Destruktiv funksiyasi
nobud bo‗lgan organizmlar tarkibidagi organik birikmalarning parchalanishi va mine
rallashuvi, tog‗ jinslarining yemirilishi, hosil bo‗lgan mineral moddalar ning biokimyoviy aylanishga –
biogen migratsiyaga jalb etilishi kabi jarayonlarda namoyon bo‗ladi. Natijada biogen moddalar hamda
biogen va abiogen hosil bo‗luvchi moddalar paydo bo‗ladi. Tog‗ jinslarining yemirilishi muhim jarayon
hisoblanadi, chunki tirik moddaning destruktiv funksiyasi tufayli litosferadan ajralgan mineral moddalar
davriy aylanishga qo‗shi ladi. Bakteriyalar, ko‗k-yashil suvo‗tlar, zamburug‗lar, lishayniklar tog‗
jinslarini kimyoviy moddalar yordamida yemiradi. Organik birikmalarning minerallashuvi tufayli hosil
bo‗lgan
kalsiy, kaliy, natriy, fosfor, kremniy kabi biogen elementlar moddalarning biokimyoviy aylanishiga
qo‗shiladi.
3-savolga javob. Rasmga izoh
.
Ovogenez va spermatogenez jarayonlarining farqi.
Ovogenez spermatogenezga qaraganda uzoq
muddat davom etadi. Chunki tuxum hujayralarda spermatozoidlarga qaraganda ko‗proq oziqa to‗planadi.
Spermatogenezning meyoz jarayonida sitoplazma hamma hujayralarga teng miqdorda taqsimlanadi.
Ovogenezda esa bo‗linayotgan hujayralarning faqat bittasiga sitoplazma ko‗p, boshqalariga juda oz
miqdorda o‗tadi. Spermatogenezning oxirida 4 ta bir xil, ovogenezda esa 1 ta yirik, 3 ta mayda hujayralar
shakllanadi. Mayda uchta hujayra keyinchalik nobud bo‗ladi.Yirik sitoplazmaga boy hujayra esa tuxum
hujayraga aylanadi.
Hayvonlarda jinsiy hujayralarning hosil bo‗lish jarayoni gametogenez deyiladi. Jinsiy
yo‗l bilan ko‗payadigan organizmlarda jinsiy hujayralar jinsiy bezlarda hosil bo‗ladi. Erkaklik jinsiy
hujayralar urug‗donda, urg‗ochilik jinsiy hujayralar tuxumdonda rivojlanadi. Urug‗don va tuxumdonda maxsus
zonalar bo‗lib, har bir zonada o‗ziga xos jarayonlar sodir bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |