Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/70
Sana08.05.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1445253
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70
Bog'liq
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA

Destruktiv funksiyasi
nobud bo‗lgan organizmlar tarkibidagi organik birikmalarning parchalanishi va 
mine rallashuvi, tog‗ jinslarining yemirilishi, hosil bo‗lgan mineral moddalar ning biokimyoviy aylanishga
– biogen migratsiyaga jalb etilishi kabi jarayonlarda namoyon bo‗ladi. Natijada biogen moddalar hamda
biogen va abiogen hosil bo‗luvchi moddalar paydo bo‗ladi. Tog‗ jinslarining yemirilishi muhim jarayon
hisoblanadi, chunki tirik moddaning destruktiv funksiyasi tufayli litosferadan ajralgan mineral moddalar
davriy aylanishga qo‗shi ladi. Bakteriyalar, ko‗k-yashil suvo‗tlar, zamburug‗lar, lishayniklar tog‗
jinslarini kimyoviy moddalar yordamida yemiradi. Organik birikmalarning minerallashuvi tufayli hosil
bo‗lgan kalsiy, kaliy, natriy, fosfor, kremniy kabi biogen elementlar moddalarning biokimyoviy
aylanishiga qo‗shiladi.
Muhit yaratish funksiyasi
muhit (litosfera, gidrosfera, atmosfera)ning fizik-kimyoviy xususiyatlarini
o‗zgartirish orqali tirik organizmlar yashashi uchun qulay sharoit yaratish bilan belgilanadi. Ushbu
funksiya yuqorida ko‗rib o‗tilgan energetik va destruktiv funksiyalar bilan bog‗liq. Aynan shu funksiya
natijasida quyidagi muhim hodisalar ro‗y bergan: birlamchi atmosferaning gaz tarkibi va birlamchi
okean suvining tarkibi o‗zgardi, litosferada cho‗kindi jinslar qatlami, quruqliklarda esa unumdor tuproq 
qatlami hosil bo‗ldi. 
Gaz almashinish funksiyasi 
tirik organizmlar tomonidan gazsimon moddalarni o‗zlashtirilishi va ajratilishi
orqali atmosferaning gaz tarkibi doimiyligini saqlab turishda aks etadi. Kislorod fotosintez jarayonida,
karbonat angidrid esa nafas olish jarayonida ajraladi. Yer ostida hosil bo‗ladigan metan gazi metan
hosil
qiluvchi bakteriyalar tomonidan organik birikmalarning parchalanishi natijasida hosil bo‗ladi. Tirik
moddaning gaz almashinuv funksiyasiga destruktiv va muhit yaratish funksiyalarining yig‗indisi sifatida
ham qarash mumkin.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling