Biologik fizika biologik sistemalarda kechadigan fizik jarayonlar va ularga taʼsir


Download 47.59 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.02.2023
Hajmi47.59 Kb.
#1235188
Bog'liq
Biofizika - Vikipediya



Biofizika
Biofizika, biologik fizika — biologik sistemalarda kechadigan fizik jarayonlar va ularga taʼsir
kursatadigan har 
xil
fizik omillarni urganadigan fan. Tadqiq etiladigan obʼyekt tuzilishi
darajasiga binoan B.ni molekulyar B., hujayra B.si, murakkab biologik sistemalar B.siga
ajratiladi. Molekulyar B. makromolekulalar va boshqa muhim biologik birikmalar tuzilishi va
funksional 
xususiyatlarini
; hujayra B.si hujayra hayotiy faoliyati asosini tashkil etadigan
fizikkimyoviy jarayonlar hamda hujayra tarkibiga kiradigan struktura elementlari (ayniqsa
membrana strukturasi)ning ahamiyatini; biologik sistemalar B.si toʻqima, organizm va tabiiy
jamoalarda sodir boʻladigan biologik jarayonlarning oʻzaro taʼsiri va boshqarilishini hamda
matematik modellashtirilishini oʻrganadi. Oʻrganish obʼyekti va metodlariga koʻra B.
molekulyar biol., bioorganik kimyo, biokimyo fanlariga yaqin boʻlganidan koʻpincha bu fanlar
bilan birga fizikkimyoviy biol.ga birlashtiriladi.
B. biologik tushunchalarning fizika, fizik kimyo hamda mat. goyalari va metodlari bilan oʻzaro
kirishuvi tufayli vujudga kelgan. 
Mexanika
qonuniyatlarini organizmni oʻrganishga (qon
aylanishi, tovush va yorugʻlikni sezish) tatbiq qilishga urinish birinchi marta 17-asrda sodir
boʻlgan. 18-asr 
oxirida
 L. Galvani va A. Volta tomonidan "hayvon elektri"ning kashf etilishi
fizikkimyoviy hodisalarni oʻrganishda katta ahamiyatga ega boʻddi. 19-asr va 20-asr
boshlarida organizm energetikasi prinsiplari (Yu. R. Mayer); koʻrish va eshitish organlari
ishlashining fizik asoslari hamda biologik strukturalar bilan yorugʻlikning oʻzaro taʼsiri (G.
Gelmgols, K. A. Timiryazev, P. P. Lazarev), toʻqima va hujayradagi osmotik va bioelektrik
hodisalar (E. DyubuaRaymon, Yu. Bernshteyn, J. Lyob, V. Nernst) tugʻrisidagi asosiy
tushunchalarga asos solindi. Ochiq biologik sistemalar termodinamikasi, energetik
jarayonlardagi energiya oʻzgarishlari hamda membranasi orqali transport qilinishi va u bilan
bogʻliq bioelektrik hodisalar, muskul qisqarishi va boshqa harakat shakllari (G. M. Frank),
fotobiologik jarayonlar (A. N. Terenin, A. A. Krasnovskiy) B.ning rivojlanib kelayotgan sohalari


hisoblanadi. Biologik sistemalarning uzuzini tashkil qilishi va boshqarilishi ham 
xuddi
shunday sohalar qatoriga kiradi.
Bunday tadqiqotlar B.ni kibernetika va 
xronobiologiya
bilan bogʻlaydi.
Oʻzbekistonda B. ga oid tadqiqotlar 20-asrning 60- yillarida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi
Yadro fizikasi institutida, Oʻzbekiston milliy universitetining biokimyo, keyinchalik B.
kafedralarida boshlangan. Asosiy tadqiqotlar ionlarning faol transporti, membrana
funksiyalarining gormonal regulyatsiyasi, membrana faol birikmalarining taʼsir 
mexanizmini
aniqlashga bagʻishlangan. Tadqiqotlarda Na K—ATFaza ferment sistemasi barcha
hujayralarning plazmatik membranasi uchun umumiyligi, buyrak nefronlari fiziologik
xususiyatlari
transport fermentlari kinetik 
xususiyatlari
bilan bogʻliqligi aniqlandi (B. O.
Toshmuhamedov, 3. U. Bekmuhamedova). Membrana B.sining elektrogenez 
mexanizmlari
;
ilon, chayon va arilar zaharidan ion kanallarini tanlab utkazuvchi neyrotoksinlar; umurtqalilar
va hasharotlar sinapslari glutamat neyroreseptorlari oʻrganildi (P. B. Usmonov), sunʼiy
qoʻshqavatli membranalarni rekonstruksiya qilish amalga oshirildi (E. M. Mahmudova).
Shuning bilan birga membranalarda oqsil va lipidlarning oʻzaro taʼsiri (T. F. Oripov), membrana
fermentativ katalizi (M. M. Rahimov), membranalarning radiatsiya bilan shikastlanishi (A. Q.
Qosimov), 
mitoxondriyalar
 ion regulyatsiyasi, 
mitoxondriya
va butun hujayradagi bioenergetik
jarayonlarning fiziologik regulyatsiyasi (A. I. Gagelgans, M. X. Zaynutdinov) oʻrganilgan.
Oʻzbekistonda B.ga oid ilmiy tadqiqotlar Fanlar akademiyasi Fiziologiya va biofizika
institutida, Oʻzbekiston milliy universitetining biofizika kafedrasida va boshqa oliy oʻquv
yurtlari kafedralarida olib boriladi. B.ning koʻp sohalari tibbiyot, q. 
x
. va atrof muhitni
muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega (quyosh nuridan foydalanish, biofizik metodlar va
fizik taʼsirlarni, mas, ultratovush, lazer nurini tibbiyotda qoʻllash va boshqalar).
Bekjon Toshmuhimedov, Mahmud Qosimov.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
Adabiyotlar


 
Soʻnggi tahrir 22 kun avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
title=Biofizika&oldid=2834466

dan olindi 

Download 47.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling