Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA
1-savol javobi.
Ekosistemalarning barqarorligi . Tabiiy ekosistemalar ma‘lum qonuniyatlar asosida tarkib topadi, rivojlanadi. Ekosistema ning barqarorligi eng avvalo produtsent, konsument, redutsentlar tomonidan amal ga oshiriladigan moddalar va energiya almashinuvi jarayoni va quyosh energiyasi hisobiga ta‘minlanadi. Yuqorida qayd etilgan ikki omil ekosistemaning tashqi muhitning doimiy o‗zgarishlariga nisbatan barqarorligini yuzaga keltiradi. O‗zgargan ekologik omillar ta‘sirida o‗zining tuzilishi va normal funksional holatini saqlay olish xususiyati ekosistemalarning barqarorligi deb ataladi. Turlarning xilma-xilligi va organizmlarning o‗zi yashaydigan muhitdagi o‗zgarishlarga ma‘lum darajada moslanishlari ekosistemalar barqarorligini ham da tashqi muhit omillariga nisbatan turg‗un ligini ta‘minlaydi. Ekosistemalar turg‗unligini uning tarkibiga kiradigan organizmlar o‗rtasidagi trofik aloqalarning xilma-xilligi ham belgilaydi. Turlar soni kam bo‗lgan ekosistema lar barqaror bo‗lmaydi. Biogeotsenozlarning tarkibida turlar qanchalik xilmaxil bo‗lsa, ularning turg‗unligi ham shunchalik yuqori bo‗ladi. Tashqi muhit sharoitlarining o‗zgarishi avvalgi muhitga moslashgan organizmlarni qirilishiga olib keladi. Ekosistema tarkibida populatsiyalar genetik jihatdan qanchalik xilmaxil bo‗lsa, ularda tashqi muhitning o‗zgargan sharoitlariga nisbatan moslanish, yashab qolish va organizmlarni sonini tiklash uchun imkoniyat shunchalik ko‗p bo‗ladi. Populatsiyalarning o‗zini tiklab olishi uchun talab qilinadigan vaqt organizmlarning ko‗payish tezligi bilan belgilanadi. Ekosistemalarning o‗zini o‗zi boshqarish va dinamik muvozanatni saqlash xususiyati gomeostaz deb ataladi. Ekosistema gomeostazi uning tarkibidagi turlarning soni va tarkibining doimiyligi bilan ifodalanadi. Insonning omil sifatida oziq zanjirlariga salbiy ta‘siri ekosistemadagi organizmlar sonining ko‗payishi yoki kamayishiga olib keladi, natijada ekosistemaning gomeostaz holati buziladi. Tashqi muhit sharoit va turlar sonining o‗zgarishi hamda ayrim turlarning yo‗qolishi yoki yangi turlarning qo‗shilishi, biogeotsenozlar turg‗unligining buzilishiga yoki boshqasi bilan almashinishiga olib keladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling