Biologiya Ona tili
Majburiy fanlar
Tarix Majburiy
Majburiy blok tarix test №1
1. Ershi shahri O’rta Osiyodagi qadimgi qaysi davlatning poytaxti bo’lgan?
A) Qang’ B) Xorazm C) Davan D) Kushon
2. 1997-yil Milliy rassomlik va dizayn institutiga kimning nomi berilgan edi?
A) Sultonali Mashhadiy B)
Mirali Tabriziy
C) Kamoliddin Behzod D) Jaloliddin Manguberdi
3. Xorazmga mo’g’ullar hujumi arafasida bu yerda qaysi sulola hukmronlik qilayotgan edi?
A) anushteginiylar B) afrig’iylar
C) qo’ng’irotlar D) mang’itlar
4. Ilk o’rta asrlarda shakllangan so’g’d va xorazm yozuvlari qaysi yozuv asosida vujudga kelgan?
A) eroniy B) baqtriya C) oromiy D) yunon
5. Quyidagilardan O’zbekiston SSR da 1990-yilda tashkil qilingan partiya berilgan javobni aniqlang.
A) “Erk”
demokratik partiyasi;
B) “Vatan taraqqiyoti” demokratik partiyasi;
C) “Milliy tiklanish”
partiyasi
D) “Vatan” partiyasi
6. Qaysi Qo’qon hukmdori davrida xonlikda Qo’qon adabiy muhiti shakllangan edi?
A) Olimxon B) Norbo’tabiy
C) Umarxon D)
Madalixon
7.Rossiyaning Qo’qon xonligiga hujumi arafasida bu yerda qaysi sulola hukmronlik qilayotgan edi?
A) mang’itlar B) shayboniylar
C) minglar D) qo’ng’irotlar
8. Quyidagilardan o’zbek teatrining birinchi aktrisasi berilgan javobni aniqlang.
A)
Halima Nosirova
B) Tamaraxonim
C) Ma’suma
Qoriyeva
D) To’ti Yusupova
9. Quyidagi qaysi yilda O’zbekiston SSR tashkil qilingan?
A) 1923-yil B) 1925-yil C) 1930-yil D) 1927-yil
10. Qachon O’zbekiston Respublikasida Bosh vazir lavozimi ta’sis etilgan edi?
A) 1992-yil B) 1994-yil C) 1996-yil D) 1998-yil