Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA
3-savolga javob
: produsent I konsument II konsument Suv o`tlari → qisqichbaqasimonlar → baliqlar → vidra 44 000 kg ← 4 400 kg ← 440 kg ← 44 kg Σ (jami ozuqa) = 44 000 + 4 400 + 440 = 48 840 kg. 1 – savolga javob: Hayvonlarning harakat organlari evolutsiyasi . Ko‗pchilik hayvonlarda tana shaklini saqlash, himoya qilish va harakatni ta‘minlovchi turli xildagi tayanch sistemalar mavjud. Bir hujayrali va umurtqasiz hayvonlarda ichki, gidrostatik va tashqi skelet bo‗ladi. Murakkab tuzilishga ega ichki skelet bir hujayrali dengiz hayvonlarida bo‗ladi. Uning skeleti hujayra markazidan chiquvchi ignaga o‗xshash bo‗lib, kremniy oksididan tuzilgan. Bu ichki skelet organizmni zararlanishdan saqlash va suvli muhitda harakatlanishga imkon beradi. Koloniya holda yashovchi korall poliplarida ichki skelet bo‗lib, ular ohakdan tuzilgan. Koloniyani tashkil etadigan har bir polip dengiz suvidagi tuzlardan nina shakldagi ichki skeletni hosil qiladi. Natijada ko‗p sonli poliplardan iborat koloniya ichida zich va qattiq tayanch vazifasini bajaradigan skelet paydo bo‗ladi. Tashqi skelet bo‗g‗imoyoqlilarda uchraydi. U teri hujayralarining hosilasi bo‗lib, xitindan iborat. Shu sababli ular xitin qoplami deyiladi. Xordali hayvonlarda ichki skeletning, ya‘ni xorda, umurtqali hayvonlarda esa umurtqa pog‗onasining paydo bo‗lishi hayvonlar evolutsiyasidagi yirik aromorfozlardan biri sanaladi. Hayvonlarning harakatlanishi maxsus qisqarish xususiyatiga ega bo‗lgan muskullarning bo‗lishi bilan bog‗liq. Bir hujayrali sodda hayvonlar sitoplazma o‗simtalari, xivchinlar va kiprikchalar yordamida harakatlanadi. Tuban ko‗p hujayralilar, masalan, bo‗shliqichlilarda maxsus harakat organlari bo‗lmaydi. Ular ektoderma qavatidagi teri-muskul hujayralari, entoderma qavatidagi hazm qiluvchi hujayralaridagi muskul tolachalarining qisqarishi hisobiga harakatlanadi. Chuvalchanglarning teri-muskul xaltasida @UzBMBA @UzBMBA halqasimon va bo‗ylama muskullar rivojlangan. Ko‗p tukli halqali chuvalchanglar tanasining har bir segmentida maxsus harakat organlari – muskulli o‗simtalar (parapodiylar) shakllangan. Molluskalarning muskulli oyoqlari mavjud. Bo‗g‗imoyoqlilarda esa muskullar boylamlar hosil qilib, xitin qoplamiga birikadi. Alohida muskullarning qisqarishi tufayli hasharotlar murakkab harakatlar qila oladi: yuradi, sakraydi, suzadi, qanotlari yordamida uchadi. Umurtqalilarning muskullari skeleti bilan birikkan bo‗lgani uchun skelet muskullari deyiladi. Umurtqali hayvonlar quruqlikda, havoda, suvda harakatlana oladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling