Biologik måmbranalar biomembranalar vazifasi va tuzilishi


Download 267.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana28.12.2022
Hajmi267.54 Kb.
#1014941
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 - Nazariy materiallar

Membrana oqsillari 
Membrana oqsillarining asosiy qismi fermentlardir. Shuning uchun 
membranalarning fermentativ faoliyati qanchalik xilma-xil bo‘lsa, shunga ko‘ra 
undagi oqsillar miqdori ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Miyelin tarkibida 20% oqsil 
bo‘ladi. Fermentativ faoliyati juda yuqori bo‘lgan mitoxondriyaning ichki 
membranasi tarkibida 75% ga qadar oqsil bo‘ladi. Fermentativ faoliyati bo‘lmagan 
bironta xil 
membrana bo‘lmaydi. Membrana fermentlari 
esa lipidlar 
mavjudligidagina 
faoldir. 
Har 
qanday 
sitoplazmatik 
membranada 
adenozintrifosfatni (ATF) parchalovchi adenozintrifosfataza fermenti (ATF-aza) 
mavjuddir. U hujayra ichida natriy (Na) konsentratsiyasi ko‘payganda faollashadi 
yoki kaliy (K) konsentratsiyasining hujayra tashqarisida ortganida faollashadi 46-
rasm. Membrana tarkibi. 173 (K, Na bilan bog‘liq bo‘lgan ATF-aza). Bu ferment 
kaliy, natriy ionlarini membrana orqali tashilishini ta’minlaydi. Yana biri Ca-ATF-
aza muskul endoplazmatik to‘r membranalaridan kalsiy ionlarini tashilib o‘tilishini 
ta’minlaydi.Joylashishi bo‘yicha membrana oqsillari ikki guruhga bo‘linadi:
1 - periferik oqsillar, ular membrana sirtiga elektrostatik kuch asosida 
yopishgan;


2 – integral oqsillar, ular go‘yo lipid dengizida aysberg kabi suzib yuruvchi 
oqsillar bo‘lib, ularning ba’zilari membrananing har ikki tomonidan bo‘rtib 
chiqadi.
Misol tariqasida eritrotsit membranasi tarkibiga kiruvchi 2 ta oqsilni, ya’ni 
periferik oqsil – spektrin va integral oqsil glikoforinni ko‘rib chiqamiz. Spektrin – 
eritrotsit membranasi oqsillarining 20% ini tashkil etadi. U eritrotsit 
membranasining ichki tomoniga ion kuchlari yordamida yopishgan. Uning 
globulyar molekulasi og‘irligi 200 000 dalton bo‘lgan ikkita polipeptid zanjiridan 
tarkib topgan. Spektrin eritrotsit sharsimon shaklini saqlashda va membrananing 
pishiqligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Glikoforin – tarkibida 50% dan ortiq uglevod tutuvchi glikoproteid 
membrana oqsillarining 10% ini tashkil etadi. Molekula og‘irligi 50 000 dalton, 
299 ta aminokislota qoldig‘idan tarkib topgan. Bitta polipeptid zanjiridan iborat. 
Unga 4–12 ta monosaxariddan tuzilgan 20 dan 30 tagacha oligosaxarid zanjiri 
yopishgan. Oligosaxarid oxirgi uchidagi galaktoza qoldig‘iga sial kislota birikkan. 
Glikoforin molekulasi uch qismdan iborat: ulardan biri hujayraning sirtqi tomonida 
joylashgan bo‘lib, uning uchidagi NH2 guruhiga oligasaxarid zanjiri birikkan
molekulaning karboksil uchi sitoplazma tomonga chiqqan: ular orasida gidrofob 
qismi lipid qo‘shqavati orasida joylashgan α− spiral shakliga ega. Eritrotsit 
membranasi tarkibidagi glikoforin xilmaxil vazifani o‘taydi. Undagi oligosaxarid 
zanjiri manfiy zaryadga ega bo‘lgani uchun eritrotsitlarni bir-biriga yopishib 
qolmasligini ta’minlaydi. Eritrotsitlar hayoti davomida glikoforin tarkibidagi sial 
kislotalar kamayib, oxirgi uchida galaktoza qoldig‘ini tutuvchi oligosaxaridlar 
ko‘paya boradi. Bu «qarigan» eritrotsitlar jigar va taloq hujayralarida ushlab 
qolinadi va parchalanadi. Hujayra membranasi tarkibiga kiruvchi glikoforin kabi 
oqsillarning asosiy vazifalaridan biri ularning hujayra sirtidan uning 
sitoplazmasiga turli axborotlarni o‘tkazib berishdir.

Download 267.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling