Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/70
Sana08.05.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1445253
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70
Bog'liq
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA

Simbioz munosabatning
quyidagi turlari mavjud: mutualizm, protokooperatsiya, kommensalizm. 
Mutualizm 
(lotincha «mutus» – o‗zaro) – har ikki populatsiya uchun o‗zaro manfaatli va majburiy
munosabat turi. Bu munosabatlarning buzilishi bir yoki har ikkala populatsiya hayotiy faoliyatini
cheklab qo‗yadi. Mutualizmga ko‗plab misollar keltirish mumkin. Protokooperatsiya 
– (yunoncha –
«protos» – dastlabki, «cooperatio» – hamkorlik) har ikki populatsiya hayot faoliyatiga ijobiy ta‘sir
ko‗rsatadigan, ikki tomon ham manfaatdor, lekin majburiy bo‗lmagan, ya‘ni har bir populatsiya alohida
faoliyat ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan o‗zaro munosabat turi. Tabiatda shunday baliq turlari borki, ular
yirik baliqlar terisini, jabra va og‗iz bo‗shlig‗ini parazitlardan tozalab beradi. Asalarilar gulli
o‗simliklardan o‗ziga oziq (chang, nektar) olish davomida o‗simliklarni changlantiradi. Kommensalizm
(fransuzcha «commensal» – hamtovoq) – birgalikda yashaydigan organizmning biri ushbu munosabatdan
foyda oladi, ikkinchisi hech qanday naf yoki zarar ko‗rmaydigan o‗zaro munosabatning bir turi sanaladi. 
2-savolga javob

Energetik funksiya
tirik organizmlarning quyosh energiyasini o‗zlashtirib, uni organik moddalarning
kimyoviy bog‗lar energiyasiga aylantirishi va oziq zanjiri bo‗ylab o‗tkazishida namoyon bo‗ladi. Tirik
modda Yer va koinotni fotosintez jarayoni orqali bog‗laydi. Energetik funksiya tufayli ekotizimlarda 
yo‗qotilgan energiya o‗rnining qoplanishi va biosferada hayot davomiyligi ta‘minlanadi. Tirik moddada
to‗plangan energiya hisobiga Yer yuzidagi barcha hayotiy jarayonlar amalga oshiriladi. Energiya qisman
issiqlik ko‗rinishida tarqal sa, qisman qazilma ko‗rinishida to‗planadi (torf, neft, toshko‗mir va h.k). 
Konsentratsiyalash funksiyasi
tirik organizmlarning hayotiy jarayonlarida ayrim moddalarni to‗plash 
xususiyatida namoyon bo‗ladi. Bu funksiya tufayli tirik organizmlar tashqi muhitdan biogen elementlarni


o‗zlashtiradi va to‗playdi. Tirik modda tarkibida vodorod, uglerod, azot, kislorod, natriy, magniy,
kremniy, oltingugurt, xlor, kaliy, kalsiy miqdori anorganik tabiatga nisbatan yuqori bo‗ladi. Tirik
organizmlarda uglerod miqdori ko‗p. Metallar orasida miqdori jihatdan kalsiy birinchi o‗rinni egallaydi.
Ohaktosh konlari
hayvonlarning ohakdan iborat skeleti qoldiqlari hisoblanadi. Bulutlar, diatom suvo‗tlar, nursimonlar kremniy 
to‗playdi, qo‗ng‗ir suvo‗tlarda yod, umurtqali hayvonlar skeletida esa fosfor ko‗p miqdorda to‗planadi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling