Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf


BILET-22  1. Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabat: antibioz munosabatlarni tushuntiring


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/70
Sana08.05.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1445253
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
Bog'liq
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA

BILET-22 
1. Tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabat: antibioz munosabatlarni tushuntiring. 
2. Hayvonlarda tana qoplami evolyutsiysini gapirib bering. 
 3. Suv havzalaridagi oziq zanjirni quyidagi organizmlar fitoplankton→ zooplankton→mayda
baliq→yirik baliq tashkil qiladi. Ekologik piramidagi barcha organizmni massasi 55 550 kg.
a) ekologik piramidaning necha % ini mayda baliq tashkil qiladi? 
b) umumiy biomassaning necha foizini produsentlar tashkil qiladi? 
c) yirik baliqlar biomassasi necha kilogrammga ortgan? 
@UzBMBA
@UzBMBA


3-savolga javob. 
x 0,1x 0,01x 0,001x 
fitoplankton→ zooplankton→mayda baliq→yirik baliq
 
 
x + 0,1x + 0,01x + 0,001x = 55 550 
x=50 000 
a) ekologik piramidaning necha % ini mayda baliq tashkil qiladi? 
mayda baliq 0,01 x 50 000 = 500 kg 
55 550 ____________100% 
500 ______________ x x = 0,90% 
b) umumiy biomassaning necha foizini produsentlar tashkil qiladi? 
 Fitoplankton (produsent) – x = 50 000 
55 550 ____________100% 
50 000 ______________ x x = 90% 
c) yirik baliqlar biomassasi necha kilogrammga ortgan? 
yirik baliqlar biomassasi 0,001x = 0,001 x 50 000 = 50 kg
 
1-savolga javob

Antibioz 
munosabatlarga o‗zaro raqobat, parazitizm, yirtqichlik, amensalizm kabi munosabat shakllari
misol bo‗ladi.
O‗zaro raqobat – o‗xshash ekologik ehtiyojlarga ega turlar orasidagi munosabatlardir. 
Bunday turlar birga yashaganda birining mavjudligi hamma vaqt ikkinchisining yashash imkoniyatlarini
kamaytiradi. Raqobat bir turga mansub (tur ichidagi raqobat) va har xil turlarga mansub (turlararo
raqobat) individlarning oziq, yashash joyi uchun va boshqa ekologik sharoitlar uchun kurashda namoyon 
bo‗ladi. O‗zaro munosabatning bu shakli birga yashovchi ikki turga ham salbiy ta‘sir qiladigan yagona
ekologik munosabatdir. O‗zaro raqobatni quyidagi misollarda ko‗rish mumkin. Yorug‗lik, suv va 
tuproqdagi mineral moddalar uchun o‗simliklar o‗rtasida; bitta oziq manbayi bo‗lgan o‗simliklar uchun
o‗simlikxo‗r hayvonlar, kemiruvchilar, chigirtkalar o‗rtasida; mayda baliqlar bilan oziqlanuvchi bir suv
havzasida yashaydigan yirtqich baliqlar o‗rtasida; tovushqon va quyonlar bilan oziqlanadigan bo‗ri va
tulkilar o‗rtasida, kemiruvchilar bilan oziqlanuvchi yirtqich qushlar o‗rtasida raqobat kuzatiladi. Bir turga
mansub individlarning oziq, yashash joyi va boshqa ekologik sharoitlarga ehtiyoji bir xil bo‗lgani
sababli tur ichidagi o‗zaro raqobat keskin, shiddatli kechadi. O‗zaro raqobat populatsiyaning nimjon, zaif 
individlarining nobud bo‗lishiga, kuchli, muhit sharoitlariga ko‗proq moslashgan individlarning yashab
qolishiga, ya‘ni tabiiy tanlanishga olib keladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling