Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/70
Sana08.05.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1445253
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70
Bog'liq
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA

Amensalizm
– o‗zaro biotik munosabat turi bo‗lib, bu
munosabatda bir turning faoliyati ikkinchi turga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi, salbiy ta‘sir ko‗rsatayotgan
organizmning o‗zi esa bu munosabatdan foyda ham, zarar ham ko‗rmaydi. Masalan, yorug‗sevar o‗t
o‗simliklar baland daraxtlar
soyasida o‗sganda yorug‗lik yetishmasligi tufayli rivojlanishdan orqada qoladi. Daraxtlarga esa bu
«qo‗shnichilik»dan foyda ham, ziyon ham yetmaydi. Mog‗or zamburug‗lari tashqi muhitga antibiotiklar 
ishlab chiqarib, bakteriyalarning o‗sishini va ko‗payishini to‗xtatib qo‗yadi.  Yirtqichlilik 
(«yirtqich –
o‗lja») – turlararo o‗zaro biotik munosabat turi bo‗lib, bir populatsiya individlari boshqa populatsiya
individlari uchun oziq vazifasini o‗taydi. «Yirtqich – o‗lja» munosabatlari bevosita oziq munosabatlari bo‗lib, 
o‗lja tur uchun zararli, yirtqich tur uchun esa foydali hisoblanadi. Odatda boshqa hayvonlar bilan
oziqlanadigan hayvonlar yirtqichlar deb ataladi. O‗txo‗r hayvonlar yirtqich deb hisoblanmasa-da, hayvon
va o‗simlik orasidagi oziq aloqalari «yirtqich – o‗lja» munosabatiga juda o‗xshash bo‗ladi. Yirtqichlik
munosabatlarining yana bir ko‗rinishi – kannibalizm
(tur ichidagi yirtqichlilik), ya‘ni bir turga mansub
organizmlarning bir-birlarini yeb qo‗yishidir. Masalan, qoraqurtning urg‗ochilari urug‗langandan so‗ng 
erkaklarini yeb qo‗ysa, balxash olabug‗a balig‗i o‗zining tuxumdan chiqqan mayda baliqchalarini yeb
qo‗yadi. 
2-savolga javob:
Hayvonlarning tana qoplami evolutsiyasi.
Hayvonlarning tana qoplami, asosan, tashqi muhit ta‘sirlari
va zararli omillardan himoya qilish vazifasini bajaradi. Evolutsiya jarayonida bir organlar sistemasining
takomillashuviga bog‗liq holda boshqa organlar sistemalarining paydo bo‗lishi va takomillashuvi sodir
@UzBMBA
@UzBMBA


bo‗ladi. Funksiyasining ortishi natijasida dastlab himoya organi bo‗lgan teri nafas olish, sezish,
termoregulatsiya va ayirish, sutemizuvchilarda ter bezlarining o‗zgarishi natijasida paydo bo‗lgan sut
bezlaridan ajraladigan sut orqali naslini oziqlantirishda ishtirok etadi. Mazkur funksiyalar teri qoplami 
tuzilishining murakkablashuvi, unda turli hosila va bezlarning paydo bo‗lishi natijasida amalga
oshadi.Xordali hayvonlarda teri: epidermis va dermadan iborat. Epidermis ektodermadan, derma
mezodermadan rivojlanadi. Boshskeletsizlarda teri qoplamining har ikkala qavati kuchsiz rivojlangan. 
Terining epidermis qavati bir qavat hujayralardan, shuningdek, bir hujayrali bezlardan iborat. Terining 
derma qavati (g‗ovak), biriktiruvchi hujayralardan tuzilgan. Evolutsiya jarayonida umurtqalilarda
epidermis ko‗p qavatli, pastki qavatidagi hujayralar tinimsiz ko‗payadi, ustki qavatidagi hujayralar 
ixtisoslashadi, muayyan muddatdan so‗ng nobud bo‗ladi va qurib tushib ketadi. Teri derma qavatining
mustahkamligini ta‘minlaydigan biriktiruvchi tolalar paydo bo‗ladi. Umurtqalilarda teri hosilalari paydo
bo‗ladi, ularning
xilma-xilligi hayvonlarning hayot tarzi va tuzilish darajasiga bog‗liq bo‗ladi. Shuningdek, terida turli 
vazifalarni bajaradigan yog‗ va ter bezlari rivojlangan. Qushlarning terisi sudralib yuruvchilarnikiga o‗xshash
quruq, bezlari bo‗lmaydi. Ko‗pchilik qushlarda dumg‗aza bezlari bo‗lib, qushlar bu bezdan ajraladigan
yog‗simon modda bilan patlarini yog‗laydi. Qushlarning tanasini qoplab turuvchi pat va parlar epidermis
hosilasi bo‗lib, ularning kelib chiqishi sudralib yuruvchilarning tangachalariga o‗xshash, tarkibi shox 
moddadan tuzilgan Sutemizuvchilarning tana qoplami bajaradigan vazifasiga bog‗liq holda nisbatan
murakkab tuzilgan. Terisi jun bilan qoplangan va unda har xil vazifani bajaruvchi (yog‗, sut, ter, hid)
bezlar bor. Sutemizuvchilarning ter bezlari ixtisoslashib, sut bezlariga aylangan. Teridagi yog‗ bezlari 
faqat sutemizuvchilarga xos. Yog‗ bezlari ajratadigan yog‗ teri yuzasi, jun qoplamini yog‗lab,
namlanishning oldini oladi va uning elastikligini ta‘minlaydi, qurub qolishdan himoya qiladi. 
Sutemizuvchilarga xos belgilardan biri epidermis hosilalari: jun, tirnoq, tuyoq, shoxlarning paydo bo‗lishi
sanaladi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling