Biologiya Nazorat ishi Ibodullayev Bahodir Ibodullayevich (913201995)


Download 98.94 Kb.
Sana09.08.2020
Hajmi98.94 Kb.
#125814
Bog'liq
1 4949856474705691027


Biologiya Nazorat ishi Ibodullayev Bahodir Ibodullayevich (913201995)
1. Soxtaoyoqlilar sinfi vakillarining qolgan barcha sodda hayvonlarga o’xshashlik belgilarini aniqlang. 1)hujayra membranasining mavjudligi; 2)oziqlanish usuli; 3)harakatlanish organoidining bo’lishi; 4)hujayrasida yadroning bo’lishi; 5)ko’payish jarayoni

A)3,5 B)1,2 C)1,4 D)2,4
2. Qovurg’alarning bir uchi qorin muskullarida erkin turuvchi hayvonlarni aniqlang.

1)qizilquyruq,; 2)sterlyad; 3)yashil baqa; 4)yenotsimon it; 5)oqcha; 6)oq laylak; 7)gorbusha; 8)lansetnik; 9)suqsun A)2,5,7 B)1,6,9 C)3,4,8 D)4,5,9
3.Oddiy (a) va murakkab (b) gulqo’rg’onli, ko’sak meva hosil qiluvchi o’simliklarni aniqlang. 1)oqquray; 2)chuchmoma; 3)boychechak; 4)lola; 5)bangidevona; 6)g’o’za; 7)afsonak

A)a-3,4; b-1,5,6 B)a-2,3; b-5,6 C)a-3,4; b-5,6,7 D)a-2,3,4; b-1,6
4.Quyida berilganlar orasida turlarni (sistematik birliklar ) aniqlang

A)belbog’li ulotriks; jaydari g’o’za; o’tloq sebargasi

B)Buxoro otostegiyasi; laminariya; bodom

C)Karrak; jag’-jag’; jo’xori; qora jusan

D)Buxoro otostegiyasi; baqlajon; na’matak
5. Kumulyativ polimeriyada belgining rivojlanish darajasi dominant genlar soniga bog’liq bo’ladi. Bug’doy donining rangi 2 juft polimer genlarga bo’g’liq. Agar A1A1a2a2 va a1a1A2a2 genotipli bug’doylar chatishtirilsa, olingan avlodda genotip bo’yicha nisbat qanday bo’ladi?

A)1:1:1:1 B)1:2:1 C)1:1 D)1:4:6:4:1
6. Analizatorlar periferik qismi haqidagi to’g’ri ma’lumotni aniqlang.

A)Harakat analizatorining periferik qismi dahliz va yarim aylana kanalchalarda, ta’m bilish analizatoriniki yumshoq tanglayda joylashgan

B)Muvozanat analizatorining periferik qismi miyachada, eshitish analizatoriniki chig’anoqda va yarim aylana kanalchalarda joylashgan

C)Teri analizatorining periferik qismi epidermada, ko’rish analizatoriniki oq pardada joylashgan. D)Vestibulyar analizatorining periferik qismi ichki quloqda, teri analizatoriniki dermada joylashgan
7. Yuragi ikki kamerali (a) va oshqozoni ikki bo’lmali (b) hayvonlar to’g’ri keltirilganqatorni aniqlang.

A)a-bitiniya,sargan, tok shillg’I; b-krab, kakadu

B)a-gavial, oddiy vampire, shinshilla, b-dafniya, tojdor turna

C)a-langust, kakadu; b-yalang’och shillq, mindano, perlovitsa

D)a-omar, and kondori; b-alligator, yalqov, maalla revun
8.Bir molekula glukozaning parchalanishidan hosil bo’lgan umumiy energiyaning necha foizi glikoliz bosqichida issiqlik sifatida tarqalib ketadi?

A)4,28 B)60 C)2,85 D)40
9. Tur paydo bo’lishi yo’nalishi va sababi o’rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. a)tur tarqalgan arealning suvli to’siq tufayli ajralishi; b)ajdod tur areali doirasida ekologik alohidalanishning paydo bo’lishi; c)areal ichida irsiy o’zgaruvchanlikning xilma- xilligi; d)geografik to’siqning paydo bo’lishi ; e)tur areali doirasida aneuploid turlarning paydo bo’lishi; 1)allopatric tur paydo bo’lishi; 2)simpatrik tur paydo bo’lishi

A)a,d-1; b,c,e-2 B)a,e-1; b,c,d-2 C)b,c,e-1; a,d-2 D)c,e-1; a,b,d-2
10.Halqali chuvalchanglar haqidagi to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. 1)halqali chuvalchanglar yassi chuvalchanglardan kelib chiqqan; 2)nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi va orqa nerv nayidan iborat; 3)ayirish organlari tana bo’g’imlarida bittadan joylashgan; 4)ko’p tukli halqalilar lichinkalari tanasi kipriklar bilan qoplangan; 5)orqa tomir bo’ylab qon tananing orqa tomoniga oqadi; 6)kam tukli halqali chuvalchanglar ko’p tukli halqali chuvalchanglardan kelib chiqqan.

A)3,4,5 B)1,4,6 C)1,2,5 D)2,3,5
11. Ushbu rasmda berilgan o’simliklar to’plami qaysi vitaminga tegishli?

A) A B) B C)C D)D

12. Ituzum gulining itqovun gulidan farqini aniqlang. 1)kosachabarglari qo’shilgan; 2)changchilarining 4 tasi 2 tadan juft bo’lib qo’shilgan; 3)gullari ikki jinsli; 4)gullari to’g’ri, ayrim jinsli; 5)gullari oqish, shoxlari uchidagi gajak to’pgullarda joylashgan; 6)gultojbarglari qo’shilgan

A)1,6 B)3,5 C)1,3 D)2,4
13. Odamning 12 barmoqli ichagiga xos to’g’ri ma’lumot keltirilgan javobni aniqlang.

A)shilliq qavati kubsimon epiteliydan iborat

B)ovqat ichak devoridan ajralgan o’t suyuqligi, lipaza, tripsin ishtirokida parchalanadi C)oshqozonosti bezi hujaayralaridagi translatsiya mahsulotlari – lipaza va tripsin ichak bo’shlig’iga quyiladi D)ichakning harakatini simpatik nerv sistemasi kuchaytiradi
14.Vyurok tanasining qaysi qismlarida CO2(a) va O2 (b) gazining konsentratsiyasi yuqori bo’ladi? 1)o’ng bo’lmachadagi qon tarkibida; 2)o’ng bo’lmachaga keluvchi vena qon tomirida; 3)chap bo’lmachaga keluvchi vena qon tomirida; 4)miyadan qon olib ketuvchi qon tomirida; 5)kichik qon aylanish doirasining arteriya qon tomirida; 6)chap qorinchadagi qon tarkibida; 7)tana muskullariga qon olib boruvchi arteriya qon tomirida

A)a-2,4,7; b-3,5,6 B)a-3,5,6; b-2,4,7 C)a-3,6,7; b-1,4,5 D)a-1,4,5; b-3,6,7
15. Arginin (a) va adenin (b) ga mos keluvchi belgilarni toping. 1)halqali aminokislota; 2)purin asosi; 3)pirimidin asosi; 4)asiklik aminokislota; 5)translatsiyada ishtirok etadi; 6)DNK da timin bilan ikkita vodorod bog’lari orqali birikadi; 7)oqsilda peptid bog’i hosil qilib birikadi

A)a-1,3,7; b-2,6 B)a-4,5,7; b-2,5,6 C)a-3,6; b-1,5 D)a-1,5; b-3,6
16.Ildam kaltakesakning fiziologik belgisi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.

A)Ko’krak qafasida o’pka va yurak joylashgan

B)Oyoqlari tanasining ikki yon tomonida joylashgan

C)Erkagining spermatozoidlari urg’ochisining kloakasiga tushadi D)Ko’krak umurtqalarining yon tomonidan qovurg’alar kelb tutashgan
17.Ribosomalarga xos xususiyatlar ko’rsatilgan javobni belgilang. 1)membranasiz organoid; 2)tarkibi DNK va oqsildan iborat; 3)yadroda hosil bo’ladi; 4) 2ta silindrsimon tanacha; 5)oqsil sintezining translatsiya bosqichi amalga oshadi; 6)hamma hayot shakllarida uchraydi; 7)quturish kasalligi qo’zg’atuvchisining tarkibida bo’lmaydi

A)3,5,7 B)5,6,7 C)5,2,1 D)2,4,6
18. Embrional induksiya ni fanga kiritgan olim?

A) G.Shpeman B)K.Ber C)A.Guardon D)S.Myuller
19. Quyidagi javoblarning qaysilarida gullari bir xil to’pgullarda joylashgan o’simliklar juftlangan?

1)karrak va kakra; 2)javdar va bug’doyiq; 3)arpa va sholi; 4)shuvoq va arpa; 5)bo’znoch va shuvoq; 6)yong’oq va oqqayin; 7)tirnoqgul va qashqarbeda; 8)kelinsupurgi va bo’tako’z

A)1,3,4,6 B)2,4,7,8 C)2,3,5,8 D)1,2,5,6

20.Monomerlarning birikishidan hosil bo’lgan birikmalarni aniqlang. 1)treonin; 2)insulin; 3)androsteron; 4)sitixrom; 5)restriktaza; 6)triptofan; 7)tripsin; 8)tirozin; 9)laktoza; 10)glikogen

A)4,5,7,9 B)2,3,4,6,10 C)3,5,7,8,9 D)1,2,6,10
21. Fotosintez va xemosintez jarayonlarining umumiy jihatlarini aniqlang.

1)avtotrof organizmlarda kuzatiladi; 2)prokariotlarda sodir bo’ladi; 3)faqat eukariotlarda sodir bo’ladi; 4)anorganik moddalardan organic moddalar sintezlanadi; 5)avtotrof va geteratrof organizmlarda sodir bo’ladi

A)3,4,5 B)1,3,4 C)1,2,4 D)2,4,5
22. Tok shillg’I organlarining tuzilishi haqidagi noto’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. 1)tanasida joylashgan bir necha juft nerv tugunlaridan hamma organlarga nervlar chiqadi; 2)quruqlikda va suvda hayot kechiradi; 3)yurak bo’lmachasi va qorinchasida venoz qon bo’ladi;4)mantiyasi bilan tanasi oralig’ida mantiya bo’shlig’I bor, tana bo’shlig’i g’ovak to’qima bilan to’lgan; 5)bir juft tasmasimon buyrakning voronkasimon uchi yurak oldi bo’lmasiga ochiladi; 6)oyog’I qorin tomonining kengayishidan hosil bo’lgan A)2,3,5 B)1,3,6 C)2,4,6 D)1,2,5
23.Mezosomaga ega bo’lgan organizmlarni aniqlang. 1)bacillius; 2)pseudomanus; 3)everniya; 4)vertitsilium; 5)eshirichia coli; 6)xantoria; 7)pnevmakokk

A)1,2,5,7 B)2,5,6 C)3,4,6,7 D)1,3,4
24.Umumiy degeneratsiyada, aromorfozlar kabi….. 1)populyatsiyalardan tashkil topgan ; 2)organizmlarni tuzilishini; 3)tur zaminida yangi populyatsiyalar hosil bo’ladi; 4)tur ishg’ol qilgan areal kengayadi; 5)organizmlar o’troq parazit hayot kechirishga o’tadi; 6)avloddan avlodga o’tgan sari individlar soni ortadi; 7)tur tarqalgan areal torayadi

A)1,6,7 B)2,5 C)1,2,5 D)4,6
25. DNK qo’sh zanjiridagi nukleotidlar soni 420 ta. Mutatsiya tufayli 6 juft nukleotid yo’qoldi. Hosil bo’lgan DNK bo’lagi asosida sintezlangan oqsil molekulasidagi aminokislotalar sonini aniqlang.

A)68 B)139 C)69 D)138
26. Qaysi javobda sistematik birliklar ketma-ketligi to’g’ri ifodalangan?

A)Olga sorbariyasi—ituzum turkumi—ituzumdoshlar oilasi—ikki urug’pallalilar sinfi—magnoliyatofalar bo’limi

B)yerbag’ir tugmachagul—gulxayri turkumi—gulxayridoshlar oilasi—ikki urug’pallalilar sinfi—magnoliyatoifalar bo’limi

C)”nimrang” kartoshka navi—ituzum turkumi—ituzumdoshlar oilasi—magnoliyasimonlar sinfi—yopiq urug’lilar bo’limi

D)Turkiston ismalog’i—sho’ralar turkumi—sho’radoshlar oilasi—magnoliyasimonlar sinfi—yopiq urug’llar bo’limi

27. Kolxitsin moddasiga xos bo’lmagan xususiyatlarni toping.

1) poliploid formalar olishda ishlatiladi 2) bo’linish urchug’I hosil bo’lishiga ijobiy ta’sir qiladi 3) bo’linish urchug’I hosil bo’lishiga salbiy ta’sir etadi. 4) xromosomalarning ikki qutbga tarqalishini ta’minlaydi 5) xromosomalarning ona hujayra markazida to’planishini ta’minlaydi 6) xromosoma mutatsiyasida qo’llaniladi.

A) 2,4,6 B) 1,3,5 C) 2,3,6 D) 1,4,5
28. Taqaburun uchun mos keluvchi ma’lumotlar to’g’ri berilgan javobni toping. 1)tuxum qo’yish uchun uya quradi; 2)bir marta olgan havosidan ikki marta nafas oladi; 3)tanasi jun bilan qoplangan; 4)xordalilar tipiga kiradi; 5)kloakasi mavjud; 6)yupqa teri pardasi uchganda ko’tarilish yuzasini hosil qiladi; 7)yuragi to’rt kamerali; 8)tana harorati doimiy

A)2,3,5,6,8 B)3,4,5,7,8 C)3,4,6,7,8 D)1,2,4,5,7

29. Mitoxondriya (a) va xloroplast (b)uchun xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang 1)tashqi va ichki membranadan iborat; 2)genetic axborotga ega; 3)plastic almashinuv reaksiyalari boradi; 4)invaginatsiya gipotezasiga ko’ra yadro bilan kelib chiqishi bir xil; 5)ikkiga bo’linib ko’payadi; 6)energetic almashinuv reaksiyalari sodir bo’ladi; 7)barcha fototrof organizmlarda mavjud; 8)prokariotlardan kelib chiqqan

A)a-1,2,3,7; b-2,4,6,8 B)a-2,4,3,8; b-1,3,5,7 C)a-1,3,4,8; b-1,2,4,5,7,8 D)a-1,4,5,6; b-2,3,4,8
30..Genlarni klonlashda vector sifatida qo’llaniladigan tuzilmalarni aniqlang.

1)avtonom plazmid; 2)transposon; 3)t-RNK; 4)bakteriofag; 5)EcoRI; 6)BamHI

A)2,5,6 B)1,2,4 C)4,5,6 D)1,2,3
Kuchli istak +tinimsiz harakat+Ustozlar mehnati+Allohning rahmati= Baquvvat kelajak kaliti



(I.B.Ibodullayevich)
Download 98.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling