Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biokimyoviy moslanishlar
- Fiziologik moslanishlar
- Morfologik moslanishlarga
1-savolga javob:
Hayvonlarda haroratning turli sharoitlariga nisbatan moslanishlar. Evolutsiya jarayonida issiqqonli (gomoyoterm) va sovuqqonli (poykiloterm) hayvonlarda haroratning turli sharoitlariga nisbatan xilma-xil moslanishlar paydo bo‗lgan. Bu moslanishlar biokimyoviy, fiziologik, morfologik, etologik moslanishlarga bo‗linadi. Biokimyoviy moslanishlar . Muhitning past haroratida sovuqqonli hayvonlar organizmida ichki muhitini hosil qiluvchi suyuqliklar tarkibida suvning muzlashiga to‗sqinlik qiluvchi moddalar to‗planadi. Masalan, sovuq haroratli suv muhitida yashovchi baliqlar tanasida muz kristallari hosil bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaydigan glikoproteinlar, hasharotlarda esa glitsirin to‗planadi. Issiqqonli hayvonlarda moddalar almashinuvi jadalligi ortadi. Fiziologik moslanishlar issiqlik ajralish darajasining o‗zgarishi bilan bog‗liq, organizmning markaziy nerv sistemasi tomonidan reflektor tarzda boshqariladi. Yuqori haroratda poykiloterm va gomoyoterm hayvonlarda tana yuzasidan suv bug‗lanishi hisobiga issiqlikning ajralishi kuchayadi. Sutemizuvchilarda termoregulatsiya teridagi qon tomirlarining kengayishi va torayishi tufayli ta‘minlanadi. Sovuq haroratda hayvonlarda muskullarning beixtiyor qisqarishi – titrash tufayli issiqlik hosil bo‗lishi kuchayadi. Ba‘zi hayvonlar qishda uyquga ketadi (yumronqoziq, sug‗ur, tipratikan, ko‗rshapalak). Tana harorati doimiyligini saqlashda teri osti yog‗ qatlami katta ahamiyatga ega (pingvin, kurakoyoqlilar, kitsimonlar). Tana haroratini bir xil saqlashda qushlar va sutemizuvchilarda to‗rt kamerali yurakning bo‗lishi, nafas olish organlarining takomillashuvi, organizmning yetarli darajada kislorod bilan ta‘minlanishi orqali moddalar almashinuvida organizmlarning hayotiy jarayonlarga sarf bo‗ladigan @UzBMBA @UzBMBA energiyaning hosil bo‗lishi muhim o‗rin tutadi. Morfologik moslanishlarga sudralib yuruvchilar tanasi – tangachalar, qushlarning tanasi pat, sutemizuvchilarning tanasi qalin jun bilan qoplanganligi misol bo‗ladi. Etologik moslanishlar .Hayvonlar faol harakatlanish orqali o‗zlari uchun qulay yashash joylarini tanlaydilar. Hayvonlarda evolutsiya jarayonida paydo bo‗lgan etologik moslanishlarga yashash uchun joy topish, uya qurish, qulay yashash joylariga migratsiya qilish kabi fe‘l-atvor, xattiharakatlar bilan bog‗liq moslanishlar misol bo‗ladi. Cho‗l agamasi qizib yotgan qumdan o‗zini himoya qilish maqsadida butalarning shoxiga chiqib olsa, ko‗pchilik sudralib yuruvchilar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, hasharotlar kunning salqin vaqtlarida isinish uchun tana holatini o‗zgartirib quyoshga tutadilar. Hayvonlarning tashqi muhit harorati o‗zgarganda moslanish mexanizmlaridan biri migratsiya, ya‘ni qulay haroratli joylarga ko‗chib o‗tishidir. Hasharotlar, ba‘zi baliq turlari, qushlar kitlar ham yil davomida migratsiyani amalga oshiradi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling