Biologik måmbranalar biomembranalar vazifasi va tuzilishi
Membrana uglevodlari: glikoproteinlar, glikolipidlar
Download 267.54 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - Nazariy materiallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Membranalardagi lipid qo‘shqavat
Membrana uglevodlari: glikoproteinlar, glikolipidlar
Biomembranalarda uglevodlar erkin holda bo‘lmaydi. Ular lipidlar bilan birikkan – glikolipid, yoki oqsillar bilan birikkan – glikoproteid holatida uchraydi. Glikoproteidlarning uglevod qismi hujayraning sirtida joylashgan bo‘lib glikokaliksni hosil qiladi. Glikokaliks hujayralarning o‘zaro ta’sirini, ularning agregatsiyasini, hujayra ichiga kimyoviy axborotlarni uzatish kabi muhim vazifalarni bajaradi. Glikolipidlarda ko‘pincha oligosaxarid zanjiri sfingozinning gidroksil guruhi, galaktoza yoki fukoza orqali glikozid bog‘i orqali bog‘langan bo‘ladi. Glikolipidlar molekulasida bitta oligosaxarid zanjiri bo‘ladi, glikoproteidlarda esa bunday zanjirlar bir nechtadir. Ular oqsil molekulasi bilan besh xil monosaxaridning birontasi orqali birikishi mumkin. Glikoprotoid molekulasidagi oligosaxaridlarning joylashish tartibi Golji apparatida mavjud bo‘lgan glikoziltransferazalar faoliyati bilan bog‘liq. Membrana glikolipid va glikoproteidlarining mohiyati katta. Ular gormonlar, mediatorlar, viruslar, toksinlar va ko‘pgina fiziologik faol moddalar uchun retseptor vazifasini o‘tab, immunitetda ishtirok etadi. Eritrotsit membranasidagi glikolipid glikoproteidlari qon guruhini belgilaydi. Hujayra sirtining harakatchanligi ham uning tarkibidagi glikoproteinlar xususiyati bilan bog‘liq. Membranalardagi lipid qo‘shqavat Fosfolipidlar bilan glikolipidlar molekulalarining xarakterli xususiyati ularning amfifilligidir. Molekulasining gidrofob uchini yog‘ kislotalari va sfingozinning uglevodorodli radikallari tashkil etadi: bu molekula uchi uzunligining 3\4 qismini tashkil etadi. Glikolipidlar molekulasi gidrofil uchi uglevod qismidan, fosfolipidlarning gidrofil uchi xolin, etanolamin yoki serinni biriktirib olgan fosfat qoldig‘idan hosil bo‘ladi. Tuzilishi va fizik-kimyoviy xususiyatining mana shu xossasi fosfolipidlar bilan glikolipidlarning biologik membranalar tuzilishidagi o‘rnini belgilab beradi; membraning asosiy qismini lipid qo‘sh- qavati tashkil etadi. Biomembranalar tuzilishini tasvirlovchi bir necha xil modellar tavsiya etilgan: Birinchi model Daniyel va Davson (1931) taklif etgan «buterbrod» modelidir; unga ko‘ra membrana lipid qo‘shqavatidan tarkib topgan bo‘lib, lipidlar gidrofob qismi membrana o‘rtasida, oqsil qismlari esa lipid qavatning har ikki tomoniga joylashgan. Ikkinchi model bo‘yicha lipidlarning gidrofob dum qismi va oqsillar gilam iplari kabi bir-biri bilan chirmashib ketgan va ularning turg‘unligi 175 elektrostatik kuch hisobiga emas, balki gidrofob bog‘lar evaziga ta’minlanadi. Uchinchi xil model bo‘yicha («mozaik») membranalar oqsil molekulalaridan tarkib topgan bo‘lib, ularning orasidagi bo‘shliqlar lipidlar bilan qoplangan. Download 267.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling