Biologik måmbranalar biomembranalar vazifasi va tuzilishi


Membrana uglevodlari: glikoproteinlar, glikolipidlar


Download 267.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana28.12.2022
Hajmi267.54 Kb.
#1014941
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 - Nazariy materiallar

Membrana uglevodlari: glikoproteinlar, glikolipidlar 
Biomembranalarda uglevodlar erkin holda bo‘lmaydi. Ular lipidlar bilan 
birikkan – glikolipid, yoki oqsillar bilan birikkan – glikoproteid holatida uchraydi. 
Glikoproteidlarning uglevod qismi hujayraning sirtida joylashgan bo‘lib 
glikokaliksni hosil qiladi. Glikokaliks hujayralarning o‘zaro ta’sirini, ularning 
agregatsiyasini, hujayra ichiga kimyoviy axborotlarni uzatish kabi muhim 
vazifalarni bajaradi. Glikolipidlarda ko‘pincha oligosaxarid zanjiri sfingozinning 
gidroksil guruhi, galaktoza yoki fukoza orqali glikozid bog‘i orqali bog‘langan 
bo‘ladi. Glikolipidlar molekulasida bitta oligosaxarid zanjiri bo‘ladi, 
glikoproteidlarda esa bunday zanjirlar bir nechtadir. Ular oqsil molekulasi bilan 


besh xil monosaxaridning birontasi orqali birikishi mumkin. Glikoprotoid 
molekulasidagi oligosaxaridlarning joylashish tartibi Golji apparatida mavjud 
bo‘lgan glikoziltransferazalar faoliyati bilan bog‘liq. Membrana glikolipid va 
glikoproteidlarining mohiyati katta. Ular gormonlar, mediatorlar, viruslar, toksinlar 
va ko‘pgina fiziologik faol moddalar uchun retseptor vazifasini o‘tab, immunitetda 
ishtirok etadi. Eritrotsit membranasidagi glikolipid glikoproteidlari qon guruhini 
belgilaydi. Hujayra sirtining harakatchanligi ham uning tarkibidagi glikoproteinlar 
xususiyati bilan bog‘liq.
Membranalardagi lipid qo‘shqavat 
Fosfolipidlar bilan glikolipidlar molekulalarining xarakterli xususiyati 
ularning amfifilligidir. Molekulasining gidrofob uchini yog‘ kislotalari va 
sfingozinning uglevodorodli radikallari tashkil etadi: bu molekula uchi 
uzunligining 3\4 qismini tashkil etadi. Glikolipidlar molekulasi gidrofil uchi 
uglevod qismidan, fosfolipidlarning gidrofil uchi xolin, etanolamin yoki serinni 
biriktirib olgan fosfat qoldig‘idan hosil bo‘ladi. Tuzilishi va fizik-kimyoviy 
xususiyatining mana shu xossasi fosfolipidlar bilan glikolipidlarning biologik 
membranalar tuzilishidagi o‘rnini belgilab beradi; membraning asosiy qismini lipid 
qo‘sh- qavati tashkil etadi.
Biomembranalar tuzilishini tasvirlovchi bir necha xil modellar tavsiya 
etilgan: Birinchi model Daniyel va Davson (1931) taklif etgan «buterbrod» 
modelidir; unga ko‘ra membrana lipid qo‘shqavatidan tarkib topgan bo‘lib, lipidlar 
gidrofob qismi membrana o‘rtasida, oqsil qismlari esa lipid qavatning har ikki 
tomoniga joylashgan. Ikkinchi model bo‘yicha lipidlarning gidrofob dum qismi va 
oqsillar gilam iplari kabi bir-biri bilan chirmashib ketgan va ularning turg‘unligi 
175 elektrostatik kuch hisobiga emas, balki gidrofob bog‘lar evaziga ta’minlanadi. 
Uchinchi xil model bo‘yicha («mozaik») membranalar oqsil molekulalaridan tarkib 
topgan bo‘lib, ularning orasidagi bo‘shliqlar lipidlar bilan qoplangan. 

Download 267.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling