Biologik måmbranalar biomembranalar vazifasi va tuzilishi
Membranalarning umumiy xossalari
Download 267.54 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - Nazariy materiallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddalarning membranalar orqali o‘tkazilishi
Membranalarning umumiy xossalariga suyuqlik tabiati, ko‘ndalang
asimmetriyasi, moddalarni tanlab o‘tkazishi kiradi. Lipid qo‘shqavati suyuq kristallik tuzilishiga egadir. Lipid molekulalari qavat doirasida membrana yuzasiga parallel ravishda diffuziyalanish xossasiga ega (lateral diffuziya). Oqsil molekulalari ham lipid qavatida gg‘yo suzib yuradi. Membranalarda ko‘ndalang diffuziya cheklangan holda sodir bo‘ladi. Membranalarning ikkinchi umumiy xossasi komponentlarining asimmetrik joylashishidir. Jumladan periferik va integral oqsillar o‘zaro asimmetrik joylashgan. Plazmatik membrananing ichki yuzasida asosan fermentlar joylashgan bo‘lsa, membrana sirtida hujayraning boshqa hujayralar bilan aloqasini ta’minlovchi, tashqi signallarni qabul qiluvchi oqsillar joylashgan, faqat oqsillar emas balki fosfolipidlar molekulasi ham asimmetrik joylashgan. Membranalarning uchinchi muhim xususiyati – moddalarni tanlab o‘tkazishidir. Moddalarning membranalar orqali o‘tkazilishi Membranalar orqali moddalar o‘tishining uchta usuli – oddiy diffuziya, yengillashgan diffuziya va faol transport usullari tafovut qilinadi. 47-rasm. Yengillashgan diffuziya Oddiy diffuziya. H2O, CO2, O2 tipidagi kichik neytral molekulalar, shuningdek past molekulali gidrofob organik moddalar konsentratsiyasi ko‘p tomondan konsenratsiyasi past tomonga o‘tadi. Oddiy diffuziya yo‘li bilan o‘tadi, oddiy diffuziya usuli deb shunga aytiladi. Yengillashgan diffuziyada ham moddalar konsentratsiya gradiyenti tufayli, ammo maxsus membrana tashuvchi oqsillari (translokaza, permeaza) yordamida membranalardan o‘tadi. Bu oqsillarning orni gidrofil moddalarni membrananing gidrofob qatlami orqali o‘tkazib berishidan iborat. Bu jarayonning mexanizmi 3-rasmda ko‘rsatilgan. Aktiv transport. Bu jarayonda oddiy va yengillashgan diffuziyadan farqli ravishda moddalar konsentratsiyasi past tomondan konsentratsiyasi yuqori tomonga ATF energiyasi sarflanishi hisobiga tashib o‘tiladi. Masalan: ko‘pgina mineral moddalar hujayralararo suyuqlikdan hujayraga yoki teskari tomonga o‘tishi, aminokislotalarning ichak bo‘shlig‘idan ichak hujayralariga o‘tishi, glyukozaning birlamchi siydikdan buyrak kanalchalari hujayralari orqali qonga o‘tishi. Aktiv transportning ikki xili tafovut qilinadi. Moddaning tashilishida energiya manbai ATF gidrolizida ajralgan energiya bo‘lsa, birlamchi faol transport deyiladi; o‘z konsentratsiyasi gradiyenti bo‘yicha harakatlanib borayotgan modda yo‘l-yo‘lakay (bir yo‘la) boshqa bir moddaning konsentratsiya gradiyentiga qarshi tomonga olib o‘tishi – ikkilamchi faol transport deyiladi (48-rasm). Ba’zi mineral ionlarning faol transporti transport ATF-azalar yoki ion nasoslari ishtirokida ATF energiyasi hisobiga yuzaga chiqadi. Ion nasoslari olib o‘tilayotganda ionni tanlab turib biriktirib oladi; ATF gidrolizi energiyasi membrananing ikkala tomonidagi ionlar konsentratsiyasi farqining energiyasiga aylanadi. ATF-azaga 3 ta Na+ionlari birikishi fermentni faollashtiradi va u ATFning parchalanishini katalizlaydi. Shu bilan birga fosfat qoldig‘i ATF-azaga birikadi. Natijada ferment konformatsiyasi o‘zgaradi: ion kanali membrananing ichki tomonidan yopilib tashqi tomondan ochiladi. Shu bilan birga biriktirish markazlarining Na+ ionlariga yaqinligi 10 marta kamayadi; Na+ ionlari fermentni tashlab chiqadi, fermentga esa K+ ionlari birikadi, K+ ionlari fermentni shu tariqa o‘zgartiradiki, fosfat qoldig‘i gidrolitik yo‘l bilan fermentdan ajralib ketadi. Natijada konformatsiyasi yana o‘zgarib qoladi, ion kanali tashqi tomonidan yopilib, ichki tomondan ochiladi. K+ionlariga yaqinlik kamayib, ular sitozolga ajralib chiqadi. Nasosning to‘la bir siklidagi ishi tufayli hujayralar orasidagi moddaga uchta Na+ioni, teskari tomonga ikkita K+ 177 ioni o‘tadi. Natriy-kaliy nasosi organizmdagi barcha hujayralar sitoplazmatik membranasida mavjud. Shu nasosning ishi tufayli sitozol bilan hujayralararo suyuqlik o‘rtasida ionlar konsentratsiyalarining farqi yuzaga keladi. Na+, K+ ionlari oddiy diffuziya yo‘li bilan ham membranadan birmuncha o‘ta oladi. Bu konsentratsiyalar farqining kamayishiga olib keladi. Natriy nasosi nerv impulsini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ionlar konsentratsiyasi gradiyentini yuzaga keltirishi hamda Na+ va K+ ionlaridan tashqari yana boshqa moddalarni ham membrana orqali o‘tkazishda ishtirok etadi (simport, atiport yo‘li bilan). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling