Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savolga javob.
Suksessiya
(lotincha «successio» – o‗rin almashish) – ma‘lum hududdagi ekosistemalarning inson va tabiat omillari ta‘sirida izchillik bilan boshqa ekosistemalarga almashinishi. Suksessiyalar birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi . Birlamchi suksessiyalar tuproq va o‗simliklar mavjud bo‗lmagan joylarda kuzatiladi. Masalan, vulqonlar otilgan maydonlarda, qum tepaliklarda va qoyalar yuzasida sodir bo‗ladi. Ma‘lum izchillikda davom etadigan jarayonlar natijasida barqaror biogeotsenozlar hosil bo‗ladi. Bir-biri bilan almashinadigan ekosistemalar suksessiya ketma-ketligi yoki biogeotsenozlar qatorideb ataladi. Bu qatordagi ekosistemalar rivojlanayotgan ekosistemaning dastlabki bosqichlari hisoblanadi. Jamoalar va atrof-muhit bilan o‗zaro muvozanat holati ta‘minlangan ekosistemalar klimaks bosqichidagi ekosistemalar deb ataladi. Klimaks bosqichigacha rivojlanish uzoq vaqt talab etadi (bir necha yuz yoki ming yillik). Yetuk klimaksli ekosistemalar tashqi muhit omillariga nisbatan yuqori barqarorlikka ega. Ekosistemada qanchalik turlar soni ko‗p va ular o‗rtasidagi trofik munosabatlar murakkab bo‗lsa, ekosistema shunchalik barqaror va turg‗un bo‗ladi. Turlar soni ko‗p bo‗lgan biogeotsenozlarda konsumentlar uchun oziq resurslar turi xilma-xil bo‗ladi, bir turdagi oziqning yetishmovchiligi yoki yo‗qolishi katta xavf tug‗dirmaydi, chunki konsumentlar boshqa oziq bilan ham oziqlanadi. Bu esa individlarni soni kamaygan turlarning o‗zini qayta tiklashiga imkon yaratadi. Muhit sharoitlari o‗zgarganda ham shu usulda oziq resurslari va uning iste‘molchilari o‗rtasida muvozanat saqlanadi. 2-savolga javob. Meyoz sikli Sog`lom odamlarda Klaynfelter sindromida Jami xromasoma Jinsiy xromasoma autosoma Jami xromasoma Jinsiy xromasoma autosoma interfaza 1 G 1 – sintezga tayyorgarlik davri 2n2c 46;46 XY 44X 2n2c 47;47 XXY 44X 2 S – sintez davri 2n4c 46;92 2XY 44X 2n4c 47;94 2XXY 44X 3 G 2 – 2n4c 2XY 44X 2n4c 2XXY 44X @UzBMBA @UzBMBA @UzBMBA sintezdan keyingi davri 46;92 47;94 Meyoz bosqichlari 1 Profaza I 2n4c 46;92 2XY 44X 2n4c 47;94 2XXY 44X 2 Metafaza I 2n4c 46;92 2XY 44X 2n4c 47;94 2XXY 44X 3 Anafaza I 2n4c 46;92 2XY 44X 2n4c 47;94 2XXY 44X 4 Telofaza I 1n2c 23;46 XY 44X 1n2c 23;46 XXY 44X Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling