Biologiya fakulteti
Download 173.92 Kb.
|
genitika Ruhiddinova M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Xardivaynberg qonuni
3.Genetik dreyf (yoki allel dreyfi) biror populatsiyadagi tasodifiy allellarning (gen variantlarining) avloddan avlodga oʻtishi natijasida allel chastotasidagi oʻzgarishlar jarayonidir. Bu tasodifiy oʻzgarishlar tanlanish yordamida filtrlanadi. Genetik dreyf konsepti 1920-larda Sewall Wright tomonidan oʻrtaga tashlangan.Genlar dreyfi (gollandcha drijven — suzmoq, quvib haydamoq), genetik-avtomatik jarayonlar — tasodifiy omillar taʼsirida qator avlodlar davomida populyatsiyalarda genlar chastotasining oʻzgarishi. G. d., odatda, populyatsiyalar irsiy oʻzgaruvchanligining pasayishiga olib keladi. G. d. tabiiy ofatlar (oʻrmonlarning yonishi, suv toshqini), zararkunapdalarning keng tarqalishi va b. natijasida populyatsiya individlari soni keskin kamayib ketganida aniq namoyon boʻladi. G. d. tazyiqi ostida populyatsiya genotipik tarkibi dinamikasining harakterli xususiyati gomozigotlanish jarayonining kuchayishidan iborat. Bu hodisa populyatsiya arealining torayishi tufayli yaqin qarindosh individlar oʻrtasidagi chatishish imkoniyatining ortishi bilan bogʻliq. Natijada tasodifiy ravishda genlar chastotalarining oʻzgarishi tufayli ayrim allellarning saqlanib qolishi, boshqasining yoʻqolishi roʻy beradi. Ajralish paytida vujudga kelgan baʼzi gomozigotali formalar yangi muhit sharoitiga moslanishda qimmatli boʻlib chiqishi va ular tabiiy tanlanish taʼsiriga uchrab, keyinchalik populyatsiya individlari sonining orta borishi bilan keng tarqala boshlashi mumkin. G. d. nazariyasi 20-asrning 40-y.larida amerikalik genetik S. Rayt hamda undan mustaqil ravishda rus olimlari D. D. Romashov va N. P. Dubininlar tomonidan ishlab chiqilgan. Genlar dreyfi S.Rayt tomonidan kiritilgan. U pashshalar populyatsiyasida ish olib borganGenlar dreyfi, migratsiya, mutatsiya... bu qatorni yana davom ettirishimiz mumkin. Yuqoridagi barcha mexanizmlar populyatsiyaning evolyutsiyani boshdan kechirishiga yoki avlodlar davomida genomning oʻzgarishiga sabab boʻladi.Lekin ushbu evolyutsion mexanizmlarning biri qolganlaridan ancha mashhurroq. Bu tabiiy tanlanishdir. Tabiiy tanlanishning bunday ustunlikka ega ekanining sababi nimada? Qolgan barcha evolyutsion mexanizmlardan farqli oʻlaroq, faqatgina tabiiy tanlanish populyatsiyalarning vaqt oʻtishi bilan tashqi muhitga moslashishiga yoki koʻnikishiga sabab boʻla oladi.Biz tabiiy tanlanishni allaqachon Darvinning evolyutsiya nazariyasining tarkibiy qismi sifatida koʻrib chiqqan edik. Ushbu maqolada esa uni Darvin talqin etganidan ham chuqurroq oʻrganamiz. Biz tabiiy tanlanishni populyatsion genetika darajasida, yaʼni allel, genotip va fenotiplarning uchrash tezligi bilan bogʻliq holda tahlil qilamiz. [5]
4.Xardivaynberg qonuni - bir gen allellari boʻyicha farq qiluvchi, oʻzaro erkin chatishadigan populyatsiyalarda allellar va genotipik sinflar uchrashishi tezligining taqsimlanishini tasvirlovchi qonun. 1908-yilda birbirlaridan mustaqil holda ingliz matematigi G. Xardi va nemis vrachi V. Vaynberglar kashf etishgan. X. —Xardivaynberg qonuniga binoan, mutatsiya, tanlash bosimi, migratsiya va genlar dreyfi yuz bermaydigan hollarda allellarning oʻzaro uchrash tezligi avloddanavlodga oʻzgarishsiz oʻtadi. Modomiki, avlodda allellarning uchrash tezligi otaonalarinikiga oʻxshash boʻlar ekan, u hodda genotiplarning ham uchrash chastotalari oʻzgarishsiz qoladi. Aallelini "r", aallelini esa "q" harfi bilan belgilansa, u holda p+q=l boʻlishi, bu formula yordamida populyatsiyada A va a allellarining uchrash tezligi; AA, Aa, aa genotiplarning uchrash tezligini esa p2+2pq+q2 formula yordamida aniklash mumkin. X. — Xardivaynberg qonuni populyatsiyalar genetikasi uchun muhim ahamiyatga ega. Qonun populyatsiyalarda kam uchrovchi allellarning aksariyat hollarda geterozigota organizmlarda saqlanib qolishini koʻrsatib beradi. X. — Xardivaynberg qonuni tabiiy sharoitda amal qilishi juda qiyin, chunki populyatsiyalarga genetik muvozanatni buzuvchi tashki va ichki omillar doimo taʼsir etib turadi. Shu sababli X. — Xardivaynberg qonunini keyingi populyatsiongenetik modellar yaratishning boshlangich shakli sifatida qarash maqsadga muvofiq boʻladi.[3] Xardi-Vaynberg qonuni. (Genlarning qaytarilish chastotasi) 🪄🪄🪄🪄🪄🪄🪄🪄🪄🪄🪄 ➖ Xardi-Vaynberg qonuni - bir gen allellari boʻyicha farq qiluvchi, oʻzaro erkin chatishadigan populyatsiyalarda allellar va genotipik sinflar uchrashishi tezligining taqsimlanishini tasvirlovchi qonun . ➖ 1908-yilda bir-birlaridan mustaqil holda ingliz matematigi G. Xardi va nemis vrachi V. Vaynberglar kashf etishgan. ➖ Xardi-Vaynberg qonuniga binoan, mutatsiyaningdek tanlash bosimi, migratsiya va genlar dreyfi yuz bermaydigan hollarda allellarning oʻzaro shu uchrash tezligi avloddan avlodga oʻzgarishsiz oʻtadi. ➖ Modomiki, avlodda allellarning uchrash tezligi ota-onalarinikiga oʻxshash boʻlar ekan, u holda genotiplarning ham uchrash chastotalari oʻzgarishsiz qoladi. 🔴 A - allelini "p", a - allelini esa "q" harfi bilan belgilansa, u holda p+q=1 boʻlishi, bu formula yordamida populyatsiyada A va a allellarining uchrash tezligi; 🟢 AA, Aa, aa genotiplarning uchrash tezligini esa p² + 2pq + q² formula yordamida aniqlash mumkin. ➖ Xardi-Vaynberg qonuni populyatsiyalar genetikasi uchunda ahamiyatga ega. Qonun populyatsiyalarda kam uchrovchi allellarning aksariyat hollarda geterozigota organizmlarda saqlanib qolishini koʻrsatib beradi. ➖ Xardi-Vaynberg qonuni tabiiy sharoitda amal qilishi juda qiyin chunki populyatsiyalarga genetik muvozanatni buzuvchi tashqi va ichki omillar doimo taʼsir etib turadi. Shu asnoda Xardi-Vaynberg qonunini keyingi populyatsion genetik modellar yaratishning boshlang'ich shakli sifatida qarash maqsadga muvofiq boʻladi.[5] Download 173.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling