Biologiya fakulteti


Download 173.92 Kb.
bet5/6
Sana14.10.2023
Hajmi173.92 Kb.
#1702743
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
genitika Ruhiddinova M





Xulosa


Populatsiya terminini daniyalik genetik Wilhelm Johannsen genetik jihatdan bir xil boʻlmagan individlar guruhini sof liniya (genetik jihatdan bir xil boʻlgan guruh)dan farq qilish uchun taklif etgan.Tabiatda populyatsiyaning turli xil tiplari uchraydi: yopiq populyatsiya (faqat bir-biri bilan juftlasha oladigan individlar guruhi); panmiktik populyatsiya (individlar juftlashishi juft tanlamasdan amalga oshadi); mendelcha populyatsiya (bir geografik arealda tarqalgan, koʻpayish va boshqa xususiyatlari bir xil boʻlgan individlar majmui); izogen populyatsiya genetik jihatdan aynan oʻxshash, yaʼni barcha lokuslar (xromosomaning bir gen joylashgan chiziqli uchastkasi) boʻyicha koʻpchilik hollarda gomozigota boʻlgan individlar guruhi; muvozanatlangan populyatsiya — genlar chastotasi (takrorlanishi) mutatsion va seleksion tazyiqlar oʻrtasidagi muvozanatga asoslanib oʻzgarib turadi va tasodifiy juftlashish prinsipiga koʻra juftlashishda hamda lokuslararo erkin rekombinatsiyalanishda genotiplarning amaldagi chastotasi nazariy kutilgan holatga moye keladi. Fanda mavjud boʻlgan ideal populyatsiya tushunchasi tabiatda uchramaydi va u faqat matematik modellarda hisobga olinadi. Populyatsiya individlari orasida doimo irsiy oʻzgaruvchanlik paydo boʻlib turadi. Jinsiy koʻpayish tufayli bu oʻzgaroʻvchanlik populyatsiya individlari orasida tarqalib, uni geterogen qilib qoʻyadi. Populyatsiyada boradigan yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish tufayli foydali oʻzgarishlarga ega boʻlgan individlar saqlanib qolib, nasl beradi. Bundan keyingi evolyutsion jarayonlarda populyatsiya kenja turni hosil qiladi. 1908-yilda birbirlaridan mustaqil holda ingliz matematigi G. Xardi va nemis vrachi V. Vaynberglar kashf etishgan. X. —Xardivaynberg qonuniga binoan, mutatsiya, tanlash bosimi, migratsiya va genlar dreyfi yuz bermaydigan hollarda allellarning oʻzaro uchrash tezligi avloddanavlodga oʻzgarishsiz oʻtadi. Modomiki, avlodda allellarning uchrash tezligi otaonalarinikiga oʻxshash boʻlar ekan, u hodda genotiplarning ham uchrash chastotalari oʻzgarishsiz qoladi. Xardivaynberg qonunini keyingi populyatsion genetik modellar yaratishning boshlangich shakli sifatida qarash maqsadga muvofiq boʻladi.


Download 173.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling