Biologik tizimlar haqida tushuncha (metodlar; tiriklikning xususiyatlar)
Download 1.74 Mb.
|
Biologik tizimlar haqida tushuncha (metodlar; tiriklikning xusus
Oqsil. Aminokislotalar.
1. (2020) Plastik funksiyani bajaruvchi oqsilni aniqlang. A) Tubulin B) interferon C) ptialin D) miyoglabin 2. (2020) Oqsil massasi 12000 ga teng bitta aminokislotaning o'rtacha og'irligi 120 ga tengligi ma’lum bo'lsa, shu oqsil sin-tezi uchun javobgar qo'sh zanjirli DNK dagi (a va i-RNK) dagi dezokserebozalar miqdorini aniqlang. A) a-600; b-0 B) a-300; b-0 C) a-600; b-300 D) a-300; b-300 3. (2019) Monomerlari aminokislotadan iborat birikmalarni aniqlang. A) ligaza; lipaza; amilaza B) pepsin, treonin, glikogen; C) klechatka, glikogen, r-RNK D) interferon, kraxmal, r-RNK 4. (2019) Murakkab oqsilga xos belgini aniqlang. A) distillangan suvda eriydi B) glikolipid misol bo'ladi C) to'rtta polipeptid zanjirdan tuzilgan D) tarkibida faqat aminokislotalar bo'ladi 5. (2019) Aminokislotani siklik xillarini ajrating. 1) leysin 2) oksiprolin 3) triozin 4) sistein 5) lizin 6) asparagin kislota A) 4,5 B) 2,3 C) 1,2 D) 3,6 6. (2019) Halqali aminokislotalarni aniqlang. A) fenilalanin, tirozin B) gistidin, treonin C) prolin, alanin D) tirozin, izoleysin 9. (2019) Oqsillarga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) yog' kislotalardan iborat; 2) monomeri aminokislotalardan iborat; 3) monomerlar peptid bog'lar bilan bog'langan; 4) tuzilishiga ko'ra bir xil monomerlardan tashkil topgan; 5) lipidlar bilan birikib glikolipidlarni hosil qiladi; 6) translyatsiya jarayonida sintezlanadi. A) 2,3,6 B) 1,3,5 C) 3,5,6 D) 2,4,5 10. (2019) Quyidagi qaysi ta’riflar oqsillar uchun xos emas? 1) gidrolizlanganda aminokislotalarga parchalanadi; 2) monomerlari azot asoslaridan tashkil topgan; 3) monomerlar peptid bog'lar bilan bog'langan; 4) tuzilishiga ko'ra bir xil monomerlardan tashkil topgan; 5) lipidlar bilan birikib glikolipidlarni hosil qiladi; 6) translyatsiya jarayonida sintezlanadi. A) 1,4,5 B) 2,4,5 C) 1,3,6 D) 3,5,6 11. (2019) 7 g oqsil O2 yordamida oksidlanganda qancha kkal (a) va kJ (b) energiya hosil bo'ladi? A) a-65,1; b-272,3 B) a-123,2; b-28,7 C) a-272,3; b-65,1 D) a-28,7; b-123,2 12.(2019) Noto'g'ri ma’lumotni aniqlang. 1) 89 ta peptid bog'iga ega oqsil sintezida qatnashgan i-RNK da 266 ta nukleotid bo'ladi; 2) 210 ta nukleotiddan iborat i-RNK asosida sintezlangan oqsil molekulasida 70 ta aminokislota bo'ladi; 3) 120 ta riboza molekulasi bo'lgan i-RNK dan 39 ta peptid bog'li oqsil molekulasi hosil bo'ladi; 4) 358 ta nukleotiddan iborat DNK dan 180 molekula ribozaga ega i-RNK hosil bo'ladi A) 1,4 B) 2,4 C) 1,3 D) 2,3 13.(2019) Aminokislotani atsiklik(a) va siklik(b) xillarini ajrating. 1) leysin 2) oksiprolin 3) triozin 4) sistein 5) lizin 6) asparagin kislota A) a-4,5 b-2,3 B) a-2,3 b-5,6 C) a-1,2 b-3,4 D) a-3,6 b-1,4 14.(2019) Aminokislotani atsiklik xillarini ajrating 1) glutamin kislota, 2) treonin 3) fenilalanin 4) triozin 5) triptofan 6) arginin A) 1,6 B) 3,5C) 1,2 D) 3,6 15.(2015) Murakkab oqsillarni ularga xos xususiyatlar bilan juftlang. а) nukleoprotein; b) gemoglobin; c) glikolipid; d) lipoprotein; 1) kislorodni to'qimalarga tashiydi; 2) ribosomaning qurilish materiali; 3) membrana hosil qilishda ishtirok etadi; 4) xromatin misol bo'ladi; 5) transport vazifasini bajaradi; 6) qurilish materiali; 7) tarkibida temir atomi mavjud; 8) metabolik suv manbai A) a-2,4; b-1,7; d-3,5 B) a-1,4; b-2,7; c-3,8; d-5,6 C) a-2,7; b-1,4; d-5 D) a-1,7; b-2,4; c-3,8; d-5,6 16.(2015) Aminokislotalarga xos xususiyatlarni belgilang. 1) tarkibida azot elementi mavjud; 2) polipeptid zanjirini hosil qiladi; 3) polinukleotid hosil qiladi; 4) gidroliz qilinsa nukleotidlarga parchalanadi; 5) sitoplazma tarkibida mavjud; 6) denaturatsiyaga uchrashi mumkin A) 1,3,4 B) 2,4,6 C) 1,2,5 D) 2,5,6 17. (2020) Oqsil massasi 12000 ga teng , shu oqsil uchun javobgar genning uzunligini aniqlang. (1 ta aminokislotan-ing o'rtacha massasi 120 ga qo'shni nukleotitlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng). A) 120 B) 240 C) 204 D) 102 18. (2020) Oqsil massasi 12000 ga teng bitta aminokislotaning o'rtacha og'irligi 120 ga tengligi ma’lum bo'lsa, shu oqsil sintezi uchun javobgar qo'sh zanjirli DNK dagi (a) va i-RNK (b) dagi fosfodiefir bog'lar miqdorini aniqlang.' A) a-600; b-300 B) a-298; b-99 C) a-399; b-113 D) a-598; b-299 19. (2020) E. Chargaff qonunini to'g'ri ifodalovchi tengamani aniqlang. A) A + G/T + C = l В)A + G/A + T+ G + C = 1 C)A + T=G + C D) A = G 20. (2019) DNK molikulasidagi G va S lar yig'indisining A va T lar yig'indisiga nisbati 2:1 ni tashkil etadi. Shu DNK dan sintezlangan i-RNK da Ular soni 60 ta bo'lib, DNK dagi G va S lar yig'indisidan 220 taga kam bo'lsa, i-RNK ning uzunligini (nm) aniqlang. (nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm) A) 68 B) 142,8 C) 71,4 D) 57,8 21. (2019) i-RNK da U-19% va A-25% bo'lsa teskari transkrip-siya jarayonida hosil bo'lgan DNK qo'sh zanjirida T-necha % ni tashkil qiladi. A) 22% B) 24% C) 44% D) 25% 16. (2019) (A+T)-(G+S) =30 va umumiy vodorod bog'lar soni 360 bo'lsa, DNK fragmenti uzunligini aniqlang. (qo'shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm) A) 50 B) 55,4 C) 61,2 D) 45 22. (2019) t-RNK (a) va DNK (b) molekulalariga xos xususiyatlarni juftlang. 1) endonukleazalar tomonidan parchalanadi; 2) aminokislotalar tashiydi; 3) transkripsiya natijasida hosil bo'ladi; 4) translyatsiyada qatnashadi; 5) tarkibida timin va riboza bo'ladi; 7) teskari transkripsiya natijasida hosil bo'ladi; 8) translyatsiyada qatnashmaydi; 9) tarkibida guanin va riboza bo'ladi; 10) antikodonga ega; 11) aminokislota kodlaydi; 12) kodonga ega A) a-3,4,11; b-1,8,7 B) a-1,9,12; b-4,11,5 C) a-4,2,10; b-7,1,8 D) a-1,7,9; b-1,4,11 22. (2019) DNK fragmentidajami 1632 ta vodorod bog'i mavjud bo'lib, ushbu DNK fragmentining uzunligi 231,2 nm teng. Ushbu DNK fragmenti haqida to'g'ri fikrni aniqalang. A) DNK fragmentida 408 ta adenin bo'lib, adenin juftligi o'rtasida 816 ta vodorod bog'i mavjud. B) DNK fragmentida 272 ta guanine bo'lib, u umumiy nukleotidlaming 30 % tashkil qiladi. C) DNK fragmentidajami 680 ta nukleotidlar mavjud D) DNK fragmentidajami 1360 ta nukleotidlar bo'lib, undagi timin nukleotidlari 20 % tashkil etadi. 23. (2019) DNK fragmenti tarkibida jami 960 ta vodorod bog'i mavjud; A-T orasidagi vodorod bog'lari soni G-S orasidagi vodorod bog'lari nisbati 1:1,5 bo'lgan. Agar shu DNK tarkibidagi nukleotidlarning 25% i mutatsiyaga uchrab yo'qolsa, DNK tarkibidagi mutatsiyadan oldingi fosfodief-it bog'lari sonini aniqlang. (DNK zanjiri nukleotidiar o'zaro fosfodiefir bog'lari orqali birikadi) A) 766 B) 768 C) 576 D) 574 24.(2019) Quyida berilgan qaysi birikmalar T-RNK tarkibida uchramaydi? 1) riboza; 2) sitozin; 3) tiamin 4) timin; 5) guanin; 6) alanin 7) uratsil; 8) tiroksin 9) dezoksiriboza A) 3,4,9 B) 1,3,8 C) 5,6,7 D) 4,7,9 25.(2019) Tarkibida riboza saqlovchi moddalarni aniqlang. 1) adenozinmonofosfat; 2) uratsil nukleotidi; 3) timin nukleotidi; 4) plazmidaning adeninli nukleotidi; 5) adenozindifosfat; 6) tamaki mozaikasining sitozinli nukleotidi; 7) transpozonning adeninli nukleotidi. A) 5,6 B) 2,4 C) 1,7 D) 4,7 25.(2019) Pichan tayoqchasi hujayrasining qaysi tuzilmasi nuklein kislotaga ega? 1) ribosoma; 2) yadro; 3) mitoxondriya; 4) xloroplast; 5) yadrocha; 6) plazmida; 7) hujayra markazi A) 1,6 B) 2,5 C) 6,7 D) 3,4 26. (2019) Quyida berilgan qaysi birikmalar T-RNK tarkibida uchramaydi? 1) uratsil; 2) sitozin 3) guanin; 4) adenin; 5) fenilalanin; 6) gistidin; 7) riboza; 8) fosfat kislotasi qoldig'i; 9) timin A) 5,6,9 B) 5,6,7 C) 1,3,7 D) 4,6,9 27. (2019) Bir mol 1-DNK dagi nukleotidlar og'irligi 1 mol 2-va 2 mol 3-DNK yig'indisi og'irligiga teng. 1 mol 1-va 3-DNK yig'indisi og'irligi 2 mol 2-DNK og'irligiga teng. 3-DNK og'irligi 43200 ga teng bo'lsa, 1-DNK neshta peptid bog'ga ega aminokislota sintezlaydi? (1 nukleotid massasi 360) A) 99 B) 69 C) 59 D) 109 28. (2019) DNK qo‘sh zanjirida 720 ta vodorod bog‘i bo'lib, guanin nukleotidlari umumiy nukleotidlardan 5 marta kam bo'lsa, G-S orasidagi va A-T o'rasidagi vodorod boglar farqini aniqlang. A) 0 B) 20 C) 30 D) 60 29. (2019) i-RNK zanjirida 60 ta triplet mavjud. Undagi nukleot-idlarning 1/3 qismi uratsilli, 1/5 qismi adeninli, 20% i sitozinli nukleotidlardan iborat. Nuklein kislotalar tarkibidagi nukle-otidlar fosfodiefir bog'lar orqali tutashadi. Shu i-RNK fosfo-diefir bog'lar sonini (a) va nukleotidlar tarkibini (b) toping. A) a-179; b-U=20, A=12,C=12,G=16 B) a-179; b-U=60, A=36,C=36,G=48 C) a-59; b-U=20, A=12,C=12,G=16 D) a-180; b-U=60, A=36,C=36,G=48 30. (2019) Ma’lum bir uzunlikdagi DNK fragmenti tarkibidagi vodorod bog'lar soni timin nukleotidlari sonidan 600 taga, guanin nukleotidlari sonidan 800 taga ko'p bo'lsa, DNK fragmentidagi adenin va timin nukleotidlari orasida nechta vodorod bog' mavjud? A) 900 B) 600 C) 800 D) 300 31. (2019) DNK dagi nukleotidlar va vodorod bog'lar 1,2:1,5 . nisbatda bo'lsa, DNK da A necha foiz bo'ladi. A) 20% B) 30% C) 25% D) 37,5% 32. (2019) DNK da guanin necha foiz bo'lganda DNK dagi vodorod bog'lar jami nukleotidlardan 1 taga ko'p bo'ladi? (Purin asoslari 50 ta) A) 1% B) 3% C) 2% D) 5% 33. (2019) Tarkibida riboza saqlovchi moddalarni aniqlang. 1) adenozinmonofosfat; 2) uratsil nukleotidi; 3) timin nukleotidi; 4) plazmidaning adeninli nqkleotidi; 5) adenozindifosfat; 6) tamaki mozaikasining sitozinli nukleotidi; 7) transpozonning adeninli nukleotidi. A) 5,6 B) 2,4 C) 1,7 D) 4,7 33. (2019) Nazariy jihatdan DNK molekulasining birinchi zanjirida nukleotidlar TAG ACG GAC TGG TCA GGT GAT TCG ketma-ketlikda joylashgan bo'lib, shu qo'sh zanjirda-gi har bir nukleotid yig'indisini aniqlang. A) A-11,C-13,T-11,G-13 B) A-12,T-10,C-18,G-8 C) A-5,T-6,C-4,G-9 D) T-5,A-6,C-9,G-4 34. (2019) Nuklein kislotalarni oqsillarga o'xshash jihatlarini aniqlang. 1) plazmatik membrana tarkibiga kiradi; 2) xromatin tarkibiga kiradi; 3) gumoral boshqarishda ishtirok etadi; 4) transport vazifani bajaradi; 5) himoya vazifasini bajaradi; 6) translyatsiya jarayonida qatnashadi. A) 2,4,6 B) 2,3,5 C) 1,3,5 D) 1,4,6 35. (2019) Nuqtalar o'rniga mos javoblarni tanlang. Oqsillar nuklein kislotalardan farq qilib, ... 1) plazmatik membrana tarkibiga kiradi; 2) ribosoma tarkibiga kiradi; 3) gumoral boshqarishda ishtirok etadi; 4) transport vazifani bajaradi; 5) kimyoviy jarayonlarni tezlashtiradi; 6) monomerlardan iborat. A) 3,4,5 B) 1,3,5 C) 1,4,5 D) 2,3,6 36. (2019) DNK molekulasi haqidagi ma’lumotlar to'g'ri berilgan javobni aniqlang. 1) nukleotid tarkibida azot asosi, monosaxarid va fosfat kislota qoldig'i mavjud; 2) unda oqsil sintezi haqidagi axborot saqlanadi; 3) DNK qo'sh zanjirida timin dezoksiribonukleotidlar ro'parasida adenin ribonukleotidlari komplementar holda joylashadi; 4) DNK molekulasi yadro, mitoxondriya va lizosomada sintezlanadi. A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 D) 1,4 37. (2019) DNK fragmentining bir zanjiri 1050 ta nukleotidlardan iborat bo'lib, DNK qo'sh zanjiridagi timin nukleotidlari 10 %ni tashkil etadi. DNK qo'sh zanjiridagi jami vodorod bog'lar sonini (a) va undan sintezlangan oqsilning molekular massasini (b) aniqlang. (Oqsil tarkibidagi bitta aminokislota qoldig'ining molekular massasi 120 ga teng, i-RNKning barcha kodonlariga T-RNK ning antikodonlari komplementar.) A) a-1680; b-63000 B) a-1680; b-126000 C) a-2940; b-31500 D) a-2940; b-42000 38. (2018) DNK qo'sh zanjirida 180ta vodorod bog'i bo'lib. uning 0,3 qismi guanin va sitozin orasida joylashgan bo'lsa, DNK dagi adenin nukleotidlari sonini toping. A) 160 B) 320 C) 80 D) 63 39. (2018) Vodorod bog'lari soni 198 tani tashkil qiluvchi DNK molekulasida G va C nukleotidlari yig'indisi A va T nukleotidlari yig'indisidan 22 taga ko'p bo'lsa, DNK molekulasi-dagi G va C nukleotidlari yig'indisini aniqlang. A) 82 B) 76 C) 78 D) 88 40. (2018) i-RNKda 21% adenin azotli asoslari, 27% uratsil azotli asoslari, 26% sitozin azotli asoslari bo'lsa, uning sintezida ishtirok etgan DNKdagi guanin azotli asoslari foizini aniqlang. A) 52 B) 26 C) 24 D) 48 40.(2018) Quyida berilgan qaysi birikmalar T-RNKtarkibi-da uchramaydi? 1) uratsil; 2) sitozin 3) guanin; 4) adenin; 5) fenilalanin; 6) gistidin; 7) riboza; 8) fosfat kislotasi qoldig'i; 9) timin A) 5,6,9B) 5,6,7C) 1,3,7D) 4,6,9 41.(2018) Quyida berilgan qaysi birikmalar T-RNKtarkibi- da uchramaydi? 1) dezoksiriboza; 2)fosfat kislotasi qoldig'i; 3) sistein; 4)riboza; 5) prolin; 6)tiamin; 7) uratsil; 8)sitozin; 9) adenin. A) 5,6,7 B) 1,5,6 C) 1,3,8 D) 4,6,9 42.(2018) Quyida berilgan qaysi birikmalar T-DNK (a) va t-RNK (b) .tarkibida uchraydi? 1) timin; 2)fosfat kislotasi qoldig‘i; 3) guanin; 4)riboza; 5) tirozin; 6)alanin; 7) uratsil; 8)sitozin; 9) adenin. A) a-1,8 b-6,7 B) a-2,3 b-8,9 C) a-5,9 b-4,7 D) a-4,7 b-1,5 43. (2018) Tarkibida riboza (a) va dezoksiriboza (b) saqlovchi moddalarni aniqlang. 1) sitozin nukleotidi; 2) uratsil nukleotidi; 3) pBR-322 ning timininli nukleotidi; 4) bakteriofagning adeninli nukleotidi; 5) adenozindifosfat; 6) adenozinmonofosfat; 7) transpozonning adeninli nukleotidi. A) a-2,5; b-3,4; B) a-2,3 b-1,4 C) a-4,7 b-1,6 D) a-5,6 b-2,7 44. (2018) Pseudomonas hujayrasining qaysi tuzilmasi nuklein kislotaga ega? 1) ribosoma; 2) yadro; 3) mitoxondriya; 4) xloroplast; 5) yadrocha; 6) plazmida; 7) hujayra markazi A) 2,5 B) 1,6 C) 6,7 D) 3,4 45. (2018) Noto'g'ri ma’lumotni aniqlang. 1) 89 ta peptid bog'iga ega oqsil sintezida qatnashgan i-RNK da 270 ta nukleotid bo'ladi; 2) 210 ta nukleotiddan iborat DNK asosida sintezlangan oqsil molekulasida 70 ta aminokislota bo'ladi; 3) 120 ta riboza molekulasi bo'lgan i-RNK dan 40 ta peptid bog'li oqsil molekulasi hosil bo'ladi; 4) 358 ta fosfodiefirli nukleotiddan iborat DNK dan 180 molekula ribozaga ega i-RNK hosil bo'ladi A) 1,3 B) 2,4 C) 2,3 D) 1,4 46. (2018) Ribosoma uchun xos xususiyatlarni aniqlang. 1) katobolizmda ishtirok etadi; 2) membranaga ega emas; 3) yadroda shakllanadi; 4) oqsillar hosil bo'lishida qatnashadi; 5) tarkibida polisaxarid va oqsil mavjud; 6) aminokislotadan oqsil hosil qilishda ishtirok etadi A) 2,5 B) 1,6 C) 2,4 D) 3,5 47. (2018) DNKning bitta zanjirida 800 purin asosi bo'lib, u umumiy nukleotidlarning 32% ini tashkil qiladi. DNKning qo'sh zanjiridagi jami pirimidin asoslari sonini toping A) 1250 B) 2500 C) 1600 D) 1200 48. (2017) Ikkita DNK molekulasi tarkibida jami 1000 ta nukleotid mavjud. Birinchi DNK molekulasidagi nukleotidlarning 25%i adenin nukleotididan iborat, ikkinchi DNK molekulasidagi nukleotidlaniing 20% i timin nukleotididan iborat. Agar ikkala DNK molekulasi tarkibidagi guanin nukleotid-lari yig'indisi 270 taga teng bo'lsa, birinchi DNK molekulas-ining uzunligini (nm) aniqlang. (qo'shni nukleotidlar orasi-dagi rnasofa 0,34 nm) A) 68 B) 72 C) 102 D) 88 49. (2017) DNK fragmentida 1200 ta adenin bo'lib, u umumiy nukleotidlarning 24%ini tashkil qiladi. DNK fragmentida-gi guaninlar sonini toping. A) 1200 B) 1300 C) 1400 D) 1250 50. (2017) Sitozin va adenin nukleotidlari soni 1:2 nisbatda . bo'lgan DNK fragmenti asosida 87 ta peptid bog'ga ega oqsil hosil bo'ldi. Ushbu DNK fragmentidagi G va C nukleotidlar orasida nechta vodorod bog' mavjud? A) 264 B) 422 C) 704. D) 528 51. (2017) DNK zanjirida jami 4000 ta nukleotidlar bo'lib, 25% ini adeninli nukleotidlar tashkil etadi. DNK ning birinchi ipida barcha adeninli nukleotidlarining 60% i va sitozinli nukleotidlarining 40%i joylashgan. Shu DNK ning birinchi zanjiridan i-RNK sintezlangan bo'lsa, undagi adenin nukleotidlari sonini toping. A) 800 B) 500 C) 400 D) 600 52.(2017) Tarkibida dezoksiriboza saqlovchi tuzilmalarni aniqlang. 1) bakteriya ribosomasi; 2) t-RNK; 3) t-DNK; 4) plazmida; 5)- xromosoma; 6) tamaki mozaikasi genomi 7) transpozon. A) 1,6 B) 3,4 C) 6,7 D) 2,5 53.(2017) Ikkita DNK molekulasi tarkibida jami 1000 ta nukleotid mavjud. Birinchi DNK molekulasidagi nukleotidlarning 25%i adenin nukleotididan iborat, ikkinchi DNK molekulasidagi nukleotidlaniing 20% i timin nukleotididan iborat. Agar ikkala DNK molekulasi tarkibidagi guanin nukleotidlari yig'indisi 270 taga teng bo'lsa, ikkinchi DNK mole-kulasining uzunligini (nm) aniqlang. (qo'shni nukleotidlar orasidagi rnasofa 0,34 nm) A) 68 B) 120 C) 102 D) 72 54.(2015) Tarkibi azot asosi, karbon suv va fosfat kislota qoldig'idan tashkil topgan organik moddalarni aniqlang. A) adenin, uratsil, sitozin, tirozin, ATF B) transpozon, RSS 101, nukleotid, t-RNK, pBR-322 C) nukleotid, ADF, ATF, AMF, transpozon, EcoRI, endonukleaza D) plazmid, RSS 101, BamHI, ATF, transpozaza 55.(2015) Monomeri nukleotidlardan tashkil topgan tuzilma lar to'g'ri keltirilgan javobni aniqlang. 1) antitana; 2) interferon 3) glikogen 4) testosteron; 5) Bam HI; 6) t-RNK; 8) Eco RI; 7) transpozon; 9) RSS 101;10) pBR 322 A) 4,8,9 B)1,2,6 C)3,5,7 D)7,9,10 56.(2015) Nukleotidlarga xos xususiyatlarni belgilang. 1) tarkibida azot asosi mavjud; 2) tarkibida monosaxarid va fosfat kislota qoldig'i mavjud; 3) reduplikatsiya jarayonida qatnashadi; 4) eukariotlar yadrosida o'zaro birikib polimer hosil qiladi; 5) prokariotlar sitoplazmasida o'zaro birikib polimer hosil qiladi; 6) tarkibida disaxarid va fosfat kislota qoldig'i mavjud; 7) translyatsiya jarayonida qatnashadi; 8) denaturatsiyaga uchrashi mumkin A) 1,6,8 B) 1,3,5,7 C) 4,7,8 D) 2,4,6,7 57. (2014) DNK zanjirida adenin va timin orasida ikkita, guanin va sitozin orasida uchta vodorod bog' mavjud. A lar S larga nisbati 1:4 DNK molekulasida 100 ta timinli nukleotid bo'lib, umumiy nukleotidlarning 10%ini tashkil etadi. Ushbu DNK molekulasidagi vodorodli bog'lar sonini toping. A) 2800 B) 1400 C) 1500 D) 400 58. (2014) Xemotripsinogen fermenti 245 ta aminokislotadan iborat. Shu ferment sintezi uchun javobgar DNK qo'sh zanjirida adeninli nukleotidlar umumiy nukleotidlarning 20% ini tashkil etadi. Adenin va timin nukleotidlar orasida 2 ta vodorod bog', guanin va sitozin o'rtasida 3 ta vodorod bog' bo'lishi ma’lum bo'lsa, ushbu DNK bo'lagidagi guanin va sitozin orasidagi vodorod bog'lar sonini toping. A) 441 B) 294 C) 1323 D) 588 59. (2014) DNK molekulasida adenin va timin nukleotidi orasida ikkita vodorod bog'i, guanin va sitozin nukleotidlari orasida uchta vodorod bog'i mavjud bo'lib, har bir nukleotidlar orasidagi rnasofa 0,34 nm ga teng. Ma’lum bir DNK molekulasida 1170 ta vodorod bog'i bo'lsa hamda ushbu fragmentda umumiy nukleotidlarning 20%ini adenin tashkil etsa, ushbu fragmentning uzunligini (nm) hisoblang. A) 306 B) 153 C) 398 D) 199 60. (2014) DNK va RNKning o'xshashligi ifodalangan javobni toping. A) transpozaza, endonukleaza, ligaza fermentlari ulami yopishqoq uchlar hosil qilib kesadi B) tarkibida adenin, sitozin, guanin, timin, uratsil azotli asoslari mavjud C) nukleotidlari tarkibi bir xil D) yadroda fermentlar va ATF ishtimkida sintezlanadi 61. (2014) Agar i-RNKda A=28,G=39,C=33,U= 24 bo'lsa, teskari transkripsiya asosida sintezlangan DNK qo'sh zanjiri-dagi umumiy nukleotidlar sonini aniqlang. A) A=28,G=33,C=39,T=24 B) A=24,G=39,C=33,T=28 C) A=24,G=33,C=39,T=28 D) A=52,G=72,C=72,T=52 62. (2013) DNK molekulasida adenin va timin orasida ikkita, guanin va sitozin orasida uchta vodorod bog' bor, qo'shni nukleotidlar orasi 0,34 nm ga teng. Ma’lum. DNK bo'lagida 1050 ta vodorod bo'g' bo'lib, shundan 60% guanin va sitozin orasida bo'lsa, shu DNK bo'lagining uzunligini (nm) toping. A) 214,2 B) 714 C) 142,8 D) 166,6 63. (2013) Xemotripsinogen fermentiga javobgar bo'lgan DNK fragmentida adeninli nukleotidlar soni 294 ga teng bo'lib, u umumiy nukleotidlarning 20% ni .tashkil etadi. Nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm bo'lsa, DNK fragmentining uzunligini (nm) toping. A) 249,9 B) 83,3 C) 499,8 D) 4998 64. (2013) DNK molekulasida adenin va timin orasida ikkita, guanin va sitozin orasida uchta vodorod bog' bor, qo'shni nukleotidlar orasi 0,34 nm ga teng. Ma’lum DNK bo'lagida 1050 ta vodorod bo'g' bo'lib, shundan 60% guanin va sitozin orasida bo'lsa, shu DNK bo'lagidagi purin va pirim-idinlar sonini toping. A) A=210,T=210,G=280,C=280 B) A=210,T=210,C=210,U=0 C) G=420,C=420, A=210,T=210 D) A=420, T=420, G=630, C=630 Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling