Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/70
Sana08.05.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1445253
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70
Bog'liq
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA

2-savolga javob
:
Biosferada modda va energiyaning aylanishi biosfera tarkibiy qismlari – tog‗ jinslari, tabiiy suvlar,
gazlar, tuproq, o‗simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlarning tinimsiz davriy aylanish jarayonidir. Davriy 
aylanish biosferaning mavjudligini ta‘minlovchi, uning butunligini va barqarorligini saqlovchi muhim
omildir. Biosferaning rivojlanishi va taraqqiyoti davom etishi Yerdagi biologik muhim moddalarning
davriy aylanishi bilan bog‗liq. Bu esa moddalar bir marta foydalanilgandan so‗ng boshqa organizmlar
tomonidan o‗zlashtirilishi mumkin bo‗lgan holatga, shaklga o‗tishi demakdir. Tirik moddaning paydo
bo‗lishi bilan geologik aylanish asosida organik moddalarning davriy aylanishi, ya‘ni biologik davriy
aylanish yuzaga keldi. Tirik organizmlarning rivojlanishi natijasida geologik aylanishda ishtirok etuvchi
elementlar hayotning asosi hisoblanadigan hamda to‗xtovsiz davom etadigan biologik davriy aylanishga
qo‗shilib boradi. Biosferaning rivojlanishi va undagi jarayonlarning sodir bo‗lishi biogen elementlarning 
uzluksiz ravishda davriy aylanishi bilan bog‗liq. Tirik organizmlarning hayot faoliyati uchun ayrim
elementlar ko‗p, ayrim elementlar esa kam miqdorda zarur. Shunga ko‗ra biologik davriy aylanishda
ishtirok etuvchi biogen elementlar makroelementlar va mikroelementlarga ajratiladi. Tirik organizmlar
hayot faoliyati uchun zarur elementlar biogen elementlar deyiladi. Biogen elementlarga C, H, O, N, S,
P, Ca, K, Cl, Fe, Mg, Cu, Mn, Zn, Mo, Br, B, I kabi elementlar kiradi. Bular orasida C, H, O, N, S,
P eng muhim elementlar hisoblanadi. Biosferaning barcha tarkibiy qismlari – o‗simliklar, hayvonlar,
mikroorganizmlar hamda litosfera, gidrosfera, atmosferaning tirik organizmlar egallagan qismlari bir-biri
bilan moddalar va energiyaning yagona davriy aylanishi orqali chambarchas bog‗langan. Bu jarayon
ekosistemada nafaqat
organik moddalarni sintezlovchi avtotroflarning, balki organik moddalarni iste‘mol qiluvchilar va
parchalovchilar – geterotroflarning mavjudligi bilan ta‘minlanadi. 
3-savol
. LABORATORIYA ISHI. 
Ishning borishi: 
1. Qаfаsdаgi to‗ti, kаnаrеykа yoki qushning tulumini ko‗rib chiqing.
2. Qushlаrning tashqi tuzilishidagi uchishgа mоslаshgаnlik bеlgilаrini аniqlаng. 
3. Zoologiya darslarida olgan bilimlaringiz asosida qushlаrning ichki tuzilishidagi uchishgа mоslаshgаnlik 
bеlgilаrini аniqlаng. 
4. Kuzаtish nаtijаlаri аsоsidа quyidаgi jаdvаlni to‗ldiring. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling