Biologiya fakulteti


Download 1.02 Mb.
bet1/6
Sana25.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1721924
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tabiiy tanlanish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI


SIRTQI BO’LIM BIOLOGIYA YO’NALISHI 20-06 guruh
Evolyutsiya nazariyasi fanidan
MUSTAQIL ISH


Mavzu: Tabiiy tanlanish va uning natijasi hamda shakllari.


Bajardi: Xudoyberdiyeva Qizlarxon
Tekshirdi:


Toshkent-2023


REJA
Kirish.
1.Tabiiy tanlanish haqida umumiy tushuncha.
2. Tabiiy tanlanish haqidagi Ch.Darvin konsepsiyasi.
3.Tabiiy tanlanishning turlari.
Xulosa.
Foydalanilganadabiyotlar.

Kirish.
Tabiiy tanlanish - organizmlar evolyutsiyasining asosiy harakatlantiruvchi omili. Tabiiy tanlanish haqidagi taʼlimot Ch. Darvin tomonidan yaratilgan (1858— 59). Olimning fikricha, Tabiiy tanlanish — yashash uchun kurashning natijasi boʻlib, foydali individual oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning yashab, nayel krldirishi, foydasiz oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning esa qirilib ketishi, yaʼni moslashgan formalarning yashab qolishi va moslashmagan formalarning nobud boʻlishidan iborat biologik jarayon. Irsiy oʻzgaruvchanlik Tabiiy tanlanish ning taʼsiri uchun zarur zamin hisoblanadi. Tabiiy tanlanish ning bevosita natijasi esa organizmlarning tashki muxitning muayyan sharoitiga moslanishi mukammallashishidan iborat. Tabiiy tanlanish tufayli organizmlar xilmaxilligi orta boradi; progressiv evolyutsiya jarayonida organizmlar tuzilishi ham mukammallashib boradi; muhit sharoitlariga yetarli darajada moslasha olmagan turlar nobud boʻladi. Tabiiy tanlanish nasldan naslga oʻta oluvchi foydali belgilarning organizmlar populatsiyasi avlodlarida yoyilishi va zararli belgilarning kamayishiga sabab boʻluvchi jarayondir. Tabiiy tanlanish fenotip orqali ishlaydi, yaʼni yashab qolib, nasl qoldira oluvchi organizmlar fenotipi (foydali fenotip) kengroq tarqalib, shu populatsiyadagi boshqa organizmlar fenotipini siqib chiqaradi. Agar bu fenotiplar genetik asosga ega boʻlsa, tegishli genotipning keyingi avlodlardagi chastotasi oshadi. Vaqt oʻtishi bilan bu jarayon organizmlarning muayyan Tabiiy tanlanish atrof-muhitga bogʻliqTabiiy tanlanish shunchaki irsiy jihatdan kuchli boʻlgan belgi-xususiyatni emas, balki oʻsha muhit uchun foydali boʻlgan (boshqalarga qaraganda oʻsha muhitda organizmni yashovchan qiluvchi va koʻp nasl qoldirishiga imkon beruvchi) belgi-xususiyatni yuzaga keltirishga moyil boʻladi. Maʼlum bir muhitda foydali boʻlgan belgi-xususiyat boshqa bir muhitda zararli boʻlishi mumkin. Tabiiy tanlanish mavjud irsiy oʻzgaruvchanlik orqali namoyon boʻladiTabiiy tanlanishga boshlangʻich material zarur va boshlangʻich material nasldan naslga oʻtuvchi oʻzgaruvchanlikdir. Tabiiy tanlanish biror belgiga taʼsir etishi uchun oʻsha belgida oʻzgaruvchanlik (individlar orasidagi farqlar) boʻlishi kerak. Shuningdek, oʻsha farqlar genlar orqali irsiylanishi zarur. 
Yangi irsiy belgilarni (masalan, yung rangi) paydo qilishning manbai bu tasodifiy mutatsiyalardir (DNK nukleotidlar ketma-ketligidagi oʻzgarish). Tasodifiy mutatsiyalar organizmning jinsiy hujayralarida amalga oshadi. Jinsiy koʻpayishda genlarning “qoʻshilishi va juftlashishi” yanada koʻproq oʻzgarishlarga olib keladi. 



Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling