Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy (tabiiy) bog‘lar
- Tabiat yodgorliklari
- 1-savol javobi
Davlat buyurtma
qo‘riqxonalari (zakazniklar) – muhofaza qilinadigan hududlar, ularda tabiiy boyliklardan cheklangan miqdorda foydalangan holda ovlanadigan hayvonlar va o‗simliklar muhofaza qilinadi. Zakazniklar dorivor o‗simliklar, qo‗ziqorinlar, rezavor mevalarni terish, baliq tutish uchun xizmat qiladi va odatda, ma‘lum muddatga tashkil etiladi. Zakazniklarda muhofaza ostiga olingan obyektlarga zarar keltirmaydigan darajada cheklangan xo‗jalik faoliyati amalga oshiriladi. Sanoat ahamiyatiga ega hayvonlar, qushlar uya quradigan, baliqlar uvildiriq sochadigan va parvarishlanadigan, dorivor o‗simliklar o‗sadigan joylarga zarar yetkazmagan holda faoliyat yuritiladi. Zakazniklar o‗simliklar olami va hayvonot dunyosi boyliklarini saqlanishini ta‘minlab, qo‗riqxonalar tizimini sezilarli darajada to‗ldiradi. @UzBMBA @UzBMBA @UzBMBA @UzBMBA Milliy (tabiiy) bog‘lar – qo‗riqlanadigan hududlar va suv sathining cheklangan qismi, u yerda ekologik, tarixiy va estetik ahamiyatga ega tabiiy majmualar joylashgan. Qo‗riqxonalardan farqli ravishda, milliy bog‗lar maydonining bir qismi muntazam ravishda tashrif buyurish uchun ochiq bo‗ladi. Botanika va zoologiya bog‗lari. Hayvonlarning va o‗simliklarning noyob turlari sonini saqlash va tiklash ishida botanika va zoologiya bog‗lari muhim ahamiyatga ega. Ular tabiatda yo‗q bo‗lib ketayotgan alohida organizm turlarini qutqarish va shu bilan biosfera tirik moddalari genofondini, uning bioxilma-xilligini saqlash imkonini beradi. Tabiat yodgorliklari – ilmiy, madaniy – o‗quv yoki estetik jihatdan ahamiyatga ega. Davlat tomonidan qo‗riqlanadigan tabiat obyektlari: daraxtzorlar, ko‗llar, sharsharalar, qadimiy bog‗lar, alohida daraxtlar, qadimgi turlar.Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sifatida O‗zbekistonda davlat qo‗riqxonalari, milliy bog‗, ekomarkaz, davlat buyurtma qo‗riqxonalari, tabiat yodgorliklari hududlari faoliyat ko‗rsatmoqda. Bu hududlarda «Qizil kitob»ga kiritilgan, yo‗qolish ehtimoli bo‗lgan o‗simlik va hayvon turlari davlat muhofazasiga olingan. 1-savol javobi : Mezozoy erasining yura davrida dastlabki yopiq urug‗li o‗simliklar paydo bo‗ldi. Yopiq urug‗li o‗simliklarda idioadaptatsiya natijasida bir yillik, ikki yillik va ko‗p yillik o‗t o‗simliklar, chala buta va buta, daraxtlar vujudga kelgan. Ular orasida umumiy degeneratsiyaga uchragan parazit o‗simliklar ham bor. Yopiq urug‗li o‗simliklarda tayanch, zaxira to‗plash vazifasini bajaradigan ildiz, poya, fotosintezni amalga oshiradigan barg singari morfologik, anatomik va fiziologik jihatdan takomillashgan vegetativ organlar mavjud. Bo‗r davrining o‗rtalariga kelib o‗simliklar olamida yopiq urug‗li o‗simliklarning hukmronligi boshlangan. Yopiq urug‗li o‗simliklarning yuqori darajadagi evolutsion moslanishga egaligi Yer yuzida keng tarqalishi va rivojlanishining asosiy sabablaridan biri sanaladi. Ekologik va genetik omillar (aneuploidiya, poliploidiya)ga asoslangan adaptiv reaksiyalar natijasida har xil ekologik muhitga moslashgan turlar vujudga kelgan. Barcha o‗simliklar uzoq tarixiy rivojlanish natijasida vujudga kelgan va biotsenozning asosiy tarkibiy qismi bo‗lib, undagi oziq zanjirining asosini tashkil etadi va amalga oshiriladigan fotosintez jarayoni natijasida havodagi karbonat angidrid miqdori me‘yorlashadi, kislorodning miqdori ortadi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling