Biologiya fakulteti
Chetdan urug‘lanuvchi organizmlar populatsiyasining gene- tik strukturasi
Download 173.92 Kb.
|
genitika Ruhiddinova M
Chetdan urug‘lanuvchi organizmlar populatsiyasining gene- tik strukturasi. Tabiatdagi chetdan urug‘lanuvchi organizmlar popu- latsiyasi har xil genotipli individlarning erkin chatishishi tufayli, ya’ni panmiksiya asosida shakllanadi. Panmiktik populatsiyaning strukturasini tushunish uchun amerikalik genetik olimlar D. Djons va E. 1st tomonidan sun’iy yaratilgan duragay populatsiyasi bilan qilingan tajribalarini ko'rib chiqamiz. Ular tamakining gultoj barglari qisqa va uzun bo‘lgan ikki tur xilini o‘zaro chatishtirganlar. Olingan F, duragaylari o‘zaro chatishtirilib, F, duragaylari olingan. F2 duragaylari ichidan ushbu belgi bo‘yicha o‘xshash o‘zgaruvchanlikka ega bo‘lgan A va В liniyalari ajratilgan. Ma’lumki, gultoj barglar uzunligi poligen xarakterga ega, shu sababli F2 da bu belgi 52 mm dan 88 mm gacha tebranadi. 5 avlod davomida liniyalar ichida, xususan, A liniyasi doirasida qisqa gultoj barglar, В liniyasi doirasida uzun gultoj barglar belgisi bo‘yicha tanlov olib borilgan. Har bir avlodda har ikki liniya doirasida, ya’ni A liniyasi doirasida kalta gultoj bargli o‘simliklar; В liniyasi doirasida uzun gultoj bargli o‘sim!iklar o‘zaro chatishtirilib borilgan. Beshinchi (F5) avlodga kelib A va В liniyalari o‘zaro shunchalik farq qilganki, hatto A liniyasi gultoj barglarining maksimal uzunligi В liniyasi gultoj barglarining minimal uzunligidan ham kamayib ketgan, ya’ni A va. В liniyalari orasida bir xil ko‘rsatkichlar (transgressiya) bo'lmagan. Binobarin, tanlash va chatishtirish yo‘li bilan bosblang‘ich populatsiyadan farqli o‘laroq belgining boshqacharoq ifodalangan liniyalarini yaratish mumkinligi ko'rsatib berildi. Mazkur tajribada sun’iy tanlash bir belgi bo‘yicha olib borilgan. Tabiatda esa tabiiy tanlanish ko‘p belgilar bo‘yicha amalga oshadi. U populatsiyani yoxud yaxlit holida saqlab turadi, yoki aniq yashash sharoitlariga muvofiq tarzda uni guruhlarga ajratadi.[3]
Download 173.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling