Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/70
Sana08.05.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1445253
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70
Bog'liq
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA

3-savolga javob:
Rasmga izoh 
Uglerodning aylanishi
. Uglerod barcha organik birikmalar hamda atmosferadagi karbonat angidrid gazi
tarkibiga kiruvchi muhim biogen elementdir. Fotosintez jarayoni uglerodning anorganik moddalardan
organik moddalarga tabiiy holda o‗tishidir. Uglerodning bir qismi tirik ogranizmlar tomonidan nafas
olish jarayonida va mikroorganizmlar tomonidan organik moddalarni parchalanishi natijasida karbonat
angidrid shaklida atmosferaga qaytariladi. Fotosintez jarayonida o‗simliklar o‗zlashtirgan uglerod organik 
birikma shaklida hayvonlar tomonidan iste‘mol qilinadi. Undan tashqari, korall poliplari, molluskalar uglerod 
birikmalaridan o‗z skeleti va chig‗anoqlarini hosil qilishda foydalanadi. Bu organizmlar nobud bo‗lgach,
ularning qoldiqlaridan ohaktosh yotqiziqlari hosil bo‗ladi. Shu tarzda uglerod ma‘lum muddatga davriy
aylanishdan chiqariladi. Uglerodni uzoq muddatga davriy aylanishdan chetga chiqishi ko‗mir, neft, torf
kabi qazilma boyliklarning hosil bo‗lishi bilan ham bog‗liq. O‗simliklar, hayvonlar va insonlar hayotiy
jarayonlarida uglerod qaytadan davriy aylanishga qo‗shiladi. Yerning rivojlanishi davomida davriy
aylanishdan chiqib qolgan uglerod o‗rni vulqonlar otilishi va boshqa tabiiy jarayonlar natijasida
atmosferaga
qaytariladigan uglerod hisobiga to‗ldirib boriladi. Bugungi kunga kelib uglerodning atmosferaga ajralishi
tabiiy jarayonlardan tashqari antropogen omillar natijasida, masalan, uglevodorod yonilg‗ilarining yonishi 
oqibatida ham kuchayib bormoqda. Bu esa sayyoramizda uglerod aylanishi muvozanatining buzilishiga
sabab bo‗ladi. 
BILET-26 
1. Hayvonlarda harakat organlarining evolutsiyasi haqida ma‘lumot bering.
2. Inson – biosfera omili. Insonning biosferaga ta‘sirini tushuntiring. 
3. Oziq zanjirida vidra (yirtqich hayvon), baliq, qisqichbaqasimonlar va suv o‗tlari bor. 2-tartib
konsumentlarining biomassasi 440 kg bo‗lsa, oziq zanjiridagi barcha komponentlari iste‘mol qilgan
oziqning umumiy biomassasini aniqlang. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling