Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savolga javob
Noogenez.
Taxminan 50 ming yil avval biosfera rivojlanishiga inson faoliyati bilan bog‗liq ekologiyaning yangi – antropogen omili o‗z hissasini qo‗sha boshladi. Kishilik jamiyati paydo bo‗lishi bilan biosfera rivojlanishida noogenez davri boshlandi. Inson o‗zining tarixiy rivojlanishining dastlabki bosqichida biologik tur sifatida biotsenoz tarkibidagi organik moddalar bilan oziqlanuvchi tarkibiy qismi hisoblangan, odamlarning yashash muhitiga ta‘siri boshqa organizmlarning ta‘siridan farqlanmagan. Inson faoliyati birinchi navbatda o‗ziga oziq topish va yashash muhitini yaxshilashga bo‗lgan eng zarur ehtiyojlarini qondirish bilan bog‗liq bo‗lgan. Odamlar aqliy qobiliyatining rivojlanishi, mehnat faoliyati va ijtimoiy hayot tarzi tufayli inson rivojlanishning biologik qonunlari nazoratidan chiqa boshladi. Ko‗proq kishilik jamiyatining rivojlanish qonunlariga bo‗ysuna boshladi. Olovdan foydalanish, ov qilish, baliq ovlash, meva va urug‗larni yig‗ish, mehnat va ov qurollarini takomillashtirish, yashash joylarini qurish, faol ravishda boshqa joylarga ko‗chib o‗tish, dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi hamda o‗troq yashashga moslanish atrof-muhitni o‗zgartiruvchi kuchga aylandi. O‗rta asrlarda fan-texnika, jamiyat, sanoat va qishloq xo‗jaligining rivojlanish sur‘atlari tezlashdi. Yangi yerlarning kashf etilishi inson ehtiyojlari uchun tabiiy hududlarning o‗zlashtirilishini sezilarli darajada kengaytirish imkonini berdi. Inson o‗z ehtiyojlari uchun tirik organizmlar, qazilma boyliklar va mineral moddalardan tobora ko‗proq foydalana boshladi. XIX asrdan boshlab inson faol ravishda qazilma yoqilg‗i – ko‗mir va neftdan foydalanishga o‗tdi. Avval moddalar almashinuvi va energiya oqimiga jalb etilmagan, Yer qobig‗ida yig‗ilgan biogen moddalar inson tomonidan sun‘iy ravishda davriy aylanishiga qo‗shildi. 2-savolga javob . Tuban umurtqasiz hayvonlar (g‗ovaktanlilar, kovakichlilar, yassi chuvalchanglar)da qon aylanish sistemasi yo‗q. Ularda kislorod va oziq moddalar tanaga diffuziya yo‗li bilan tarqaladi. Qon aylanish sistemasi dastlab halqali chuvalchanglarda paydo bo‗lgan. Ularda qon tomir sistemasi tana bo‗ylab ketgan orqa va qorin qon tomiridan iborat. Ular o‗zaro halqa qon tomirlari bilan tutashgan. Qon orqa qon tomiridan oldinga, qorin qon tomiridan orqaga oqadi. Halqum atrofidagi halqa qon tomirlari qisqarib, «yurak» vazifasini bajaradi. Qon yirik qon tomirlaridan mayda qon tomirlariga, ulardan esa kapillarlarga o‗tadi. Terida kislorod bilan to‗yinadi. Qoni qizil, lekin temir gemoglobin tarkibida emas, balki plazmada erigan holda bo‗ladi. Qon aylanish sistemasi yopiq. Yurak dastlab molluskalarda paydo bo‗lgan. Yurak, yurak oldi xaltasi ichida joylashgan. Yurak bo‗lmachasi va qorinchasi galma-gal qisqarib, qon tomirlarga oqadi. Qon tomirlari ko‗p marta shoxlanib, mayda tomirlarga ajratadi. Tomirlarning uchi ochiq bo‗lib, qon ichki a‘zolar oralig‗idagi bo‗shliqqa quyiladi. U yerda kislorodni to‗qimalarga berib, karbonat angidrid bilan to‗yinadi. Organlar oralig‗idan qon yana tomirlarga yig‗iladi va o‗pka yoki jabrada kislorodga to‗yinib, yurak oldi bo‗lmasiga quyiladi. Boshoyoqli molluskalarda yurak bitta qorincha va ikki yoki to‗rtta bo‗lmachadan iborat. Bo‗g‗imoyoqlilarda ham qon aylanish sistemasi ochiq. Qon tana suyuqligi bilan aralashib gemolimfani hosil qiladi. Qisqichbaqasimonlarda yurak besh qirrali bo‗lib, boshko‗krakning orqa tomonida joylashgan. O‗rgimchaksimonlarning yuragi qorin bo‗limining orqa tomonida joylashgan. Kislorodga to‗yingan qon yurakdan tomirlarga chiqib, tana bo‗shlig‗iga quyiladi. Kislorod va oziq moddani to‗qimalarga beradi, karbonat angidrid va ayirish mahsulotlarini olib, nafas olish organiga boradi. Kislorodga to‗yinib, teshiklar orqali yana yurakka quyiladi. Hasharotlarda qon aylanish sistemasi uzun nayga o‗xshash: ko‗p kamerali yurak va kalta aorta tomiridan tuzilgan bo‗lib, kislorod tashishda ishtirok etmaydi. Shu sababli qonida eritrotsitlar va qonning shaklli elementlari bo‗lmaydi. @UzBMBA @UzBMBA @UzBMBA @UzBMBA Hasharotlarning gemolimfasi rangsiz, sarg‗ish yoki yashil bo‗ladi. Qon yurakdan kalta aortaga, u yerdan tana bo‗shlig‗ini yuvib, har qaysi kameradagi bir juft teshiklar orqali yurakka quyiladi. Hasharotlarda qon aylanish sistemasi soddalashgan bo‗lib, faqat oziq modda tashiydi. Qon tarkibi tana suyuqligiga o‗xshash bo‗ladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling