Lizosomalar
Lizosomalar membrana pufakchalaridan iborat bo‘lgan hujayra organellalari
bo‘lib, ularda juda ko‘p xilma xil gidrolitik fermentlar bo‘ladi. Lizosoma suyuqligi
kislotali muhitga (pH 5) ega. Kislotalik H+-ATF-aza ta’sirida yuzaga keladi.
Lizosomalar ham plazmatik membranalar kabi Golji apparatida hosil bo‘ladi.
Lizosomalar vazifasi Endotsitozlangan
moddalarni ham, hujayralarning o‘z
tarkibiy qismini ham «hazm qilish», ya’ni depolimerlashdan iboratdir.
Endotsitozlangan moddalarni «hazm qilish»
geterofagiya deb atalsa,
hujayraning
o‘z tarkibiy qismlarini «hazm qilish» autofagiya, deb ataladi.