3-savolga javob.
x 0,1x 0,01x 0,001x
fitoplankton→ zooplankton→mayda baliq→yirik baliq
x + 0,1x + 0,01x + 0,001x = 55 550
x=50 000
a) ekologik piramidaning necha % ini mayda baliq tashkil qiladi?
mayda baliq 0,01 x 50 000 = 500 kg
55 550 ____________100%
500 ______________ x x = 0,90%
b) umumiy biomassaning necha foizini produsentlar tashkil qiladi?
Fitoplankton (produsent) – x = 50 000
55 550 ____________100%
50 000 ______________ x x = 90%
c) yirik baliqlar biomassasi necha kilogrammga ortgan?
yirik baliqlar biomassasi 0,001x = 0,001 x 50 000 = 50 kg
1-savolga javob
:
Antibioz
munosabatlarga o‗zaro raqobat,
parazitizm, yirtqichlik, amensalizm
kabi munosabat shakllari
misol bo‗ladi.
O‗zaro raqobat – o‗xshash ekologik ehtiyojlarga ega turlar orasidagi munosabatlardir.
Bunday turlar birga yashaganda birining mavjudligi hamma vaqt ikkinchisining yashash imkoniyatlarini
kamaytiradi. Raqobat bir turga mansub (tur ichidagi raqobat) va har xil turlarga mansub (turlararo
raqobat)
individlarning oziq, yashash joyi uchun va boshqa ekologik sharoitlar
uchun kurashda namoyon
bo‗ladi. O‗zaro munosabatning bu shakli birga yashovchi ikki turga ham salbiy ta‘sir qiladigan yagona
ekologik munosabatdir. O‗zaro raqobatni quyidagi misollarda ko‗rish mumkin. Yorug‗lik,
suv va
tuproqdagi mineral moddalar uchun o‗simliklar o‗rtasida; bitta oziq manbayi bo‗lgan o‗simliklar uchun
o‗simlikxo‗r
hayvonlar, kemiruvchilar, chigirtkalar o‗rtasida; mayda baliqlar
bilan oziqlanuvchi bir suv
havzasida yashaydigan yirtqich baliqlar o‗rtasida; tovushqon va quyonlar bilan oziqlanadigan bo‗ri va
tulkilar o‗rtasida, kemiruvchilar bilan oziqlanuvchi yirtqich qushlar o‗rtasida raqobat kuzatiladi. Bir turga
mansub individlarning oziq, yashash joyi va boshqa ekologik sharoitlarga ehtiyoji bir xil bo‗lgani
sababli tur ichidagi o‗zaro raqobat keskin, shiddatli kechadi. O‗zaro
raqobat populatsiyaning nimjon, zaif
individlarining nobud bo‗lishiga, kuchli, muhit sharoitlariga ko‗proq moslashgan individlarning yashab
qolishiga, ya‘ni tabiiy tanlanishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: