iga qarab zaryadlar yig`indisi 0 ga teng bo`lishi, musbat yoki manfiy bo`lishi mumkin. Aminokislotalar zaryadi 0 ga teng bo`lgan holat izoelektrik holat deb aytiladi. Aminokislotalarning elektr maydonida anodga ham katodga ham harakatlanmaydigan pH qiymati izoelektrik nuqta deb ataladi va pHi bilan belgilanadi. Izoelektrik nuqta aminokislotalardagi turli guruhlarning kislotaishqoriy xususiyatlarini aniq namoyon qiladi va aminokislotani xarakterlaydigan eng muhim konstanta hisoblanadi.

3-savol : Oqsillarning izoelektrik nuqtasini aniqlash ahamiyati nimada?Javobingizni misollar bilan izohlang.

Javob : Oqsilni miqdor jihatdan aniqlash usullari ichida eng keng tarqalgan va yuqori sezgirlikka ega bo`lgani Louri usulidir.Louri usuli bir vaqtning o`zida ikki xil, ya’ni biuret reaksiyasi hamda tirozin va sisteinlarga xos Foling reaktivi bilan beradigan rangli reaksiyaga asoslangan. Fosfovolframat va fosfomolibden kislotalari aralashmasi qaytarilganda yuqoridagi aminokislotalarning radiakallari bilan birikib, ko`k rangli kompleks hosil qiladi. Bu qaytarish reaksiyasida mis sulfatning ishqordagi eritmasi oqsil bilan hosil qilgan misli kompleksi ishtirok etsa kerak. Louri usuli suyultirilgan eritmalarda, ion alamashinuv xromatografiyasi va molekulyar elaklarda oqsillarni fraksiyalashda oqsil miqdorini aniqlash imkonini beradi.

4-savol : Oqsillarning izoelektrik nuqtasini aniqlash tajribalarini o’rganib chiqing, o’zgarishlarni, xulosalaringizni yozing

Javob : Tuxum albumini yoki jelatinaning izoelektrik nuqtasini aniqlash. 6 ta probirkaga jadvalda ko’rsatilgan miqdorda 0,2 M natriy asetat va 0,2 M asetat kislota eritmalaridan qo’yiladi. Hamma probirkada 1 ml dan bufer aralashma tayyor bo’ladi, uning ustiga 0,5 ml dan 1% li jelatina yoki tuxum albumini qo’shiladi. Eritmalar yаxshilab aralashtiriladi va 2 ml dan etil spirti yoki 1 ml dan 0,1% li tannin qo’shiladi. 5 daqiqa o’tgach, qaysi probirkada ko’proq loyqalanish 19 paydo bo’lgani belgilanadi. Qaysi probirkada loyqalanish eng ko’proq bo’lsa, jadvalga qarab shu probirkadagi suyuqlikning pH darajasi, shunga qarab tekshirilayotgan oqsilning izoelektrik nuqtasi aniqlanadi.

Kazeinning izoelektrik nuqtasini aniqlash. 7 ta probirkaga 0,02 M sirka kislotasi va distillangan suv qo’yiladi. Hamma probirkaga 0,2 mldan natriy asetatning 0,2 m eritmasida eritilgan 0,4% li kazeindan qo’yiladi va yаxshilab aralashtiriladi. Bu vaqtda hamma probirkalarda cho’kma hosil bo’ladi. Qaysi probirkaning pH ko’rsatkichi kazeinning izoelektrik nuqtasiga to’g’ri kelsa, shu probirkada loyqa ko’p bo’ladi.



Oqsilni miqdor jihatdan aniqlash usullari ichida eng keng tarqalgan va yuqori sezgirlikka ega bo`lgani Louri usulidir.Louri usuli bir vaqtning o`zida ikki xil, ya’ni biuret reaksiyasi hamda tirozin va sisteinlarga xos Foling reaktivi bilan beradigan rangli reaksiyaga asoslangan. Fosfovolframat va fosfomolibden kislotalari aralashmasi qaytarilganda yuqoridagi aminokislotalarning radiakallari bilan birikib, ko`k rangli kompleks hosil qiladi. Bu qaytarish reaksiyasida mis sulfatning ishqordagi eritmasi oqsil bilan hosil qilgan misli kompleksi ishtirok etsa kerak. Louri usuli suyultirilgan eritmalarda, ion alamashinuv xromatografiyasi va molekulyar elaklarda oqsillarni fraksiyalashda oqsil miqdorini aniqlash imkonini beradi.

Biologiya-201 _Saidkulova F_ 19.05.2020


Download 13.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling