Biologiya (Odam va uning salomatligi) 2020 yangi


-$. Ovqat hazm qilish sistemasi organlarining tuzilishi va funksiyasi


Download 1.23 Mb.
bet25/54
Sana18.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1030799
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54
Bog'liq
Biologiya 2019-yil 8-sinf mavzulashgan test kitobcha

27-$. Ovqat hazm qilish sistemasi organlarining tuzilishi va funksiyasi

1.Oshqozon uchun tegishli elementlar va ular funksiyasini juftlab ko'rsating: a-oshqozon devori bezlari,b-fermentlar,d-shilimshiq modda,e-xlorid kislota; 1-mikroblarni zararsizlantirish,fermentlar ishini faollashtirish,2-oshqozon devorini mexanik ta'sir,fermentlardan himoya, 3-oqsillar va yog'larni parchalash, 4-oshqozon shirasi ajratib chiqarish.


A)a-4,b-3,d-2,e-1 B) a-2,b-3,d-4,e-1
C) a-4,b-1,d-2,e-3 D) a-2,b-3,d-2,e-1
2.Ingichka ichak qismlari va ular funksiyasini juftlab ko'rsating: a-oshqozonosti bezi, b-o'n ikki barmoqli ichak, d-shilliq parda bezlari, e-fermentlar, f-vorsinkalar,g-limfa tugunlari; 1-devori orqali oziq moddalar qon va limfaga so'riladi, 2-antitelolar ishlab chiqariladi, 3-unga oshqozonosti bezi va jigar yo'li ochiladi, 4-shirasi tarkibida fermentlar bor, 5-oqsil,yog', karbonsuvlarni parchalaydi,6-ichak shirasi ishlab chiqaradi.
A) a-4,b-2,d-6,e-5,f-1,g-3 B) a-1,b-3,d-6,e-5,f-4,g-2 C) a-4,b-3,d-6,e-5,f-1,g-2 D)a-4,b-3,d-2,e-5,f-1,g-6
3. Ovqat hazm qilish a’zosining qaysi qismi to’sh suyagining orqa qismida joylashgan?
A)qizilo’ngach B)oshqozon C)halqum D)ingichka ichak
4. Oshqozon shirasida xlorid kislotaning vazifasi nima ?
A)oshqozon devorini shikastlanishidan himoya qiladi B) pepsin fermentining aktivlik kuchini oshiradi
C) lipaza fermentining aktivlik kuchini oshiradi D)uglevodlarni parchalaydi
5.Oshqozon osti beziga xos bo’lgan to’g’ri fikrni aniqlang?
A)tripsin, amilaza, lipaza kabi gormonlar ishlab chiqiladi B)og’irligi 50-60 gr, uzunligi 14-16 sm
C)me’daning pastki va orqa sohasida birinchi bel umurtqasi ro’parasida joylashgan
D)insulin gormoni qondagi qand moddasining ortiqcha qismi taloq va muskul to’qimalarida glikogen moddasi sifatida zahira holda to’planishini ta’minlaydi
6.Odam tanasining o’ng tomonida joylashgan ovqat hazm qilish organlarini aniqlang?
A)me’da, me’daosti bezi, taloq B)yo’g’on ichak, to’g’ri ichak
C)jigar, yo’gon ichak, buyrak D)ko’richak, jigar, yo’g’on ichak
7.To’g’ri javobni toping?
A) Pavlovning xizmati shundaki, u ovqat hazm qilish organlari tuzilishini faqat shartsiz reflekslar bilan emas, balki shartli reflekslar hosil qilish yo’li bilan ham o’rgandi. B)o’n ikki barmoq ichakning uzunligi 12 ta barmoq uzunligiga teng
C)Ovqat 4-9 soatdan so'ng ingichka ichakka o'tkaziladi
D) o'n ikki barmoq ichakning ichki yuzasida mayda tukchalar-vorsinkalar joylashgan
8. Doimiy tishlarning 28 tasi(1) va yuqori va pastki jag'larning oxirgi katta oziq tishlari(2) qaysi yoshda chiqadi?
A) 1-12 yoshgacha; 2-20 yoshdan keyin B) 1-12-14 yoshgacha; 2-25 yoshdan keyin
C) 1-12-14 yoshgacha; 2-18 yoshdan keyin D) 1-18 yoshgacha; 2-18 yoshdan keyin
9.Quyidagilarni qaysilarining yig'indisi sut tishlar soniga teng? 1) yo'g’on ichak qismlari 2) jigar 3) kurak tish 4) bel umurtqasi 5) aql tish 6) soxta qovurg’a 7) o’pka 8) yelka kamari
A) 1.4.6.8 B) 2.3.4.6 C) 1.3.8 D) 2.5.6.7
10.O’n ikki barmoqli ichakdan uglevodlarni parchalovchi qanday ferment ishlab chiqariladi?
A) ptialin B) amilaza C) ferment bo’lmaydi D) lipaza
11. Yo’g’on ichakning ko’tariluvchi chambar qismidan oldingi qismini ko’rsating.
A)tushuvchi chambar ichak B)ko’richak C)sigmasimon ichak D)ko’ndalang chambar
12.Qaysi ovqat hazm qilish organ(lar)idan ham yog’larni ham uglevodlarni parchalaydigan fermentlar ishlab chiqariladi?
A)me’daosti bezi B)me’da, me’daosti bezi C)ingichka ichak, me’daosti bezi D)ingichka ichak, o’n ikki barmoqli ichak
13. Yog’lar vorsinkalardagi qaysi tomirlarga so’riladi (a) va qaysi hazm qilish bezlarining shirasi ta’sirida parchalanadi(b) ?
A.a-limfa; b-ingichka ichak, me’da osti B.a-qon; tomirlari; b- me’da, o’n ikki barmoqli ichak
C.a-limfa; b- me’da, me’daosti bezi, o’n ikki barmoqli ichak D.a-qon tomirlari; b-me’da, me’daosti bezi, ingichka ichak
14. Quyida keltirilgan organlarni uzunligini kamayib borishi tartibida to’g’ri joylashtirilgan qatorni toping.
1-halqum 2-kekirdak 3-o’n ikki barmoqli ichak 4- erkak larda ovoz boylamlarining uzunligi 5- me’daosti bezi A)3,1,2,5,4 B)5,3,2,l,4 C)5,3,1,2,4 D)3,5,l,2,4
15.Ingichka ichakning yo'g'on ichakka o'tadigan qismida nima joylashgan?
A)uzun ko'richak B)kalta ko'richak C)vorsinkalar D)A va C javoblar

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling