Biologiya (Odam va uning salomatligi) 2020 yangi


X BOB.NERV sistemasi. 39- § Nerv sistemasining tuzilishi bo'yicha test


Download 1.23 Mb.
bet37/54
Sana18.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1030799
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54
Bog'liq
Biologiya 2019-yil 8-sinf mavzulashgan test kitobcha

X BOB.NERV sistemasi. 39- § Nerv sistemasining tuzilishi bo'yicha test.
1.Nerv sistemasining qaysi xususiyati tufayli organizm bir butun yaxlit sistema sifatida faoliyat ko'rsatadi?
A)tashqi va ichki muhit ta'sirlarini qabul qiladi va ulaga javob beradi
B)organizmni boshqaradi va barcha hujayralar,toq'imalar va organlar ishini o'zaro muvofiqlashtirib ishlashini ta'minlaydi
C)reflekslar hosil qiladi
D)tashqi muhitni sezadi retseptorlar orqali
2.To'g'ri bo'lmagan fikrlar nechtaligini aniqlang: a-har bir nerv hujayrasida bitta dendrit va bir nechta akson bo'ladi; b-yunoncha dendron-daraxt manosiga ega; c-sezuvchi neyronlar nerv signallarini sezgi organlaridan bosh va orqa miyaga uzatadi; d-nerv tugunlari markaziy nerv sistemasidan tashqarida joylashgan nerv tanalari to'plamidan iborat; e-dendrit oqish yog'simon moddadan iborat miyelin qobiq bilan qoplangan;f-sezuvchi,harakatlantiruvchi va adashgan nervlar bo'ladi; g-oraliq neyronlar tanasi va o'simtalari markaziy nerv sistemasidan chetga chiqadi; h-sinaps uch qavat membranadan va ular orasidagi tirqishdan iborat.
A)4 B)5 C)3 D)2
3.Nervlarni ularning funksiyasi bilan birga juftlab yozing: a-sezuvchi, b-harakatlantiruvchi,d-aralash,e-oraliq neyron:
1-impulslarni ikki yo'nalishda o'tkazadi, 2-impulslarni sezuvchi neyrondan harakatlantiruvchi neyronga uzatadi, 3-impulslarni sezuvchi neyrondan harakatlantiruvchi neyronga o'tkazadi, 4- impulslarni markaziy nerv sistemasidan organlarga uzatadi.
A)e-2; b-1; a-4; d-3 B)d-1; a-2; b-4; e-3 C)a-2; b-3; d-1; e-4 D)a-3; b-1; d-4; e-2
4.Nerv sistemasiga tegishli tushunchalarni ularning mazmuni bilan birga juftlab yozing: a-neyron,b-akson,d-dendrit,e-nerv tuguni,f-nerv,g-neyrogliya hujayra, h-retseptor; 1-neyronning shoxlangan kalta o'simtasi; 2-nerv to'qimasi yo'ldosh hujayrasi; 3-neyronning umumiy qobiq bilan o'ralgan uzun o'simtalari, 4-nerv to'qimasining asosiy hujayrasi;5-markaziy nerv sistemasidan tashqarida joylashgan neyronlar tanasi to'plami; 6-neyronlarning shoxlanmagan o'simtasi; 7-sezuvchi nerv uchi.
A)a-4;b-6;d-1;e-5;f-3;h-7;g-2 B) a-2;b-6;d-1;e-5;f-3;h-7;g-4 C) a-4;b-3;d-1;e-5;f-6;h-7;g-2 D)t.j.berilmagan
5.Tuzulishi va funksiyasiga ko'ra nerv sistemasi bo'limlari va ularning xususiyatlarini juftlab bering: a-markaziy,b-somatik, d-periferik,e-vegetativ,f-simpatik,g-parasimpatik; 1-ishi o'z-o'zidan boshqariladi,simpatik va parasimpatik qismlardan iborat; 2-bosh va orqa miyadan iborat; 3-bosh miya va orqa miyadan ketuvchi nervlar va nerv tugunlaridan iborat,4-skelet muskullari ishini boshqaradi,5-orqa miyaning ko'krak,bel qismidan chiqadi,6-bosh miya quyi qismi va orqa miya dumg'aza qismidan chiqadi.
A) a-3; b-4; d-2; e-1; f-5; g-6 B) a-2; b-6; d-3; e-1; f-5; g-4 C) a-2; b-4; d-1; e-3; f-5; g-6 D)a-2; b-4; d-3; e-1; f-5; g-6
6.Bir necha o'nlab santimetrga yetishi mumkin bo'lgan nerv hujayrasining qismi qanday funksiyani bajaradi?
A)nerv impulslari nerv hujayrasi tanasiga uzatiladi B)nerv impulslari organlarga uzatiladi
C)u funksiyaga ega emas D)oziqlantirish funksiyasini bajaradi
7.Dendrit so'zining lug'aviy ma'nosini belgilang?
A)o'simta B)tutashish C)ichki D)daraxt
8.Qaysi javobdagi terminlarning lug'aviy ma'nosi to'g'ri berilgan?
A)yun. interior-ichki; yun. ganglion-tutashish; yun. sinaptio-tugun; yun. dendron-daraxt; yun.aksos-o'simta
B) yun. interior-tashqi; yun. ganglion-tugun; yun. sinaptio-tutashish; yun. dendron-daraxt; yun.aksos-o'simta
C) yun. interior-ichki; yun. ganglion-tugun; yun. sinaptio-tutashish; yun. dendron-daraxt; yun.aksos-o'simta
D) yun. interior-ichki; yun. ganglion-tugun; yun. sinaptio-tutashish; yun. dendron-o'simlik; yun.aksos-o'simta
9.Neyron nechta qismdan iborat? A)2 B)3 D)4 D)5
10.Bitta neyron tanasining 1/4 qismida nechta sinaps bo'ladi? A)450-500 B)300-450 C)1200-1800 D)600-450
11.Nerv qo'zg'alishi bir neyrondan ikkinchisiga o'tkazilishi uchun quyidagilardan qaysi(lar)i bo'lishi shart?
A)mediator B)miyelin qobiq C)akson va dendritlar D)hamma javoblar to'g'ri
12. Simpatik nerv sistemasining ta'siri to'g'ri ko'rsatilgan javobni belgilang.
A) yurak ishini sekinlashtiradi, siydik qopi muskullarini bo'shashtiradi
B) me'da va ichaklarning harakatini susaytiradi, nafas yo'llarni kengaytiradi
C) ter ajralishini kuchaytiradi, koz qorachig'ini toraytiradi D) Berilganlarning barchasi to'g'ri.
13. Simpatik va parasimpatik nerv sistemasi uchun umumiy bo’lgan hususiyatlarni aniqlang.
a. ichki a’zolar faoliyatini bir xilda boshqarish b. nerv markazlarni joylashuvi c. endokrin bezlarini boshqaradi d. moddalar almashinuvini boshqaradi
A) a.b.c B) a.b.c.d C) c.d D) a.d
14. Yurak ishini tezlashtirish, qon bosimini oshirish kabi funksiyalarni qaysi nerv sistemasi boshqaradi?
A) simpatik B) parasimpatik C) somatik D) vegetativ
15.Simpatik nervlar markazi(a) va parasimpatik nervlar markazi(b) ini aniqlang?
A)a-b-bosh miyaning quyi qismidan va orqa miyaning dumg'aza qismi
B)a-orqa miyaning ko'krak va bel qismi; b-bosh miyaning quyi qismi
C)a-orqa miyaning ko'krak va bel qimsi; b-orqa miyaning bo'yin qismi va dumg'aza qismlari
D)a-orqa miyaning ko'krak va bel qismi; b-bosh miyaning quyi qismi va orqa miyaning dumg'aza qismi


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling