Biologik måmbranalar biomembranalar vazifasi va tuzilishi


Download 267.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana28.12.2022
Hajmi267.54 Kb.
#1014941
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 - Nazariy materiallar

Endotsitoz Endotsitoz hujayralarning juda keng tarqalgan funksiyasi bo‘lib, 
ular membrana pufakchalari hosil qilish yo‘li bilan hujayraga muhitdan plazmatik 
membrana qismi bilan birga moddalarni olib o‘tkazishdan iborat. Erigan moddalar 
ham (erituvchining tomchilari bilan birga), erimaydigan moddalar (zarrachalar) 
ham hujayralarga ana shu yo‘l bilan o‘tadi (49-rasm).


49-rasm. Endotsitoz mexanizmi.
Erigan 
moddalarni 
hujayralarga, 
o‘tishi 
pinositoz, 
erimaydigan 
moddalarning o‘tishi fagositoz deb ataladi. Leykotsitlar, makrofaglar kapillyarlar 
endoteliysining hujayralari shu jihatdan ayniqsa, faol bo‘ladilar, masalan, 
gepatotsitlar plazmatik membranasida joylashgan 180 retseptorlar qon 
plazmasining talaygina glikoproteoidlarini ushlab oladi. Keyin esa bu oqsillar 
Endotsitozlanadi. Endotsitoz jarayonida bir necha xil maxsus oqsillar ishtirok 
etadi. Bunda ATF energiyasi sarflanadi. Endotsitoz natijasida hujayra o‘zini 
talaygina plazmatik membranasini yutadi.
Hujayra membranasidagi retseptorlar 
Hujayra tashqi membranasining asosiy vazifasi hujayra ichki muhitini 
saqlash, hujayralararo kontaktni ta’minlash. Hujayra sirtining qurilishi va uning 
boshqa qo‘shni hujayralarni topib ular bilan kontakti, hujayra faoliyatiga ta’sir 
etuvchi turli taassurotlarni qabul qilinishi, avvalo, tashqi membrana tarkibiga 
kiradigan glikoproteidlar bilan bog‘liq. Ular oqsil va D-glyukoza, D-galaktoza, D-
mannoza, L-fruktoza, N-atsetil-D-galaktazamin, N-atsetil-D-glyukozamin, L-
arabinoza, Dksiloza, N-atsetil neyramin kislotalardan tarkib topgan. Hujayra 
membranasiga xos funksiyalarni bajaruvchi glikoproteidlar o‘zaro uglevod 
qismining tarkibi va tuzilishi jihatidan farq qiladi. Membrananing barcha 
funksiyalari, shuningdek, ABO guruh spetsifikligi, organizmga yot bo‘lgan 
hujayralarni tanib oluvchi to‘qima antigenlari, organizmga tushgan turli 
ksenobiotiklar yoki organizmning o‘ziga mansub turli gormonlar va boshqa 


birikmalarni ushlab oluvchi maxsus retseptorlar hammasi uglevod kompanentining 
tarkibi va tuzilishi jihatidan farq qiluvchi maxsus glikoproteinlar guruhiga 
mansubdir. Ularning tarkibiga kiruvchi monosaxarid komponentlari ma’lum 
tartibda joylashgan va bunday qurilish Goldji apparatidagi glikozil-transferaza 
faoliyati bilan bog‘liq. Shuning uchun glikoziltransferazalar sintezini boshqaruvchi 
genlarning birontasida sodir bo‘ladigan mutatsiya membrana funksiyasining 
tug‘ma buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan turli xastaliklar kuzatiladi. Masalan: tungi 
gemoglobinuriya kasalligi biologik membranalar tug‘ma patologiyasining bir 
ko‘rinishidir. Membrananing orttirilgan kasalliklari ham ko‘p va xilma-xil. 
Hujayra membranasini jarohatlovchi eng kuchli omillardan biri erkin radikallar 
bo‘lib, ular organizmda ko‘proq ionlashtiruvchi yoki ultrafiolet nurlar hamda 
sun’iy polimerlar ta’sirida ko‘p hosil bo‘ladi. Erkin radikallar patogen ta’siri 
ularning atomi qurilishi bilan bog‘liq. Odatda kimyoviy moddalar orbitasida juft 
elektronlar mavjud, erkin radikallar tashqi orbitasida birgina elektron 181 
joylashgan. Erkin radikallar bo‘lmish OH%, H% va HOO% nurlanish ta’sirida 
suvdan hosil bo‘ladilar. Bu radikallarning asosiy manba’laridan biri kislorod 
bo‘lib, u odatdagi O=O o‘rniga O%-O% shakliga o‘tadi va membrana 
patologiyasiga ko‘proq uning suvda eruvchanligi sabab bo‘ladi. Hujayra 
membranasi qutbsiz muhitni tashkil etadi va bunday muhitda kislorod 7-8 marta 
qutbli muhitga qaraganda yaxshiroq eriydi. Shuning uchun ham aromatik 
aminokislotalar, o‘ta to‘yinmagan, yog‘ kislotalarning oksidlanib jarohatlanishi 
membranalarda kuzatiladi. Bu birikmalar o‘zidan vodorodni erkin radikalga beradi 
va o‘zi deformatsiyalanadi.
To‘yinmagan yog‘ kislotalari molekulasidagi qo‘shbog‘ yaqinida joylashgan 
vodorod uglerod atomi bilan bo‘sh darajada bog‘langan bo‘lib, uni «allel» 
vodorod, u birikkan uglerod esa a-metilenli uglerod, deb nomlanadi. «Allel» 
vodorodlar nisbatan faol atomlar bo‘lib, muhitda oz miqdorda bo‘lsada, oksidant 
mavjud bo‘lsa bu vodorod osongina uning molekulasiga o‘tadi, natijada a-metilen 
uglerodini tutuvchi radikallar markazi hosil bo‘ladi, u o‘ta faol bo‘lib osongina 
«pergidroksi» radikalga o‘tadi.
Shu tarzda «gidroperoksi» guruhlar yog‘ kislotalari molekulasidagi a-
metilen uglerodlariga birikadi, natijada membranalar strukturasi va funksiyasining 
buzilishiga sababchi bo‘lgan reaksiyalar zanjiri sodir bo‘ladi. Lipidlarning perekis 
oksidlanishi, deb ana shunga aytiladi. Vitamin E, ubixinon, sulfgidril guruh 
tutuvchi oqsillar erkin radikallarni o‘ziga biriktiruvchi va perekis birikmalarni 
zararsizlanishi tufayli ular antioksidantlar deb yuritiladilar. Negaki, ular 
organizmda erkin radikallar miqdorini kamaytiradi.


Masalan: alkogol intoksikatsiyasi natijasida yuzaga keladigan jigar 
xastaligining antioksidantlar: tokoferol, askorbin kislota, pirozollar yordamida 
oldini olish mumkin. Chunki bu kasallik gepatotsitlar membranasida alkogol 
ta’sirida perekis oksidlanishining kuchayishi oqibatida yuzaga keladi. Turli xil 
stress chaqiruvchi omillar, ksenobiotiklar, infeksion omillar, zaharli moddalar 
ta’sirida kelib chiqadigan va boshqa turli patologik holatlarda organizmda perekis 
oksidlanish jarayoni kuchayishi va qonda malondialdegidlarning ko‘payib ketishi 
kuzatiladi. Ularni klinikalarda davolash jarayonida asosiy davolovchi omillar bilan 
birga turli xil antioksidantlardan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Ammo uning 
o‘rni Golji apparatida sintezlangan membrana hisobiga tiklanib turadi.

Download 267.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling