Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/70
Sana08.05.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1445253
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70
Bog'liq
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA

2-savolga javob: 
Oziq zanjiri – bu bir bo‗g‗in (manba)dan ikkinchi bo‗g‗in (iste‘molchi)ga moddalar va energiya
o‗tadigan organizmlarning tizimli ketma-ketligi sanaladi. «Oziq zanjiri» atamasi ingliz olimi – zoolog va
ekolog Ch. Elton tomonidan 1934-yilda taklif etilgan. Oziq zanjiri bir necha bo‗g‗indan iborat.
Zanjirning birinchi bo‗g‗ini, asosan, yashil o‗simliklardan iborat, undan keyingi bo‗g‗inlarni o‗simlikxo‗r
hayvonlar (umurtqasizlar, umurtqali hayvonlar, parazit o‗simliklar), so‗ng yirtqichlar va parazitlar tashkil
etadi. Yashil o‗simliklardan boshlangan oziq zanjiri o‗tloq tipidagi (produtsent zanjir) oziq zanjir
deyiladi. Produtsent zanjir produtsentlardan boshlanadi va turli tartib konsumentlarini o‗z ichiga oladi.
Bunday oziq zanjiri quyidagi chizmada keltirilgan:Produtsentlar →I tartibli konsumentlar→II tartibli
konsumentlar→III tartibli konsumentlar 
Produtsentlar o‗simlikxo‗r hayvonlar – birinchi tartib konsumentlarning oziq manbayi, ular esa, o‗z
navbatida, go‗shtxo‗r hayvonlar (birlamchi yirtqichlar) – ikkinchi tartib konsumentlarning oziq
manbayiga aylanadi. Go‗shtxo‗r hayvonlar uchinchi tartib konsumentlar yoki yirik yirtqichlar (ikkilamchi
yirtqichlar) tomonidan iste‘mol qilinadi. Trofik darajalar
. Oziq zanjirida turlarning joylashgan o‗rniga
qarab, biogeotsenoz (ekosistema)larning trofik darajalari farqlanadi. Oziq zanjiridagi har bir organizm
muayyan trofik darajaga tegishli bo‗ladi. Organizmning oziq zanjiridagi o‗rni yoki oziq zanjirining bitta
bo‗g‗iniga tegishli bo‗lgan organizmlar yig‗indisi trofik daraja deyiladi. Trofik darajalar soni oziq zanjiri
bo‗g‗inlari soniga teng bo‗ladi. Avtotrof organizmlar produtsentlar – geterotrof organizmlar uchun
organik modda yetkazib beradiganlar sifatida birinchi trofik darajani tashkil etadi. Ikkinchi trofik daraja
(birinchi tartib konsumentlar)ga fitofaglar – o‗simlikxo‗r organizmlar kiradi. Fitotroflar hisobiga
yashaydigan go‗shtxo‗rlar uchinchi trofik daraja (ikkinchi tartib konsumentlar)ga; boshqa go‗shtxo‗rlarni 
iste‘mol qiladigan hayvonlar to‗rtinchi trofik daraja (uchinchi darajali konsumentlar)ga mansubdir. Oziq
to‘rida
bir oziq zanjirining bo‗g‗inlari boshqa zanjirning tarkibiy qismi bo‗ladi. Har qaysi oziq zanjiri 
moddalar va energiya o‗tadigan alohida kanaldir. Agar biogeotsenozning biror a‘zosi yo‗qolsa tizim
buzilmaydi, chunki organizmlar boshqa oziq manbalaridan foydalanadi. Bu fikrdan esa turlar qanchalik
xilma-xil bo‗lsa, tizim shunchalik barqaror bo‗ladi degan umumiy xulosa kelib chiqadi. 
@UzBMBA
@UzBMBA
@UzBMBA


BILET-14 
1. Biosferadagi tirik moddaning funksiyasi va xususiyatlari: muhit yaratish, gaz almashinuvi, oksidlanish-
qaytarilish va transport funksiyalari qanday jarayonlarda namoyon bo‗ladi? 
2. Poykiloterm va gomoyoterm hayvonlarda haroratga nisbatan qanday moslanishlar shakllangan? 
3. Sxema asosida bargli o rmonning vertikal strukturasi (yarusliligi) ifodalangan.
ʻ
Sxemani tahlil qiling va berilgan topshiriqlarni bajaring. 
a) II yarusda tarqalgan hayvon va o simliklarni aniqlang. 
ʻ
b) IV yarusda tarqalgan hayvon va va o simliklarni aniqlang. 
ʻ
c) Biotsenozda vertikal yaruslilikning mohiyatini tushuntiring. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling