Biologiya (Odam va uning salomatligi) 2020 yangi
-mavzu: Qon aylanish organlari ishining boshqarilishi
Download 1.23 Mb.
|
Biologiya 2019-yil 8-sinf mavzulashgan test kitobcha
21-mavzu: Qon aylanish organlari ishining boshqarilishi.
1.Yurak ishini boshqaradigan omillar va ularning funksiyasini juftlab ko'rsating: a-simpatik nervlar, b-parasimpatik nervlar,d-adrenalin,kalsiy tuzlari, e-kaliy tuzlari; 1-yurak qisqarishini kuchaytiradi, 2-yurak qisqarish tezligi va kuchini kamaytiradi, 3-yurak qisqarishi kuchi va tezligini oshiradi, 4-yurak qisqarish kuchini kamaytiradi. A) a-4,b-2,d-1,e-3 B) a-1,b-2,d-3,e-4 C) a-3,b-1,d-2,e-4 D)a-3,b-2,d-1,e-4 2.Jismoniy ish bajarilayotganda yurak ishining boshqarilishi jarayonini tartib bilan ko'rsating: a-yurakning qisqarish kuchi va qisqarish tezligi oshadi, b-buyrakusti bezining adrenalin ishlab chiqarishi kuchayadi, d-muskullar kislorod va oziq moddalar bilan ko'proq ta'minlanadi, e-simpatik nervlar orqali nerv impulslari yurakka boradi, f-qon tomirlariga ko'proq qon haydaladi. A) a,b,e,f,d B) e,d,a,f,b C)e,b,a,f,d D)e,a,b,f,d 3. Bosh miyaga qon quyilishi qanday kasallik? A)gipertoniya B)insult C)ateroskleroz D)miokard infarkti 4. Miokard infarkti qaysi kasallikni vaqtida davolatmaslik natijasida kelib chiqadi? A) insult B) yurakning ishemik kasalligi C) botulizim D) xolera 5.Agar inson beshta sigareta cheksa, u holda qon tomirlari necha sekund davomida siqilgan holatda turishini aniqlang? A)150 B)9000 C)1800 D)3000 6.Qon tomirlarining kashandalik oqibatida siqilishi qanday kasalliklarga sabab bo'ladi? A)oqsoqlanish B)yurganda qattiq og'riq paydo bo'lishi C)nogironlik D)hammasi to'g'ri 7.Yurak qon tomir sistemasiga, ayniqsa qaysi moddalar katta ta'sir ko'rsatadi? A)alkogol B)tamaki zahari C)nikotin D) A,B,C 8.Quyidagi yurak va qon tomirlari kasalliklarini mos ravishda juftlangan qatorni aniqlang: a-miokard infarkti; b-gipertoniya; s-insult;d-ateroskleroz;e-skolioz; 1-qon tomiri devori qalinlashib,uning nayining torayib qolishi; 2-bosh miyaga qon quyilishi; 3-venlarda bosimning ortib ketishi; 4-arteriyalarda bosimning ortib ketishi; 5-qon tomirlari devori yupqalashib, nayning kengayib qolishi; 6-qon aylanishning buzilishi tufayli yurak muskullarining yemirilishi;7-umurtqa pog'onasining yon tomonga qiyshayishi. A)a-1,b-3,s-5,d-6,e-2 B)a-6,b-4,s-2,d-1 C)a-6,b-3,s-1,d-2 D) a-6,b-4,s-2,d-1,e-7 9.Yurak ishining gumoral boshqarilishi nimalar bilan bog'liq? A)adrenalin gormoni B)kalsiy va kaliy tuzlari C)simpatik nervlar D)A va B javoblar to'g'ri 10.Yurak ishini nerv orqali boshqaradigan nervlar qayerdan keladi? A)markaziy nerv sistemasidan B)vegetativ nerv sistemasidan C)uzunchoq miyadan D)oraliq miyadan 11 . Odamda qonning yo‘nalishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. A)Bo‘lmachalar qisqarganda tavaqali klapanlar ochiladi va qon qorinchalarga o‘tadi B)Qorinchalar qisqarganda tavaqali klapanlar ochiladi va qon chap qorinchadan o‘pka arteriyasiga chiqadi C)Bo‘lmachalar qisqarganda yarim oysimon klapanlar ochiladi va qon qorinchalarga o‘tadi D) Qorinchalar qisqarganda tavaqali klapanlar ochiladi va qon arteriya tomirlariga chiqadi 12.Quyidagilar orasidan funksiyasi bo'yicha ortiqchasini aniqlang? A)adrenalin gormoni B)kalsiy tuzlari C)parasimpatik nervlar D)simpatik nervlar 13.Qon oqishini ko'paytiradigan nervlarni belgilang? A)simptik nervlar B)parasimpatik nervlar C) A va B javoblar D)adashgan nerv 14.Qon tomirlari devorining yupqalashib, uning nayining torayib qolishi qanday kasallik? A)gipertoniya B)miokard infarkti C)ateroskleroz D)t.j.yo'q 15.Yurak va qon tomirlari kasalliklarining kelib chiqishi nimalar bilan bog'liq? A)kam harakatlanish B)ortiqcha semirish C)chekish,spirtli ichimliklar iste'mol qilish D)barcha javob to'g'ri Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling