Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/70
Sana08.05.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1445253
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   70
Bog'liq
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA

 
 
BILET-19 
1. Tirik organizmlar o‗rtasidagi munosabat: neytralizm va simbioz munosabatlarning mohiyati nimadan 
iborat? 
2. Biosferadagi tirik moddaning funksiyasi va xususiyatlari: energetik, konsentratsiyalash va destruktiv
funksiyalar qaysi jarayonlarda namoyon bo‗ladi? 
3. Rasmda qanday jarayon tasvirlangan? Izohlang 
@UzBMBA
@UzBMBA


1-savolga javob: 
Organizmlar orasidagi o‗zaro munosabatlarning barcha ko‗rinishlari muhitning biotik omillarini tashkil
qiladi. Biotik omillar ikki guruhga ajratiladi. Tur ichidagi munosabatlar – bir turga mansub individlar
o‗rtasidagi munosabatlar. Bu populatsiyaning o‗zo‗zini boshqarishdagi muhim mexanizmdir. Turlararo
munosabatlar – har xil turlar o‗rtasidagi munosabatlar sanaladi.
Populatsiyalardagi individlar soni o‗zaro ta‘sir natijasida o‗zgarishsiz qoladigan munosabatlar neytral
munosabatlar deb ataladi. Agar o‗zaro ta‘sir natijasida bir populatsiyadagi individlar soni ortsa, lekin
ikkinchi populatsiyadagi individlar soni kamaymasa, bunday munosabatlar ijobiy yoki simbiotik
munosabatlar
deb ataladi. O‗zaro munosabatlar tufayli bir populatsiyadagi individlar soni qanday
o‗zgarishidan qat‘i nazar, ikkinchi populatsiyadagi individlar soni kamaysa, bunday munosabatlar salbiy 
yoki antagonistik (antibioz) munosabatlar deyiladi.
Neytralizm
– bitta tabiiy jamoada yashaydigan
organizmlar orasida har qanday foydali yoki zararli o‗zaro ta‘sirning mavjud emasligi hisoblanadi. Bir 
ekosistemada yashaydigan, lekin har xil oziq bilan oziqlanuvchi turlarning hayoti ko‗pincha bir-biriga
bog‗liq bo‗lmaydi. Tabiatda neytralizm hodisasi juda kam uchraydi, chunki bir biogeotsenozda har bir
tur boshqa turga bevosita va bilvosita ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan, bir o‗rmonda yashovchi qizilishton va
bug‗u bir-biriga bevosita ta‘sir ko‗rsatmaydi. Neytralizm hodisasida birgalikda yashovchi turlar o‗zaro
bevosita ta‘sir ko‗rsatmasada, ularning taqdiri yashash muhitining umumiy holati, abiotik omillarga 
bog‗liq bo‗ladi. Biotik munosabatlarning simbioz (yunoncha – «sim» – birga, «bios» – hayot) ko‗rinishida 
birgalikda yashaydigan organizmlarning har ikkalasi yoki bittasi ushbu munosabatdan o‗ziga foyda oladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling