Oqsillarning izoelektrik nuqtasi


Download 176.11 Kb.
bet1/5
Sana14.12.2022
Hajmi176.11 Kb.
#1003504
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint 4

LABORATORIYa IShI № 4 MAVZU: Oqsillarni izoelektrik nuqtasini aniqlash https://youtu.be/UI41vv_vUnM Ham Oqsillar ximiyaviy xossalariga ko’ra amfoter moddalar hisoblanadi, ularning molekulasida erkin karboksil va amin gruppalari bor. Oqsillarni kislotali xossalari polipeptid zanjirlari oxiridagi karboksil gruppalariga va dikarbon aminokislotalar hisobiga namoyon bo’ladi. Kislotali muhitni hosil qilishda tarkibidagi fenol gidroksilini tutuvchi tirozin va sulfgidril gruppalarini tutuvchi aminokislotalar ta’sir qiladi. Oqsillarni ishqoriy xossalari amin, imin aminokislotalarning gruppalari hisobiga ro’y beradi..

Manfiy, ham musbat zaryadli gruppalar mavjudligi tufayli oqsillar ham aminokislotalarga o’xshab amfoterlik xususiyatiga ega. Shuning uchun oqsillarni taxminan (H2 N)m R (СOON)m shaklida yozish mumkin. Suvli eritmada oqsillarning ishqor va kislota gruppalari orasida protonlarning ko’chishi tufayli, tarkibida ko’p — NH3+ va — COON gruppa tutuvchi amfion (NH3)-R-(COO-)p hosil bo’ladi. Agar manfiy va musbat zaryadlarning soni teng bo’lsa, oqsil molekulasining zaryadi amaliy jiqatdan nolga teng bo’lib, elektr maydonida hyech qayoqqa siljimaydi.

Ishqoriy muhitda oqsillar ortiqcha — COON - gruppalariga ega bo’lib, anion rolini o’ynaydi. Masalan, natriy ishqori bilan oqsillarning natriyli tuzi hosil bo’ladi:

Aksincha, kislotali muhitda oqsil ortiqcha NH3+ gruppadariga ega bo’ladi va musbat ion sifatida katodga qarab harakat qiladi:

Amfionlar shaklida oqsil molekulasi zaryaddan mahrum bo’ladi va bunday kolloid zarrachalar eritmada turg’inligini yo’qotadi. Oqsillarning musbat va manfiy zaryadlarining yig’indisi nolga teng bo’lib, elektr maydonida na katod va na anod tomonga siljimaydigan pH oqsillarning izoelektrik nuqtasi deb ataladi. Turli oqsilarning izoelektrik nuqtasi pH ning har xil o’lchamiga to’g’ri keladi, chunki oqsil molekulalarida ishqor va kislota xarakteriga ega bo’lgan gruppalarning soni bir-biriga teng emas, pH ning turli ko’rsatkichlarida ularning dissosiyalanish darajasi baravarlashib, molekula, umuman, elektroneytral holatga keladi.


Download 176.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling