Биология ўқитиш методикасининг мақсади ва вазифалари
Download 44 Kb.
|
SIZ QUSHLARNI BILASIZMI
“Siz qushlarni bilasizmi?” Kecha o`tkaziladigan joy bezatiladi. Salomdan boshlanur birinchi kalom Marhabo, azizlar, do`stlar, assalom. Uyimiz, ko`ksimiz sizga keng ochiq Boshimizdan mehr nurlari sochiq 1-boshlovchi: Assalomu-alaykum, aziz ota-onalar, qadrli bolajonlar. Mana fasllar kelinchagi bahor ham kirib keldi, issiq mamlakatlarga uchib ketgan qushlarimiz yana o`z makonlariga qaytib keldi. Shu munosabat bilan bugun 7-sinf o`quvchilari “Qushlar bayrami”ni o`tkazmoqdamiz. Sizlarni shu bayram bilan tabriklaymiz. Kechani oshib berish uchun so`zni direktorimizga beramiz. Maktab direktori kechani ochib berib bayram bilan tabrikladi. Boshlovchi: Qushlar haqida ma’ruza o`qiladi. Boshlovchi: Davraga humo qushini taklif etamiz (o`quvchi kiyinib chiqadi) Men baxt qushi-humoman Boshlovchi xush kelibsiz, davramizga Humo qush-bu mustaqil yurt meni o`z bag`riga oladi. Sening vataning huddi ertaklardagidek mamlakatga o`xshaydi shu bois yurting sari talpinib uchdim. Boshlovchi: Noming o`zing qadim humo qushim, humo qushim Istiqbolni olib kelgan samo qushim, samo qushim. Sen o`tmishning elchisisan, Senda yillar bayoti bor. Qodiriyning armoniyu Ulug`bekning faryodi bor. Olisdagi ulfatlarga salom O`zing yo`lla samo qushim. Qushlar kiyimida davraga o`quvchilarni taklif etamiz Qaldirg`och: Men qaldirg`och, tez keldim Shamol misoli yeldim. Qanotim tolmay uchdim, Sizni sog`inib quchdim. Keldim eshik och-och, Sayrayman sizga atab Don-dun soching hovuchlab Kakku: Hech qayg`usiz yayrayman, Men sayroqi qush kakku. Uzoq yerdan sayrayman Deya kak-ku, kak-ku. Bulbul: Bulbul derlar otimni, Surishtirmang zotimni. Mittigina qushchaman, Og`aynim bog`uchaman. Kaptar: (qanot qoqib) Men kabutar, xat tashuvchi Shamol kabi yeluvchi, Eshik chirtaman “taq-taq” Maktub bor sizga faqat. Olib keldim xat xabar Eshik ochiq “taq-taq-taq” Suyinchini cho`zing tez, Sizni qilay xushchaqchaq. (kabutar qo`llaridagi maktublarini bolalarga ulashadi, bir bola kabutarning boshini silab she’r o`qiydi) Bola: Boqdim men ikki kaptar, Qanotlari oq-sapsar, Tumshig`i uchli jud,a Sevar singlim Mavjuda. Gar chaqirsam keladi, Shamol kabi yeladi, Qo`nar, yelkam, qo`limga Doim chiqar yo`limga. O`zi yoqimtoy, yuvosh, Silasam egadi bosh. Sevadi hamma kishi Men kabutar erk qushi! Turna: Qo`shig`imizning boshi, O`zbekiston-quyoshi Sen deb sevib qolganmiz, Undan ilhom olganmiz. Bola: Turnalar, hoy turnalar, Pastlab uchingiz Bizning ko`l va daryolar uzra Hakka: Men hakkaman, hakkaman Nafasim-chi, hakkalagan. Kasbi-korim o`g`irlik, Men uchun bu-to`g`irilik. Iqbolimga, baxtimga Yaxshiyamki, qishloq bor. Sara halol pishirgan Savatchada pishloq bor U daraxtda osilib turgan savatcha don, bir parcha pishloqni oladi-da, qochib qoladi. Shu choq quvnoq musiqa chalinib qizlar “ola qanot hakkalar” qo`shig`ini kuylashadi. Kaklik: Tongda turib sayrayman, Bog`da ekin yayrayman. Ovchi, tinchimni buzma. Menga o`qingni uzma. Yetim qolmasin bolam, Qo`shiqga to`lsin olam. Chumchuq: Men chumchuq, birovga hech Yomonligim yo`q also Hashoratlarni cho`qib, Yo`qataman mutlaqo Non uvog`ini ko`rgan on Tozalab terib yeyman. Odamlarga doimo Yordamim tegsin deyman. (bolalarning biri chumchuqchaga chiroyli yasalgan in hadya etadi. Chumchuq “rahmat” deb joyiga qaytadi) Laylak: Sizlar sevgan laylak man, Yaxshilarga kerakman. Men yozning darakchisi Fasllar yo`riqchisi. Men haqimda ertaklar, Yaxshilikka yetaklar Aytishar ajib qo`shiq, Men haqimda barcha xo`p. “Ikki bola davraga chiqib laylak keldi” qo`shig`ini aytishadi Boshlovchi: Endi navbat qushlar haqidagi sahna ko`rinishga. Undan keyin qiziqarli savollar beriladi: 1) Dunyoda eng kichik qush? 2) Dunyoda eng katta qush? 3) O`rmon sanitari qaysi qush? 4) Havo sanitari qaysi qush? 5) “Loydan maza topadi” deb hisoblanadigan qush? 6) Tog`da uchraydigan ov qushi? 7) Qanaqa qush otasining nomi bilan ataladi? 8) Qanaqa qush savdo sotiq qiladi? 9) Gapiradigan qush? 10) Umr o`lchovchi qush qaysi? 11) Qaysi qush baliq suyaklaridan miyasida toshma yasaydi? 12) Qanday qushlar qishda bola ochadi? 13) Qaysi qush uchib kelganda bahor boshlanadi, deb hisoblaysiz? 14) Qo`lqop ko`rinishida uya quradigan qush? 15) Qafasda saqlanadigan qush? Bu shartda 5 o`quvchi chiqadi, har bir o`quvchiga bittadan shar beriladi. Uning ichida biletda 3ta savol yozilgan, sharni puflab yoring uni ichidagi savolga javob berishadi, g`olib aniqlanadi va rag`batlantiriladi. Boshlovchi sahnaga yana 5 ta o`quvchi taklif qiladi, ular qo`liga likopcha beriladi, savatda turgan tuxumlardan bittadan olib kelishlari kerak. Kim ko`p tuxum olib kelsa, g`olib hisoblanadi. Musiqiy tanaffus. Xorazm lazgisi. Kecha so`nggida o`quvchilar rag`batlantiriladi. Boshlovchi: shuning bilan bugungi qushlar bayramiga bag`ishlangan kechamizni tamomlab sizlarga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Yana keyingi kechalarda uchrashguncha. Xayr, sog` omon bo`ling. Download 44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling