Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf


-BILET  1. Insonning tabiatga ijobiy va salbiy ta siri haqida ayting


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/70
Sana08.05.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1445253
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
Bog'liq
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA

21-BILET 
1. Insonning tabiatga ijobiy va salbiy ta siri haqida ayting. 
ʼ
2. Turning populyatsion strukturasi: jinsiy tarkibi, yosh tarkibi, tug iluvchanlik va o lim ko rsatkichi 
ʻ
ʻ
ʻ
haqida ma lumot bering.
ʼ
3. Organizmning nerv va gumoral boshqarilishiga doir o rgangan bilimlaringizdan foydalanib jadvalni 
ʻ
to ldiring. 
ʻ
 
1 – savolga javob
:
Insonning tabiatga ijobiy va salbiy ta‘siri. Odam bareha tirik organizmlar singari tashqi muhitdan
kislorod va ozuqani qabul qiladi. Odamlar dastlab o‗simlik mevasi va urug‗lari, ildizmevalari bilan
oziqlangan, xom go‗sht iste'mol qilgan. Keyinchalik baliq ovlash, yovvoyi hayvonlarni tutishni
osonlashtirish uchun turli qurollar yasay boshlagan. Qadimgi odamlar iqlimning sovib borishi natijasida
isinish va ovqat tayyor lash uchun olovdan foydalanishgan. Dehqonchilik va chorvachilikning
rivojlanishi odamning doimiy yashash joyiga ega bo‗lishiga sabab bo‗lgan. Odam yashash sharoitini
yaxshilash maqsadida tabiatga doimo ijobiy yoki salbiy ta'sir ko‗rsatib kelgan. Ijobiy ta'sirga odam 
tomonidan o‗simlikning yangi navlarini yaratilishi, hayvonlarning yangi (go‗shtdor, sersut va hokazo)
zotlarini olinishi, oziq-ovqat mahsulotlarining ko‗paytirilishi misol bo‗ladi. Salbiy ta‘sirga yovvoyi
hayvonlarni ko'plab ovlash
natijasida ularning qirilib ketishi, o'rmondagi daraxtlarning keragidan ortiq kesilishi, atmosfera havosining
chiqindilar bilan ifloslanishi, cho‗llarning o‗zlashtirilishi natijasida daryo va dengizlarning qurib qolishi
kiradi. Odamning tabiatga salbiy ta‘siri ortgani sari turli ekologik muammolar kelib chiqadi. Masalan,
odam tomonidan cho‗llarning o‗zlashtirilishi, tuproqning sho‗rini yuvish va cho‗l zonalarida o‗stiriladigan
o‗simlik, masalan, g‗o‗zani sug‗orish natijasida Orol dengizi quriy boshladi. Transport vositalarining
ko‗payishi, yonilg‗idan ko‗p miqdorda foydalanish atmosferadagi karbonat angidrid miqdorini oshirib,
havo haroratining ko‗tarilishiga, bu esa o‗z navbatida muzliklarning erib, ayrim joylarda suv toshqini
bo‗lishiga olib keladi.Hozirda, muzlatkich va konditsionerlardan ajraladigan modda atmosferaning himoya
@UzBMBA
@UzBMBA
@UzBMBA


qobig‗iga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi aniqlangan. Ozon qatlamida tuynuklarning paydo bo‗lishi atmosferadagi
ayrim zararli nurlarining yergacha yetib kelishiga sabab bo‗lmoqda.
Shuningdek, quyoshning zararli
nurlari o‗simlik va hayvonlarga halokatli ta'sir ko‗rsatmoqda va odamlarda terining xavfli o‗sma 
kasalligini kelib chiqishiga sabab bo‗lmoqda. O‗rmonlarning keragidan ortiq kesilishi, dengiz va daryo
suvlariga noto‗g‗ri munosabat, yovvoyi tabiatni odam tomonidan uzluksiz o‗zlashtirilishi, yovvoyi
o‗simlik va hayvon turlarining qirilishi - bularning hammasi tabiatdagi ekologik muvozanatning
buzilishiga va ekologik muammolarning ko‗payishiga sabab bo‗lmoqda. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling